N. B. D ilm u r o d o V, M. G. Karimov, Z. F. Norm uradova «hayvonlar morfologiyasi»



Download 17,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/352
Sana23.07.2022
Hajmi17,19 Mb.
#840472
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   352
Bog'liq
Hayvonlar morfologiyasi fanidan amaliy laboratoriya mashg\'ulotlari. Dilmurodov N.B

Ko'rgazmali materiallar: 
mikroskop, gistopreparat, rasm.
Muskul to'qimalar qisqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, hujayralari 
yoki tolalari maxsus ipchalar (miofilamentlar, mioprotofibriliallar) 
borligi bilan xarakterlanadi. Bu ipchalar tolador tuzilishga ega 
bo'lgan aktin va miozin oqsillari molekulalaridan iborat. Bu ipcha- 
lardan 
murakkabroq qisqaruvchi tuzilmalar — miofibrillalar shakl- 
lanadi. 
Muskul to‘qimalarda ko'p miqdorda issiqlik ham hosil 
bo'ladi.
77


Oliy hayvonlar organizmida silliq va ko'ndalang targ'il muskul­
lar mavjud. Ko'ndalang-targ'il muskullar skelet va yurak muskul­
lariga, yurak muskuli o'z navbatida ishchi (qisqaruvchi) va 
o'tkazuvchi muskullar tolalariga bo'linadi. Shuningdek, ixtisos- 
lashgan qisqaruvchi to'qimalar — mioepiteliotsitlar, ko'z kamalak 
pardasining miopigmenositlari va ko'z qorachig‘ini kengaytiruvchi 
muskul to'qimalari ham farq qilinadi.
Ko‘ndalang-targ‘ii muskul. 
K o'ndalang-targ'il muskul 
to'qimaning struktur birligi muskul tolasi bo'lib, u mikroskopning 
kichik obyektivlari yordamida ham ko'rinadigan ko'ndalang 
chiziqlilikka ega. Muskul tolasi tuzilishiga ko'ra simplastdir. 
Tolaning diametri 100 mkmgacha, uzunligi 12,5 sm ga yetishi 
mumkin. Miosimplastning shakli silindrga o'xshash bo'lib, uchi 
yumaloqlangan. U umumiy vazifani bajarish uchun birlashgan 
ko'plab hujayralarning maxsus, murakkab tuzilishga ega bo'lgan 
yig'indisidir. Tolada qobiq — sarkolemma (sarcos — go'sht, 
muskul), sitoplazma (sarkoplazma), organellalar va ko'plab o'zaklar 
mavjud. Shuningdek, sarkoplazma miofibrillalarga umumlashgan 
qisqaruvchi ipchalar saqlaydi. Sarkolemmani elektron mikroskop 
yordamida tekshirilganda u ikki qavatdan iborat bo'lib, qavatlar 
orasida kengligi 14-24 nm keladigan bo'shliq borligi ko'rinadi. 
Ichki varaq miosimplastning plazmolemmasi bo'lib, tashqi varaq 
bazal membranadir. Bu yerda ham bazal membranaga argirofil 
tolalar birikkan. Sarkolemma ichki varag'ining asosiy xususiyati 
qo'zg'alishni butun tolaga tarqata olish qobiliyatidir. Bu varaq T- 
naychalar (transversus-ko'ndalang) holida tolani kesib o'tib, qa- 
rama-qarshi tomon plazmolemmasiga tutashadi.
O'zaklar miofibrillalar tomonidan periferiyaga — sarkolemma 
ostiga surib qo'yilgan. O'zaklar ayrim hollarda juft-juft bo'lib, 
yoki uzun zanjir hosil qilib joylashadi va bu amitoz bo'linishning 
natijasidir. Oval shakldagi o'zaklar mayda donachalar holidagi 
xromatin saqlaydi.
Sarkoplazma o'zaklar va qisqaruvchi moddalar oralig'ini 
to'ldirib turadi. Miofibrillalar va sarkoplazma o'rtasida teskari miq- 
doriy nisbat mavjud: sarkoplazma ko'p muskullarda miofibrillalar 
kam va aksincha. Tolasida sarkoplazma ko'p muskullar uzoq vaqt
78


charchamasdan ishlaydi, lekin kuchsizroq qisqaradi, miofibrillalari 
ko'p muskullar katta kuch bilan qisqaradi, lekin tez charchaydi. 
Sarkoplazmasi ko‘p tolalar qizil, miofibrillalari ko‘plari oq tolalar 
deyiladi. Chunki qizil tolalarda mioglobin ko‘p bo'ladi. Shuningdek, 
oraliq tipdagi tolalar ham farq qilinadi.
Sarkoplazmada sarkosomalar (miomitoxondriyalar), sarkoplaz- 
matik to 'r va plastinkali kompleks mavjud. Miofibrillalar 
ko'ndalang targ'il muskul tolasida ayrim hollarda bir tekis tarqalib, 
boshqa bir xil muskullarda esa miofibrillyar maydonchalar holida 
joylashadi. Buni tolalarning ko'ndalang kesimida kuzatish 
mumkin. Miofibrilla murakkab ichki tuzilishga ega 

Download 17,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish