Siydik-jinsiy kanali
–
canalis urogenitalis, s. urethra masculina
siydik va
spermani o‘tkazish vazifasini bajaradi. U tos va jinsiy a’zo bo‘limlariga bo‘linadi.
Siydik-jinsiy kanalining tos bo‘limi –
pars pelvina urethrae
buqada 10 – 12
sm uzunlikda bo‘lib, qov va quymich suyaklari orasida joylashadi; bu erda siydik-
jinsiy kanalining ichiga prostata va piyozchasimon bezlar yo‘li ochiladi.
SHuningdek, unga urug‘ yo‘li va pufakchasimon bez yo‘li ham ochiladi.
Siydik-jinsiy kanalining jinsiy a’zo bo‘limi –
pars penis
jinsiy a’zoning
pastki (ventral) yuzasida joylashadi. U jinsiy a’zo kovak tanasining oq pardasi
bilan to‘liq o‘rab olingan.
Siydik-jinsiy kanali shilliq, tomirli va muskul pardalardan tuzilgan.
Shilliq
parda
– tunica mucosa
bo‘ylama burmalarga yig‘ilgan, ko‘p qavatli almashinuvchi
epiteliy bilan qoplangan. Urug‘ chiqaruvchi yo‘lga tushgan joyda yoy shaklidagi
yo‘g‘onlashma – urug‘ tepaligi –
colliculus seminalis
ni hosil qiladi. Undan yon
tomonda shilliq pardada prostata bezining chiqarish yo‘lini teshigi joylashadi, tos
bo‘limining shilliq pardasida esa piyozchasimon bezning chiqarish yo‘lini teshigi
ko‘rinib turadi.
Tomirli parda yoki kovak tana –
corpus cavernosus urethrae
siydik-jinsiy
kanalining tos qismida jinsiy a’zo qismidagiga nisbatan yaxshi rivojlanmagan. U
quymich yoyida biroz qalinlashadi va siydik-jinsiy kanalining piyozchasi –
bulbus
urogenitalis
deb ataladi. SHu joyda siydik-jinsiy kanalining bo‘yni –
isthmus
urethrae
hosil bo‘ladi. Kovak tananing ichki qismi biriktiruvchi to‘qimadan tashkil
topgan va unda vena tomirlarining qalin chigali hosil bo‘ladi.
Ereksiya vaqtida
kovak tana qonga to‘lib shishadi va kanalning ichi ochilib spermani oson chiqishi
ta’minlanadi.
Siydik-jinsiy kanalining muskul pardasi –
tunica muscularis urogenetalis
asosan ko‘ndalang-targ‘il muskul tolalarining qalin qavatidan tuzilgan. Muskul
tolalari siydik-jinsiy kanalning tos qismida siydik-jinsiy muskul –
m. urogenetalis
ni, jinsiy a’zo qismida esa piyozchasimon-kovak muskul –
m. bulbocavernosus
ni
shakllantiradi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.
Ayg‘irda – siydik-jinsiy
kanalining quymich yoyi sohasida bo‘yinchasi mavjud, uning tos qismiga prostata
va piyozchasimon bezlarning yo‘li hamda urug‘ chiqaruvchi yo‘l ochiladi; siydik-
jinsiy kanalning jinsiy a’zo qismi jinsiy a’zoning siydik-jinsiy arig‘ida joylashadi
va jinsiy a’zo boshining chuqurchasiga erkin chiquvchi
siydik-jinsiy kanalning
silindrsimon o‘simtasini hosil qilib jinsiy a’zogacha boradi; o‘simta chuqurcha
devori bilan birlashadi. Siydik-jinsiy kanal devori shilliq, tomirli (kovak) va
muskul pardalaridan tuzilgan. SHilliq pardasida bo‘ylama burmalar mavjud, u ko‘p
qavatli almashinuvchi epiteliy bilan qoplangan, bezchalar joylashgan;
siydik
pufagining bo‘yinchasidan biroz orqaroqda yaxshi taraqqiy etgan urug‘ tepaligi
mavjud; unda urug‘ chiqaruvchi yul ochiladi. Urug‘ tepaligidan yon tomonda
prostata bezi yo‘lining 20 tagacha teshiklari, piyozcha sohasida esa yana
piyozchasimon bezi yo‘lining 6 – 8 ta teshiklari ko‘rinib turadi.
Kovak tana tos
bo‘shlig‘idan chiqishda siydik-jinsiy kanal piyozchasini hosil qiladi. Muskul
pardasi chuqur bo‘ylama va yuza aylana qavatlardan tuzilgan. YUza aylana qavat
siydik-jinsiy yoki piyozchasimon-kovak muskuli deb ataladi, ko‘ndalang tutamlar
jinsiy a’zoning siydik-jinsiy ariqchasi chetlariga birikkan holda faqat pastki
(ventral) yuzadan o‘tadi.
Cho‘chqada – siydik-jinsiy
kanalining tos qismi uzun; uning devori
ichkarisida prostata bezining tarqoq qismi joylashadi; siydik-jinsiy kanalining
jinsiy a’zo qismi tos qismiga nisbatan kichik diametrda bo‘ladi; kovak tanada
siydik-jinsiy kanalining
kichikroq piyozchasi mavjud; piyozchasimon-kovak
muskul birmuncha yo‘g‘on, ammo kalta bo‘ladi.
Itda – siydik-jinsiy kanalning tos qismi nisbatan uzun; piyozcha va siydik-
jinsiy muskuli yaxshi taraqqiy etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: