N. B. Yahyoxonov h. I. Allayorov



Download 198,8 Kb.
bet2/16
Sana16.04.2022
Hajmi198,8 Kb.
#556088
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
N. B. Yahyoxonov h. I. Allayorov (1)-converted

KIRISH


“Brendni boshqarish” fanidan kurs ishlari va uni bajarish bo‘yicha mazkur usulbiy ko‘rsatma O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151 sonli Qarori hamda 5230400-Marketing (tarmoq va sohalar) ta’lim yo‘nalishi bakalavrlari tayyorgarliklariga qo‘yiladigan malaka talablaridan kelib chiqib tuzilgan.
O‘quv jarayonining uzluksiz jarayonlaridan biri – bu talabalarda mustaqil ishlash va nazariy bilimlarini puxta egallashga qaratilgan kurs ishini bajarish hisoblanadi. Kurs ishini bajarish jarayonida talabalar olgan bilimlarini mustahkamlash bilan bir qatorda marketing faoliyatini boshqarish, korxonalarda brendni tashkil etish, bend funksiyalarini amalga oshirish, korxonalar brend muhitini tahlil qilish, brend tadqiqotlarini tashkil etish, birlamchi va ikkilamchi marketing axborotlarini yig‘ish va qayta ishlash, maqsadli bozor segmentlarini tanlash, korxonalarda brend siyosatini shakllantirish, brendni samarali siljitish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va rivojlantirish ko‘nikmasi (tajribasi)ga ega bo‘ladi. Shuningdek, umumiqtisodiy va ixtisoslik yo‘nalishidagi fanlar bo‘yicha bilimlarini kengaytiradilar, ixtisoslik bo‘yicha adabiyotlarni chuqur o‘rganadilar va o‘zlarida ilmiy tadqiqot ishlarini mustaqil bajarish qobiliyatlarini rivojlantiradilar.
Ushbu uslubiy ko‘rsatmada “Brendni boshqarish” fani bo‘yicha 5230400- Marketing (tarmoq va sohalar) yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarning kurs ishini bajarish davomida amal qilinishi lozim bo‘lgan umumiy tartib-qoidalar, me’yorlar, tegishli ko‘rsatma va maslahatlar berilgan.


UMUMIY QOIDALAR


“Brendni boshqarish” fanidan kurs ishi 5230400-“Marketing (tarmoq va sohalar)” ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasiga muvofiq III semestrida “Brendni boshqarish” fanini o‘zlashtirish bilan birgalikda bajariladi. 5230400-“Marketing (tarmoq va sohalar)” ta’lim yo‘nalishi bakalavrlari “Brendni boshqarish” fanidan kurs ishi bajarishiga qadar “Iqtisodiyot nazariyasi”, fanidan kurs ishi bajarib, himoya qilishgan bo‘ladi. Lekin ushbu “Brendni boshqarish” fanidan bajariladigan kurs ishi o‘zining maqsadi va vazifalariga muvofiq boshqa fanlardan bajariladigan kurs ishlaridan farq qiladi. Bu kurs ishini bajarish vaqtida talabalar tanlagan mavzusini amaliy faoliyat bilan bog‘lashadi va tanlagan mavzulari kelajakda ilmiy tadqiqot mavzulariga aylanishini nazarda tutadi.
Bugungi shiddatli iqtisodiy o‘zgarishlar davrida zamonaviy marketing mutaxassislari keng qamrovli bilimlarga ega bo‘lishi, nazariy bilimlarni amaliy vazifalar bilan bog‘lay olishi lozim. Bu maqsadga erishish talabadan o‘z ustida tinmay ishlashni, nazariy va amaliy bilimlarini doimiy ravishda boyitib borishi uchun mazkur fandan kurs ishini bajarish talab etiladi.
Kurs ishida talabaning oliy o‘quv yurtida tahsil olishi davomida to‘plagan nazariy va amaliy bilimlari yuzaga chiqadi, talabaning nazariy bilimlar bilan
qurollanish darajasi, malaka va ko‘nikmasi ilmiy-ishlab chiqarish vazifalarini yechishga qay darajada qo‘llay olishi orqali namoyon bo‘ladi.
“Brendni boshqarish” fanidan bajariladigan kurs ishi albatta nazariy bilimlar amaliy faoliyat bilan bog‘langan holda bajariladi. Bunda talabalar o‘zlari tanlagan mavzuga imkoniyat doirasida qo’shimcha tadqiqot ob’ekti ham tanlashlari mumkin. Bu ham muhim masalalardan biri hisoblanadi. Kurs ishining sifat mezonlarini belgilab beradigan jihatlardan eng muhimi tanlangan mavzu bo‘yicha tadqiqot ob’ektini o‘rganish va tadqiqot ob’ekti faoliyatida marketingning muhim jihatlarining holati, kamchiliklar, rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish, takliflar berish asosiy masala hisoblanadi.
Kurs ishi mavzusining ob’ekti – bu tanlangan mavzuning o’zi hisoblanadi. Mavzu atroflicha ilmiy adabiyotlar sharhi asosida o’rganiladi. Kurs ishi mavzusining qo’shimcha ob’ekti bo‘lib har xil mulk shaklidagi savdo, ishlab chiqarish, tayyorlov, xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar, shu jumladan moliyaviy xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar: tijorat banklari, sug‘urta kompaniyalari, investitsiya tashkilotlari, turistik korxonalar, turagentlar, mehmonxonalar hamda bozor ob’ektlari, iste’mol tovarlari bozori, sanoat tovarlari bozori, qimmatli qog‘ozlar bozori, kapital, ishchi kuchi bozorlari hisoblanadi. Talaba ana shu korxona yoki bozor ob’ektlari misolida kurs ishini bajarishlari ham mumkin.
O‘rganilayotgan ob’ektning so‘ng uch yildagi marketing va brend bilan bog‘liq ko‘rsatkichlari, joriy faoliyat ko‘rsatkichlari, brend tadqiqotlari natijalari, ikkilamchi va birlamchi axborotlar sharhi keltirilishi lozim. Kurs ishini bajarishda o‘rganilayotgan ob’ektning SWOT tahlili, BKG (Boston Konsalting Guruh) tahlili, Ansoff, raqobat ustunligi kabi matritsalarni keltirishi maqsadga muvofiq.



Download 198,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish