kovak venaning yurak bo‘lmasiga tushadigan joyida muskuldan iborat valiksimon
do‘nglik mavjud, u venalararo do‘nglik yoki laver do‘ngligi –
tuberculum
intervenosum s. loveri
deyiladi. Bu do‘nglik har ikkala venadan kelayotgan qonni
bir-biriga aralashib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Yurakning chap bo‘lmasi –
atrium sinister
ning yuqorigi tomonida o‘pka
venasi –
venae pulmonalis
uchun 4 – 7 ta teshigi bo‘ladi. Chiqish teshigi chap
qorinchaga chap atrioventikulyar teshik –
ostium atrioventriculare sinistrum
orqali
ochiladi.
Yurak qorinchalari –
ventriculi cordis
yurakning ventral qismida katta joyni
egallaydi. Ichki yuzasi
endokard bilan qoplangan, endokard qavati ostida
joylashgan miokard qavati muskul to‘siqlar –
trabeculae corneae
va ko‘ndalang
hamda so‘rg‘ichsimon muskullar –
mm.transversus cordis et papillares
dan iborat.
Bu muskullarga yurak klapanlaridan kelayotgan torsimon paylar –
chordate
tentieae
birlashadi.
O‘ng qorincha –
ventriculus dexter
o‘ng bo‘lmani pastki qismida joylashadi.
Devori o‘ng bo‘lma devoriga nisbatan ancha qalin. Qorinchaning ichki qismida 3
ta so‘rg‘ichsimon muskul joylashgan. Shundan ikkitasi yurak to‘sqichida, bittasi
esa qorinchaning yon devorida joylashgan. Yurak o‘ng bo‘lmasi o‘ng qorinchaga
atrioventrikulyar teshik –
ostium atrioventriculare dexter
orqali ochiladi. Bu teshik
atrofini aylana shakldagi fibroz tog‘ay –
annulus fibrosus atrioventricularis
o‘rab
turadi. Bu halqa uch tabaqali klapan –
valvula tricuspidalis
ga
birlashadi.
Klapanning erkin chetlari yurak qorinchasiga qaragan bo‘lib,
torsimon paylar
yordamida yurakning so‘rg‘ichsimon muskullariga kelib birlashadi. O‘ng
qorinchada ham arterial teshik –
ostium trunci pulmonalis
bo‘lib, bu teshikdan
o‘pka arteriyasi –
a.pulmonalis
(venoz qon) chiqadi. Bu teshik atrofida fibroz halqa
–
annulus fibrosus arteriae pulmonalis
bo‘lib, bu halqa yarim oysimon klapan –
valvula semilinaris arteriae pulmonalis
ni ostki qismida joylashgan. Klapanlarning
bittasi o‘pka arteriyasidan orqa tomonda, ikkitasi oldingi tomonda joylashadi.
Klapanlar uchta xaltacha shaklidagi tabaqadan iborat.
Chap qorincha –
ventriculus sinister
chap bo‘lmaning pastki qismida
joylashadi. Chap qorincha devori o‘ng qorinchaga nisbatan 2,5 marta qalin, ichki
endokard qismida ikkita so‘rg‘ichsimon muskul do‘ngligi mavjud.
O‘ng qorincha bilan chap qorincha oralig‘ida chap atrioventrikulyar teshik
–
ostium atrioventricularis sinistrum
bo‘lib, bu teshik atrofida ikki tabaqali klapan –
valvula bicuspidalis
joylashadi. Atrioventrikulyar teshik atrofida chap fibroz halqa
–
annulus fibrosus atrioventricularis sinister
bo‘ladi. Aorta teshigi –
ostium aortae
dan aorta qon tomirlari chiqadi. Bu tomir devorida yarim oysimon klapan
– valvula
semilunaris aortae
joylashadi. Bu klapan atrofida aorta qon tomirlarini fibroz
halqasi –
annulus fibrosis aortae
bo‘lib, unda qoramollarda o‘ng va chap yuqorigi
suyakchalar –
ossa cordis dextra et sinistra
joylashadi. O‘ng tomon yurak
suyakchasining uzunligi 5 – 6 sm bo‘lib, uchburchak shakliga o‘xshash, chap
yurak suyakchasi esa 2 – 3 sm bo‘lib, bu suyakchaga chap yarim oysimon klapan
birlashadi. Yurak ko‘krak bo‘shlig‘ida 3 – 6-qovurg‘alar to‘g‘risida joylashadi.
Yurakning asosiy qismi 6-qovurg‘a to‘g‘risida, uchki qismi esa 5-qovurg‘a tog‘ayi
atrofida joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: