N. B. D ilm u r o d o V, M. G. Karimov, Z. F. Norm uradova «hayvonlar morfologiyasi»



Download 17,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/352
Sana23.07.2022
Hajmi17,19 Mb.
#840472
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   352
Bog'liq
Hayvonlar morfologiyasi fanidan amaliy laboratoriya mashg\'ulotlari. Dilmurodov N.B

Eozinofillar 
(atsidofillar) 8—20 mkm kattalikda bolib, yirik- 
yirik va keskin oksifil bo'yaluvchi donachalarga ega .
Eozinofillar neytrofiliarga nisbatan birmuncha yirikroq hu­
jayralar bolib, diametrlari 10 — 11 mkm boladilar va leykositlarning 
2—5% ni tashkil qiladi. Submikroskopik sitokimyo donachalarda 
kislotali fosfataza (gidrolitik ferment) mavjud. Bu ferment dona­
chalar yimirilganda faollashadi.
Eozinofillaming sitoplazmasi biroz oksifil, o'zagi rioto‘g‘ri 
shaklda va ko'pincha ikki bo'g'imli. Qonda 3—5% (ba’zan 10%) 
gacha eozinofillar bolib, ular organizmga kiruvchi yot oqsillar va 
kasallik paytidagi buzilgan to'qimalarning oqsillarini zararsiz- 
lantirishda ishtirok qiladi. Ko'pchilik kasalliklarning boshlanishida 
bu xil leykositlar soni kamayib, tuzalish paytida esa ko'payadi. 
Ayrim parazitar kasalliklarda eozinofillaming soni qari qoramolda 
40% gacha ortadi.
Eozinofillaming yadrolari ham segmentlangan bolib, neytrofil- 
lardan segmentlaming soni ko'pincha 2 ta, ba’zan 3 tagacha bo'lishi 
va donachalarning o'ziga xos tuzilishi bilan farqlanadilar. Dona­
chalar kislotali bo'yoqlar bilan yaxshi bo'yalib, tarkibida kislotali 
fosfataza, arilsulfatazadan tashqari, oksidlanish fermentlari- 
piroksidaza, gistaminaza, katalazalar boladi.
67


Eozinofillar aktiv harakatlanish va fagositoz jarayonida qatna- 
shish qobiliyatiga ega. Eozinofillar soni ortishiga — eozinofiliya 
(allergik kasalliklarda) kamayishiga — eozinopeniya deyiladi. Ular 
o‘rtacha 10—12 kun yashaydilar.
NeytrofiUar 
— leykositlaming eng ko‘p sonli hujayralari bo‘lib, 
65—70% ni tashkil qiladi. Ularning shakllari yumoloq, diametri 
qonda - 7 - 1 5 mkm.gacha boladi.
Donachalar maydaroq sitoplazmada bir tekis tarqalgan bo‘hb, 
tarkibida gidrolitik fermentlar, ayrim donachalarda kislotali 
fosfa-
taza, proteazalar, boshqalarida ishqoriy fosfataza boladi.
NeytrofiUar tashqi tomondan qalinligi 10 nm va ko‘p sonli 
psevdopodiyalari bolgan notekis hujayra qobigl bilan o'ralgan.
Neytrofillarning yadrolarini shakliga qarab, segment yadroli, 
tayoqcha yadroli va yosh neytrofillarga bolinadilar. Segment 
yadroli neytrofillar eng yetuk hujayralar hisoblanib, yadrosi 3—4 
ta alohida segmentlarga bolingan. Tayoqchasimon yadroli 
neytrofillarning yadrosi ham segmentlashgan tayoqcha yoki «S» 
shaklida boladilar va ular barcha leykositlaming 2—4% ni tashkil 
qiladilar. Yosh neytrofillar (metamivelositlar)ning yadrosi loviyasi- 
mon yoki taqasimon bolib, o‘rtacha 0, 5% gacha boladilar.
NeytrofiUarning donachalari juda mayda, primatlar, it, cho‘ch- 
qa va mushukda och qizil-binafsha rangga, ot va kavsh qayta- 
ruvchilarda ham kislotali, ham ishqorli bo’yoqlarga, quyonda — 
atsidofil bo‘yaladi. Qushlar neytorofillarining sitoplazmasida 
atsidofil tayoqchalar mavjud.
Donachalar gidrolitik fermentlarga ega lizotsomalar bolib, 
ularning hosil bolishi plastinkali kompieks bilan bogliqligi 
zamonaviy tekshirish usullari bilan aniqlangan. Neytrofillarning 
sitoplazmasi kuchsiz oksifil bo‘yaladi, uning zichligi hujayra yoshi 
kattalashishi bilan oshib boradi.
Neytrofillar faol fagositlar bolib, amyobasimon harakat qila 
oladi. Ularga I.I. Mechnikov mikrofaglar nomini bergan. Yallig‘- 
lanish o‘chog‘ida mikroblar, to'qimalar ymirilishining mahsulotlari 
va olgan neytrofillar yiring hosil qiladi. Neytrofillar yemirilishida 
ajralib chiqqan moddalar to‘qimalar regeneratsiyasini tezlashtiradi. 
Neytrofil bakteriyani fagositoz qilgach, donachalardagi fermentlar
68


faollashadi va hazm qiluvchi vakuolaga tushadi. Bir ozdan so'rtg 
hujayra donachalarini yo‘qotib parchalanadi.
Neytrofillar o‘zagining murakkab tuzilishini ko‘pgina tadqiqot- 
chilar ulaming yoshi bilan boglashga harakat qiladilar. 0 ‘zakning 
murakkab tuzilishi granulositlarda moddalar almashinuvining 
intensivligiga bog'liq.
Neytrofillar psevdopodiyalari yordamida aktiv harakat qilish 
qobiliyatiga ega bolib, organizmning to‘qimalarini yallig‘lanish 
yoki yemirilish joyiga yetib boradi. Bu yerda neytrofillar yot zarra- 
chalarni, yemirilgan hujayra bolaklarini va mikroorganizmlarni 
fagositoz qiladi. Shu xususiyati uchun ham neytrofillami - mikro- 
faglar ham deb yuritiladi.
Neytrofillar va boshqa leykositlar qon oqimida uzoq bolmas- 
dan ma’lum vaqt o‘tgach, qondan to‘qimalarga oladi. To‘qimalarda 
ular himoya vazifasini amalga oshiradi. Limfositlardan boshqa 
sirkulyatsiyadan chiqqan leykositlar qaytadan qon oqimiga 
tushmaydi. Limfositlar qondan limfaga, limfadan yana qonga qaytib 
o‘tish, ya’ni retsirkulyatsiya qobiliyatiga ega. Leykositlar qon 
oqimidan to'qimalarga o ctishda kapillyarlar endoteliositlari 
orasidan, limfositlar endoteliositlar orqali ham chiqadi.
Neytrofillar moddalar almashinuvida ham faol ishtirok etadilar, 
ulaming o‘rtacha hayoti 10 sutkaga teng bo‘lib, to‘qimalarga 
qondan chiqqandan so‘ng tez nobud boladilar.
Agranulasitlar yoki donasiz leykositlar- sitoplazmasida maxsus 
donachalar bolmaydigan hujayralardir.
Tuzilishi va vazifasiga qarab, agranulasitlar limfosit va mono- 
sitlarga bolinadi.
Limfositlar kattalarda o‘rtacha leykositlarning umumiy sonini 
25—35% tashkil etib, ularning organizmdagi umumiy oglrligi
1,5 kg ga yetadi,
Limfositlar diametriga qarab yirik (10—15 mkm), o'rta (7—9 
mkm) va mayda (4, 5—6 mkm) boladilar.
Limfositlar xromatinga boy yumaloq yadroga ega, o‘zak- 
sitoplazma nisbati o‘zak foydasiga. Sitoplazma ribonukleop- 
roteidlarga boyligi uchun bazofil bo‘yaladi. Sitopiazmaning o‘zak 
Btrofidagi qismi kuchsiz bocyalib, perinuklear zona hosil qiladi.
69


Limfositlar agranulositlar hisoblansa-da, ularning sitoplazmasida 
ayrim hollarda (10%) azurofil donachalar (lizotsomalar) uchraydi.
Limfositlarning yadrosi nisbatan yirik, yumaloq shaklda 
bo‘ladilar. Ularning sitoplazmasi ingichka xoshiya sifatida yadro 
yatrofida joylashadi. Bu yerda erkin ribosamalar va oz miqdorda 
mitoxioriyalar bolib, endoplazmatik to‘r, Goldjini kompleksi sust 
rivojlangan.
Tabaqalanish yo'llari va himoya reaksiyalaridagi roliga kola, 
limfositlarning ikki asosiy turi — T— va B-limfositar farq qilinadi. 
T— va B-limfositlami faqat immunologiya usullari bilan aniqlash 
mumkin, morfologik farqlami hozircha keskin belgilash qiyin.
T-hmfositlar stvol hujayralardan timusda rivojlanib, immuni- 
tetning hujayraviy reaksiyalarini amalga oshiradi va gumoral 
immunitetni boshqaradi. 0 ‘z navbatida T-Iimfositlarni ham 
immunologiya usullari yordamida turli ahamiyatga ega T- 
limfositlar — T-killerlar, T-xelperlar va T-supressorlar va boshqa- 
larga bolish mumkin.
B-limfositlar qushlarda stvol hujayralardan kloak bursasi 
(xaltasi)da, sut emizuvchilarda esa suyakning qizil iligida hosil 
boladi. Ularning asosiy vazifasi gumoral immunitetni ta’min- 
lashdir. B-limfositlardan hosil boluvchi effektor hujayralar — 
Plazmositlar himoya oqsillari — immunoglobulinlar (immun 
tanachalar) ishlab chiqarib, qonga olkazadi.

Download 17,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish