Chap va o‘ng hidlov piyozchasi, hidlov uchburchagi va noksimon bo‘lak bir
-biri bilan miyaning nazal bog‘lamchasi –
comissura nasalis
orqali birikadi .
Ammon shoxi –
cornu ammonis
yoki gippokamp –
hyppocampus
–
noksimon bo‘lak sohasida miya po‘stlog‘ining juft burmasi hisoblanadi. U o‘zining
yuqorigi qismi bilan dumsimon yadro orqarog‘ida miyaning yon qorinchasi tubini
hosil qiladi. Ammon shoxi va dumsimon yadro o‘rtasida tomirlar chigali –
miyaning yon qorinchasi joylashadi. Ammon shoxi orqa tomonga lateral va pastga
yoysimon qayrilgan, noksimon bo‘lakda tugaydi. Ammon shoxi ostida ko‘rish
do‘ngligi joylashib, u ammon shoxidan miyani uchinchi
qorinchasining tomirli
chigali orqali ajralib turadi.
Gumbaz –
fornix
– ammon shoxi va oraliq miyaning so‘rg‘ichsimon tanasi
o‘rtasidagi o‘tkazuvchi tutamlardan hosil bo‘lgan. Tutamda tarnovsimon varaq,
ammon shoxining jiyagi, oyoqchalar,
ustunlar va tutam tanasi, ammon shoxining
bog‘lami farqlanadi. Tarnovsimon varaq –
alveus
– noksimon bo‘lakning kulrang
moddasi va ammon shoxidan kelib chiqadigan nerv tolalaridan tashkil topgan. Bu
varaq yon miya qorinchasi yuzasidan ammon shoxini qoplab turadi. Gippokamp
jiyagi –
fimbria hippocampi
– tarnovsimon varaqdagidek
nerv tolalaridan tashkil
topgan. U yon miya qorinchasining yuqorigi lateral cheti bo‘ylab joylashadi va
tutam oyoqchasi –
crus fornicis
ga o‘tadi. Tutamning o‘ng va chap oyoqchalari
tutam tanasi –
corpus fornicis
ni hosil qiladi va uchinchi
miya qorinchasining
qopqog‘i hisoblanadi. Nazal tomonda u ikkita ustuncha –
collmna fornicis
ga
bo‘linadi. Tutam ustunchalari dumsimon yadrodan medial tomonda joylashadi va
oraliq miyaning kulrang moddasi (gipotalamus) va so‘rg‘ichsimon tanasigacha
cho‘ziladi. Gippokamp bog‘lami –
comissura hippocampi
ularning
yuqorigi
uchlarini biriktiradi.
Targ‘il tana –
corpus striatum
– dumsimon, yasmiqsimon va bodomsimon
yadro, to‘siq, ichki va tashqi kapsulalardan tuzilgan.
Dumsimon yadro –
nucleus caulatus
– oldinda va ammon shoxi yonida yon
miya qorinchasining tubida joylashadi va uning boshchasi –
caput,
dumi –
cauda
mavjud.
Yasmiqsimon yadro –
nucleus lentiformis
– ko‘rish do‘ngligi va dumsimon
yadro boshchasining yon tomonida joylashadi va ulardan ichki kapsula –
capsula
interna
orqali ajdralib turadi. Yasmiqsimon yadroning yon qismi po‘choq
(skorlupa)
– putamen,
medial qismi esa oqish yadro –
globus pallidus
nomini
olgan. Oqish yadro ko‘rish do‘ngligidan lateral tomonda va tirsakli tananing lateral
yadrosi –
ganglion geniculatum laterale
dan nazal tomonda joylashadi.
Yasmiqsimon yadrodan lateral
tomonda tashqi kapsula
– capsula externa,
kapsuladan lateral tomonda esa tor yo‘l ko‘rinishida to‘siq –
claustrum
joylashadi.
to‘siq, po‘choq va ammon shoxi oralig‘ida bodomsimon yadro –
nucleus
amygdalae
joylashadi. Targ‘il tana refleks zanjiri tutashadigan joy hisoblanadi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari:
bosh miyaning absolyut og‘irligi
qoramollarda – 410 – 550 g, cho‘chqalarda – 96 – 145 g, otlarda – 372 – 570 g,
itlarda – 46 – 138 g ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: