Turizm xizmatlar bozorini segmentlash va maqsadli bozor istiqbolini aniqlash (Samarqand hududiy turizm xizmatlar bozori misolida) Reja: Kirish.
Bozorni segmentlashning nazariy asoslari.
Turizm xizmatlar bozorini segmentlashning o’ziga xos xususiyatlari.
Samarqand hududiy turizm xizmatlar bozorini segmentlash va maqsadli bozorni tanlash yo’llari.
Samarqand hududiy turizm xizmatlarini mavqelashtirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati.
Samarqand hududiy turizm maqsadli bozor istiqbolini aniqlash. Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
3-ilova
“Sotuv kanallarini samarali boshqarish” mavzusi bo‘yicha kirish qismini yozish tartibi
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jeamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi1. Ushbu Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari alohida o‘rin egallaydi.
Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash va sanoat tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha kompleks chora- tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida bugungi kunda sanoat mahsulotlari va iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi oshib bormoqda. Natijada tayyor mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda samarali sotilishini ta’minlash vazifasi muhim masalaga aylanib bormoqda.
Marketingning eng muhim va ajralmas tarkibiy qismi – mahsulotni sotish va taqsimlash hisoblanadi. Bu jarayonda tashkiliy nuqtai nazardan eng murakkab vazifa
ishlab chiqarilgan mahsulotni iste’molchiga yetkazishdir.
Sotish tarmog‘i yakka iste’molchilar yoki foydalanuvchilar ixtiyoriga tovarlar yoki xizmatlarni taqdim etish maqsadida raqobatli ayriboshlash jarayonida ishtirok etayotgan hamkorlar tomonidan shakllantirilgan struktura sifatida aniqlanishi mumkin. Bu hamkorlar ishlab chiqaruvchilar, vositachilar va pirovard foydalanuvchilar – haridorlardir. Har qanday sotish kanali ayriboshlash uchun zarur bo‘lgan ma’lum bir funksiyalar to‘plamini bildiradi. Bizga ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish iste’mol bilan tugallanishi kerak, shuning uchun sotish muammosi yangi tovarni yaratish bosqichidayoq hal qilinadi.
Shiddatli raqobat muhiti sharoitida jahon mamlakatlari iqtisodiyoti tajribasidan ma’lumki, biznesning muvaffaqiyati faqatgina sifatli mahsulot ishlab chiqarish bilan ta’minlanmaydi. Bugungi kunda samarali biznes yuritish uchun, jahon bozorining yuqori talablariga javob beruvchi sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish muvaffaqiyatning faqat yarminigina tashkil qilsa, qolgan ikkinchi yarmini esa sotish mahorati hamda servis xizmatisiz tasavvur qilish qiyindir. Ishlab chiqarilgan mahsulotga iste’molchi qiziqishini uyg‘ota bilish kerak. Bunda yuqori darajada sotish va servis xizmat ko‘rsatish muhim o‘rin egallaydi.
Bularning barchasi sotuv kanallari tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar hisoblanadi. Shuning uchun har bir ishlab chiqarish korxonasi o‘z mahsulotlarini samarali sotilishini tashkil qiladigan sotuv kanallarini shakllantirishi ham muhim masalalardan biri hisoblanadi.
1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги ПФ-4947-сон Фармони//”Халқ сўзи”, 2017 йил 8 феврал