yuqorigi yuzasiga tarqaladi. Teri tarmog‘i –
ramus cutaneus
deltasimon
muskulning pastki qismidan tashqi tomonga chiqadi.
Muskul – teri nervi
–
n.musculicutaneus
bo‘yinning oltinchi, ettinchi va
sakkizinchi juft nervlaridan hosil bo‘ladi va tirsak bo‘g‘imining bukuvchi
muskullariga hamda terisiga tarqaladi.
Bilak nervi
–
n.radialis
bo‘yinning sakkizinchi va ko‘krakning birinchi juft
nervlaridan hosil bo‘ladi. Bu nerv anchagina uzun bo‘lib, barmoqqacha etib boradi
va tirsak bo‘g‘imining kaft hamda barmoqni yozuvchi muskullari va terisini
harakatlantiradi. Bilak nervi oldin muskullarga tarmoqlanadi, so‘ngra tirsak
bo‘g‘imining ustki yuzasiga chiqib, tirsakning uch boshli muskuli orasidan o‘tadi
hamda elkaning ichki muskuli ro‘parasida bilakning yuza va chuqur muskullariga
tarqaladi.
Bilakning
yuza nervi
–
n.radialis superficialis
uch boshli muskulning yon
tomon bosh yonidan chiqib, tirsak, bilak, kaft va barmoq terisiga tarqaladi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.
Cho‘chqada – ikkinchi, to‘rtinchi
va beshinchi barmoqning ichki yuzasiga tarqaladi. Qoramolda – uchinchi,
to‘rtinchi barmoq nervlariga bo‘linadi. Qo‘yda – bilaguzuk bo‘g‘imini yozuvchi
muskulga uchta nerv tarmoqchasi kiradi, so‘ngra
bilakning yuza nervi asosiy
stvolining 6 ta tarmoqchasi bilan bilaguzuk bo‘g‘imini o‘rab, yana mayda
tarmoqchalarga bo‘linib, teriga tarqaladi. Otda – bilak-tirsak suyagining yuqorigi
yon tomonida tugaydi.
Bilakning chuqur nervi
–
n.radialis profundus
bilaguzuk va barmoq
bo‘g‘imlarini yozuvchi muskullarga tarqaladi.
Tirsak nervi
–
n.ulnaris
bo‘yinning sakkizinchi va ko‘krakning
birinchi,
ikkinchi juft nervlaridan hosil bo‘ladi. U oldin o‘rta nerv bilan qo‘shiladi, so‘ngra
undan ajralib, elka arteriyasi va venasining orqa tomonidan pastga o‘tadi hamda
elka suyagining pastki qismidan bilak-tirsakning orqa yuzasiga teri tarmog‘i –
ramus cutaneus
ni beradi. Tirsak nervining asosiy tomiri tirsak bo‘g‘imining
yozuvchi yuzasiga o‘tadi. Tirsak bo‘g‘imining kapsulasiga va muskullarga
tarqalib, bilaguzuk bo‘g‘imi yuqorisida ikkiga bo‘linadi. Yuqorigi tomon (yuza)
tarmog‘i –
ramus dorsalis
qo‘shimcha bilaguzuk bo‘g‘imi yonida to‘rtta teri
tarmog‘iga ajraladi, ular tushov bo‘g‘imigacha boradi. Chuqur tarmog‘i
–
ramus
volaris profundus
tirsakni bukuvchi muskul ostidan o‘tib,
volyar lateral nerviga
qo‘shiladi. Ulardan esa barmoqning orqa, yon va o‘rta nervlari hosil bo‘ladi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.
Cho‘chqada – yuqorigi tarmoq
beshinchi barmoqni, yon tomon nervi to‘rtinchi barmoqni, orqa tomon tarmog‘i
to‘rtinchi, beshinchi barmoqlarni va kaftning orqa tomon yuza nervini hosil qiladi.
Qoramolda – yuqorigi tarmoq to‘rtinchi barmoqning yuqorigi yon tomon nerviga
tarqaladi, orqa tomon tarmog‘i suyak muskuliga hamda to‘rtinchi barmoqning orqa
tomon yon nerviga aylanadi. Qo‘yda – tirsak nervi bilaguzuk bo‘g‘imini bukuvchi
muskuliga tarmoqlanadi hamda tirsak va elka boshlari oralig‘idan o‘tib, to‘rtta
tarmoqcha hosil qiladi. Bular muskullarga tarqalib,
yuqorigi va orqa tomon
tarmoqlarga bo‘linadi. Otda – yuqorigi tarmog‘i teriga, orqa tomon tarmog‘i esa
kaftning orqa va yon nervlariga qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: