N. B. Dilmurodov



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

Yurakning qon tomirlari
– 
vasa cordis 
o‘ng va chap yurak toj arteriyalari, 
katta, o‘rta va kichik yurak venalaridan iborat. O‘ng toj arteriya – 
a.coronoria 
cordis dextra 
va chap toj arteriya – 
a.coronoria cordis sinistra 
oldin yurakni 
ko‘ndalang toj arteriyasi bo‘ylab joylashib, so‘ngra bir-biri bilan anastomoz hosil 
qilib, keyin uzunasiga joylashgan ariqchalarga o‘tadi va bir nechta mayda 
tarmoqchalar hosil qilib, yurak muskullarini qon bilan ta’minlaydi. 
Venoz qon o‘ng yurak qorinchasidan yurakning kichik venasi orqali o‘ng 
bo‘lmaga yig‘ilib kelib quyiladi. 
Yurakning boshqa qismlaridan venoz qon o‘rta va katta kovak vena orqali 
yurakning o‘ng bo‘lmasiga kelib quyiladi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari. 
Otda 
– 
yurakning uchki qismi 
qoramollarnikiga qaraganda o‘tmasroq, 3 – 6-qovurg‘alar oralig‘ida joylashadi. 
Yurakning 3/5 qismi chaproq tomonni egallaydi. Yurakning uchki qismi 6-
qovurg‘aning pastki qismida to‘sh suyagiga 1 sm etmay, diafragmadan 6 – 8 sm 
uzoqlikdagi masofada tugaydi. Vena sinusining yuqorigi devoriga yoki oldingi 
kovak venaga o‘ng toq vena kelib quyiladi. Chap toq venasi bo‘lmaydi. Chap 
qorincha devoriga nisbatan 2,5 marta katta. Ikki tabaqali va yarim oysimon 
klapanlarning tuzilishi xuddi qoramollarnikidek. Aorta tomirining devoridagi 1 – 3 
fibroz halqalar, ya’ni yurak tog‘aylari, qari hayvonlarda suyaklashgan. Ikkita yurak 
toj arteriyasi ham yaxshi rivojlangan. Yurak hayvonning tirik vazniga nisbatan 0,6 
– 1,04 % ni tashkil qiladi. Cho‘chqada 
– 
yurakning uchki qismi o‘tmas. Yurakning 
o‘ng bo‘lmasini keyingi kovak venaga yaqin joyiga, chap toq vena kelib quyiladi. 
Yurakning chap qorinchasidagi so‘rg‘ichsimon muskullar yaxshi rivojlangan. Oval 
teshik 20% gacha holatlarda yopilmasdan qoladi. Uch tabaqali (qopqoqli) 
klapanning uncha rivojlanmagan to‘rtinchi tabaqasi ham bo‘ladi. Ikki tabaqali 
klapanda ikkita kichkina qo‘shimcha tabaqasi ham bor. Torsimon paylar o‘ng 
yurak qorinchasida beshta, chap qorinchada o‘n bitta, so‘rg‘ichsimon muskullari 
uzun, shundan o‘ng qorincha devoridagisi kuchli rivojlangan. Yurakni chap tomon 
muskullari go‘shtdor bo‘lib, kuchli taraqqiy etgan. O‘ng tomon muskullari uncha 
yaxshi taraqqiy etmagan. Aorta qon tomiri atrofidagi fibroz halqada bitta yurak 
tog‘aychasi – 
cartilago cordis 
bo‘ladi. O‘ng va chap yurak toj arteriyalari yaxshi 
taraqqiy etgan. Yurakning vazni tirik massasining 0,28% ni tashkil qiladi. Yurak 
ko‘krak bo‘shlig‘ini chap tomonida 3-6 qovurg‘alar to‘g‘riligida joylashgan. 
Yurakning uchki qismi esa 7 chi qovurg‘a tog‘ayigacha etib boradi. Yurak 


kuylakchasi to‘sh suyagining 3 – 7- qovurg‘a tog‘aylariga kelib birlashadi. Itda 
– 
yurak nisbatan yumaloqroq shaklga ega bo‘lib, uchki qismi o‘tmasroq. O‘ng va 
chap qalin chetlari, ko‘krak va diafragma yuzalari bo‘ladi. Bu yuzalarda o‘ng va 
chap uzunasiga joylashgan ariqchalar bo‘ladi. Yurakning o‘ng bo‘lmasiga yoki 
oldingi kovak venaga, o‘ng toq vena kelib quyiladi. Yurakning chap bo‘lmasiga 
to‘rtta o‘pka venasi kelib ochiladi. Ikki tabaqali klapanda uncha rivojlanmagan 
uchinchi tabaqa ham bo‘ladi, uch tabaqalilarida esa to‘rtinchisi bo‘ladi. Aortaning 
fibroz halqasida uchta mayda tog‘aycha bo‘ladi. U qari itlarda ohaklashib, 
suyaklashib ketadi. Yurak ko‘krak bo‘shlig‘ida gorizontal holatda joylashadi. 
Yurakning uchki qismi 6 – 7 – 8-qovurg‘alar tog‘ayining pastki qismida 
joylashadi. Yurakni joylashish topografiyasi o‘ng tomondan ko‘krak devorining 5-
qovurg‘a to‘g‘risi, chap tomondan esa 4 – 6-qovurg‘a to‘g‘risi hisoblanadi. 
NAZORAT UCHUN TOPSHIRIQ VA SAVOLLAR 
- yurak-qon tomirlar tizimini anatomik tarkibini ayting. 
- yurakning har xil hayvonlardagi topografiyasini ayting. 
- yurak kameralarini ayting. 
- yurak devorining qavatlarini ayting. 
- yurak klapanlarini ayting. 
- yurakni qo‘zg‘atuvchi tizimi, qon tomirlari va nervlarini ayting. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish