N. B. Dilmurodov



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

Dumg‘aza nervlari. 
Dumg‘aza nervlari – 
n.sacralis
orqa miyadan yuqorigi 
va pastki teshiklar orqali chiqadi. Simpatik stvoldan biriktiruvchi kulrang tarmoq
oladi. Yuqorigi tomonga chiquvchi nervlar – 
n.clunii media
tos-son bo‘g‘imining
 


yozuvchi muskullari va sag‘ri terisiga tarqaladi. Pastki teshikdan chiquvchi nervlar 
dumg‘aza chigalini hosil qiladi, undan bir qancha alohida nervlar hosil bo‘ladi. 
Sag‘rining old tomon nervi
– n.glutaeus cranialis 
belning oltinchi va 
dumg‘azaning birinchi juft nervlaridan chiqib, sag‘ri muskullariga tarqaladi. 
Sag‘rining orqa tomon nervi
– n.glutaeus caudalis
dumg‘azaning birinchi
ikkinchi va uchinchi juft nervlaridan chiqib, sag‘ri arteriyasi bilan sag‘ri 
muskullariga va sonning ikki boshli muskullariga tarqaladi. 
Son terisining orqa tomon nervi
 
– 
n. cutaneus femoris
dumg‘azaning 
birinchi va ikkinchi juft nervlaridan chiqib, sonning ikki boshli muskuli orqa qismi 
– 
nn. clunii caudalis
dan teriga tarqaladi. 
Jinsiy azo nervi
– n.pudendus
dumg‘azaning uchinchi va to‘rtinchi juft 
nervlaridan paydo bo‘lib, jinsiy azo arteriyasi bilan quymich yoyi tomon o‘tadi. 
Erkak hayvonlarda jinsiy azoga o‘tib, yuqorigi jinsiy nerv – 
dorsalalis penis,
urg‘ochilarda esa klitor – clitoridis va tashqi jinsiy lablarga tarqaladi. Jinsiy 
nervdan to‘g‘ri ichak nervi – 
n.haemorroidalis medialis
va oraliq nerv – 
n.perinealis
ajraladi. Qoramolning oraliq nervi elinining keyingi bulimiga 
tarqaladi, elinining oldingi qismi qorin-yonbosh-chov nervidan tarmoq oladi.
To‘g‘ri ichakning orqa tomon nervi – 
n.haemorroidalis caudalis
dumg‘azaning to‘rtinchi va beshinchi juft nervlaridan chiqib, to‘g‘ri ichak, orqa 
chiqaruv teshigi va dum muskullariga, urg‘ochi hayvonlarda jinsiy lablarga 
tarqaladi.
Quymich nervi – 
n.ischiadicus
belning oltinchi va dumg‘azaning birinchi, 
ikkinchi, uchinchi juft nervlaridan chiqadi. Bu nerv dumg‘aza chigalining eng 
yo‘g‘oni va uzuni hisoblanadi.
Katta boldir nervi – 
n.tibialis
o‘z navbatida, bir nechta nervga ajraladi. 
Muskul tarmog‘i – 
r.muscularis
bir qancha mayda tarmoqchalarga bo‘linib, 
son suyagining orqa tomonidagi muskullarga tarqaladi. 
Boldirning orqa tomon terisi nervi 
– n.cutaneus surae plantaris
boldir 
suyagining orqa tomonidagi teriga tarqaladi. 
Tizza bo‘g‘imining pastki yon tomon nervi – 
n.n.ramus muscularis distalis
tovonning yozuvchi va barmoqning bukuvchi muskullariga tarqaladi. 
Boldirning o‘rta qismi terisi nervi – 
n. cutaneus surae medialis
tovon 
bo‘g‘imi yonida katta boldir nervi, yon va o‘rta plantar nervlar – 
n. plantaris 
lateralis et medialis
ga, ular esa boldirning plantar nervlariga, kaftning plantar 


nervlari – 
n.n.metatersale plantares
ga bo‘linadi, bular esa barmoq nerlariga 
tarmoqlanib, oyoqlar tuyog‘i atrofida tugaydi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari. 
Qoramolda – plantar o‘rta nerv 
uchinchi plantar barmoqning o‘rta nervini va umumiy barmoq plantar nervi 
uchinchi, to‘rtinchi barmoqlar, plantar yon nervi to‘rtinchi barmoq yon nervini 
hosil qiladi. Cho‘chqada – plantar o‘rta nerv kaftning uchinchi, to‘rtinchi plantar 
nervini hosil qilib, yon nervi bilan qo‘shiladi. Qo‘yda – yon va o‘rta tarmoqlarga 
bo‘linadi. Plantar o‘rta nerv tovonning ustida teriga uchta: o‘rta, pay va bo‘g‘im 
kapsulasiga boradigan nervlarga bo‘linadi. Otda – plantar yon va o‘rta nervlarga, 
so‘ngra ular barmoq nervlariga bo‘linadi.
 
Kichik boldir nervi
 – n.peroneus (s. fibularis)
boldir nervi yonida joylashadi. 
Tizza bo‘g‘imi yonida boldir terisi yuqorigi nervi – 
n.cutaneus surae dorsalis
ni 
hosil qiladi va shu joydagi teriga boradi. Tizza bo‘g‘imining pastrog‘ida 
boldirning yuza va chuqur kichik nervlarini hosil qiladi.
 
Kichik boldirning yuza nervi
 – n.peroneus superficialis
barmoqlarga boradi. 
Kichik boldirning chuqur nervi – 
n.peroneus profundus
kaftda bir qancha 
tarmoqlarga bulinib, teri muskullariga tarqaladi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari. 
Qoramolda – kichik boldir 
nervining yuza tarmog‘i lateral to‘rtinchi barmoqning o‘rta, uchinchi barmoqning 
o‘rta va uchinchi, to‘rtinchi barmoqlarning umumiy nervlarini hosil qiladi, chuqur 
nerv esa barmoqlarning umumiy nerviga qo‘shilib ketadi. Cho‘chqada – kichik 
boldir nervi tovonning ikkinchi, to‘rtinchi yuqorigi nervi 
– n.metatarsi dorsales
ni 
hosil qiladi. Otda – kichik boldir nervi teriga, tovonga, kaft va barmoq nervlariga 
bo‘linib ketadi.

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish