Yoshlar muammolarini hal etishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli



Download 19,53 Kb.
bet1/2
Sana26.07.2021
Hajmi19,53 Kb.
#128938
  1   2
Bog'liq
7 Yoshlar muammolarini hal etishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli


Yoshlar muammolarini hal etishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish va yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi hamkorligida o‘tkazildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, “Adolat” SDP faollari, tegishli vazirlik va tashkilotlar vakillari, poytaxtimiz va viloyatlardagi oliy o‘quv yurtlari olimlari, yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Konferensiyada Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori B.Xodiev, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori D.Toshmuhammedova va boshqalar so‘zga chiqdi.

Ta’kidlab o‘tilganidek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga e’tibor qaratilgani bejiz emas. Zero, davlat tomonidan fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalasining strategik vazifa sifatida ilgari surilishi jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi. Keyingi vaqtlarda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining roli va ahamiyatini, bu jarayonda fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha sezilarli chora-tadbirlar ko‘rildi. Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan 200 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun zarur institutsional baza yaratildi. Bugungi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan 9200 dan ziyod nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilishda, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishishda muhim rol o‘ynamoqda.

Konferensiyada mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlari rivoji va yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishning dolzarb masalalari yuzasidan olib borilayotgan tadqiqot ishlari muhokama etildi. Anjuman ishtirokchilarining “Mustahkam oila – qudratli jamiyat asosi”, “Yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishning huquqiy asoslari”, “Yoshlar ongiga milliy qadriyatlarni singdirishda mahallaning roli”, “Oliy ta’lim muassasalarida Ijtimoiy fanlarni o‘qitishga innovatsion yondashuv”, “Zamonaviy iqtisodchi kadrlarni tayyorlashning innovatsion usullari” kabi mavzulardagi ma’ruzalari tinglandi.

Konferensiya nihoyasida ma’ruzalar yuzasidan muhokama o‘tkazilib, bunday ilmiy-amaliy konferensiyalarni an’anaviy tarzda tashkil qilish maqsadli ekanligi ta’kidlandi. Konferensiya ishi doirasida yosh olimlar “Eng mazmunli ma’ruza”, “Notiqlik mahorati”, “Eng yaxshi taqdimot” yo‘nalishlari bo‘yicha rag‘batlantirildi.



Istiqlol yillarida yurtimizda fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-siyosiy va huquqiy muhiti yuksalmoqda, – dediA.Saidov. – Bu ijobiy jarayonlar kishiga mamnuniyat bag‘ishlaydi. Nega deganda, har birimiz demokratiya ne’matlari iste’molchisi bo‘lish bilan cheklanib qolmasdan, balki shu ne’matlarni yaratuvchi faol shaxslar sifatida o‘zligimizni namoyon etishimizbugungi davr talabidir.

Hamyurtlarimizning davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi, o‘z navbatida, jamiyatimizni yanada demokratlashtirish, erkinlashtirish va fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish hamda izchil rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu ma’noda, keyingi davrda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, nodavlat notijorat tashkilotlarining (NNT) roli va ahamiyati, ijtimoiy faolligi, umuman, ular faoliyatining samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar ko‘rildi.

Prezident farmonida qayd etilganidek, o‘tgan davrda ushbu sohaga doir 200 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Bu haqda so‘z borganda, avvalo, milliy qonunchilikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yetakchi o‘rin tutishini ta’kidlash maqsadga muvofiqdir. Asosiy qonunimizning 34-moddasida fuqarolarning jamoat birlashmalariga uyushish huquqi mustahkamlab qo‘yilgan. Ya’ni: “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar”.

Konstitutsiyamizning uchinchi bo‘limidagi XIII bob “Jamoat birlashmalari” deb nomlanadi. Mazkur bobdagi moddalar fuqarolik jamiyatining an’analarini tiklash, jamoat birlashmalari maqomini huquqiy tarzda rasmiylashtirish, ularning real va barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan konstitutsiyaviy qoidalardan tashkil topgan. Eng muhimi, Konstitutsiyamizda fuqarolik jamiyati institutlarini tashkil etish va ular faoliyatining huquqiy asoslari e’tirof etilgan, ularning davlat bilan o‘zaro hamkorligi tamoyillari belgilangan.

Ana shu konstitutsiyaviy normalarni amalda qo‘llash maqsadida “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”, “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”, yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”, “Jamoat fondlari to‘g‘risida”, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”, “Homiylik to‘g‘risida”, yangi tahrirda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” va “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”, shuningdek, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”, “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi.

Ushbu sohada keyingi davrda, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan muhim vazifalar ijrosi doirasida qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?

– Albatta, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyat ko‘rsatadigan huquqiy makonni yanada kengaytirish maqsadida Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar mohiyatidan kelib chiqib, amaldagi qonun hujjatlari yanada takomillashtirilmoqda va bugungi davr talablari asosida yangi qonunlar qabul qilinmoqda. Bu haqda so‘z borganda, avvalambor, 2018 yil 12 aprelda qabul qilingan “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunni tilga olishni istardim.

Ushbu qonunning maqsadi davlat organlari va muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish hamda amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonunga binoan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan NNT, ommaviy axborot vositalari (OAV) jamoatchilik nazorati subyektlari etib belgilangan.

Joriy yil 18 aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, jumladan, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlarga davr talablaridan kelib chiqqan holda tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Misol uchun, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonun “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining vakili” nomli 142-modda bilan to‘ldirildi. Yangi modda normalariga ko‘ra, siyosiy partiya tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati bilan kelishilgan holda partiyaning tegishli saylov okrugidagi hududiy bo‘limi xodimlari orasidan jamoatchilik asosida ishlovchi vakil ajratib berilishi mumkin. Qonunchilik palatasi deputatining vakili deputatning saylov okrugidagi o‘z saylovchilari bilan doimiy aloqa o‘rnatishiga ko‘maklashadi.

Prezidentimiz tomonidan, shuningdek, shu yil 26 apreldagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”, joriy yil 16 apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2017 yil 17 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2017 yil 27 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish “Iste’dod” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”, 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”, 2017 yil 19 maydagi “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2017 yil 3 fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda 2016 yil 28 dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlar qabul qilindi.

Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining 2018 yil 5 apreldagi “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda 2017 yil 28 iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”, 2017 yil 19 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari tasdiqlandi. Bu normativ-huquqiy hujjatlar tegishli tizimlar faoliyatini tubdan takomillashtirishga qaratilgan izchil va shiddatli yangilanishlar uchun huquqiy asos vazifasini o‘tamoqda.

Milliy iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda akademik ilm-fanning rolini kuchaytirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ilg‘or ilmiy yutuqlarni amaliyotga joriy etish, joylarda ilmiy maktablarni mustahkamlash hamda tegishli hududiy va tarmoq muammolarini hal qilishda ularning faol ishtirokini ta’minlash ishlari ham mamlakatimiz rahbarining doimiy e’tiborida turibdi. Iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, xalqaro miqyosda mamlakat ilm-fani nufuzini oshirish borasida ulkan natijalarga erishilmoqda.

Xususan, 9 ta ilmiy-tadqiqot muassasasi Fanlar akademiyasi tarkibiga qaytarildi, qator ilmiy tashkilotlar qayta tashkil etildi, Fanlar akademiyasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha 3 ta bo‘limi va Navoiy bo‘limi tashkil etildi, O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. “2017-2021 yillarda respublikada ilmiy-tadqiqot muassasalari infratuzilmasini mustahkam­lash va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” amalga oshirilmoqda.

Birgina madaniy-gumanitar sohalarni rivojlantirish bo‘yicha qilingan ishlar haqida to‘xtalganda, o‘tgan yilning o‘zida madaniyat, adabiyot va san’at, ommaviy axborot vositalari sohasiga taalluqli 12 ta muhim hujjat qabul qilinganini ta’kidlash maqsadga muvofiqdir.

– Prezidentimizning yangi Farmonida fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyati bilan bog‘liq ahvol jiddiy tanqid qilindi. Mazkur hujjatda, xususan: “amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda, fuqarolarning siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirishda, ularning ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarini qondirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining faol ishtirok etishiga to‘sqinlik qilayotgan qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjud”, deb qayd etilgan. Bunga nima deysiz?

– Albatta, davlatimiz rahbarining ushbu Farmonida, birinchidan, mazkur sohaning hozirgi holatiga muxtasar va xolis baho berilgan; ikkinchidan, mavjud kamchiliklar ochiq-oshkora ko‘rsatib o‘tilgan; uchinchidan, aniqlangan muammolarni bartaraf etishga doir amaliy chora-tadbirlar belgilangan; to‘rtinchidan, shu ta’sirchan choralarni amalda tatbiq etish va kutilgan samaradorlikka erishishning aniq mexanizmlari ko‘zda tutilgan.

Eng muhimi, Farmondan Prezidentimizning bugungi kun va yaqin istiqbolda O‘zbekistondagi fuqarolik jamiyati institutlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim tashabbuslari o‘rin olgan. Shu ma’noda ushbu Farmon tom ma’noda tarixiy hujjatdir.

Farmonning tanqidiy-tahliliy ruhiga kelsak, sohada ayni paytda mavjud voqelik aslida ham shunday. Birgina misol: aytib o‘tilganidek, bu sohada qancha qonunlar, farmon va qarorlar qabul qilingan, ya’ni yetarli qonunchilik bazasi yaratilgan.

Shunga qaramay, ijtimoiy sheriklik – davlat organlari va NNT o‘rtasida fuqarolarning keng ko‘lamli ijtimoiy muammolarini hal qilishga, ayniqsa, yoshlarning tashabbuslari va zamonaviy g‘oyalarini haqiqatda ilgari surishga qaratilgan hamkorlikning samarali mexanizmiga aylana olgani yo‘q.

– Farmonda qayd etilgan tanqidiy holatlarni hayotimizda mavjud misollar bilan qiyosiy tahlil qilib, tegishli muammolarga aynan qanday amaliy yechimlar ko‘zda tutilgani haqida so‘zlab bersangiz.

– Farmonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga NNTni jalb qilish darajasi pastligi haqida so‘z borgan. Bu, o‘z navbatida, barcha ijtimoiy guruhlarning turli NNT tomonidan ifodalanadigan manfaatlarini chuqur o‘rganish hamda inobatga olishga imkon bermayapti.

Ma’lumki, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi loyihasi, shuningdek, ushbu dasturiy hujjat doirasida 2017 va 2018 yillarda qabul qilingan Davlat dasturlari ham jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilib, so‘ngra qabul qilingan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad davlat ahamiyatiga molik dolzarb masalalarni kompleks ravishda tahlil qilish, keng jamoatchilik qatlamlari, ekspertlar sharhi, fikr-mulohaza va takliflarini o‘rganishdan iborat ekanini ta’kidlash lozim.

Binobarin, davlat va jamiyat ahamiyatiga molik bunday hujjatlarni tayyorlashda butun O‘zbekiston xalqining qiziqishlari to‘la inobatga olinishini ta’minlash uchun aholi o‘rtasida keng muhokamalar tashkil etish, doimiy ravishda xalq bilan muloqot qilish taqozo etiladi. Bunda, shubhasiz, fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, NNT faol bo‘lishi darkor.

Buning uchun esa, afsuski, davlat bilan fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida amaliy va samarali muloqot mexanizmlari yo‘lga qo‘yilmagan. Tegishli davlat organlari tomonidan mamlakatni sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy jihatdan yanada rivojlantirish bo‘yicha innovatsion g‘oyalarni taklif qiluvchi faol, o‘zining tashabbuslariga tayanib faoliyat ko‘rsatadigan NNTni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish choralari lozim darajada amalga oshirilmayapti.

Bularning barchasi, o‘z navbatida, ushbu ijtimoiy tuzilmalar bilan amaliy muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashini tuzish zaruratini kun tartibiga qo‘ydi. Prezidentimiz Farmoni bilan tashkil etilgan mazkur Maslahat kengashini tuzish g‘oyasi Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan va Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga taqdim etilgan Murojaatnomasida ilgari surilgandi.

Farmonda Maslahat kengashining asosiy vazifalari belgilangan. Xususan, Maslahat kengashi fuqarolik jamiyatini va keng jamoatchilikni tashvishlantirayotgan dolzarb masalalarni izchil asosda muhokama qilib, mazkur sektorning holati va rivojlanish tendensiyasi haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini muntazam ravishda xabardor qilib boradi.

Shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mazkur institutlarning jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi.

Shu o‘rinda qayd etish joizki, fuqarolik jamiyati institutlariga ularning xalqaro hamkorligini rivojlantirishda, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganishda va ushbu tajribani O‘zbekiston sharoitida joriy etishda ko‘maklashish ham mazkur Maslahat kengashining vazifasiga kiradi.

Maslahat kengashi faoliyati bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan muvofiqlashtiriladi. Maslahat kengashi faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash esa Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan amalga oshiriladi.


Download 19,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish