N. B. D ilm u r o d o V, M. G. Karimov, Z. F. Norm uradova «hayvonlar morfologiyasi»



Download 17,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/352
Sana23.07.2022
Hajmi17,19 Mb.
#840472
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   352
Bog'liq
Hayvonlar morfologiyasi fanidan amaliy laboratoriya mashg\'ulotlari. Dilmurodov N.B

Yelka chigali. 
Bo'yinning keyingi (VI, VIT va VIII) va 
ko‘krakning oldingi (I, II) umurtqalaridan chiqadigan nervlarning 
pastki tarmoqlari birlashib, yelka chigalini hosil qiladi. Bu chigaldan 
chiqadigan to ‘qqizta nerv oldingi oyoqni, uning atrofidagi 
organlarni. muskul va terini ta’minlaydi.
Ko'krakning oldi tomon nervi bo'yinning yettinchi, sakkizinchi 
va ko'krakning birinchi juft nervlaridan hosil bo‘lib, yelka 
suyagining bo‘g‘imi oldidan ko'krak muskullariga tarqaladi.
Ko'krakning orqa tomon nervi bo'yinning yettinchi, sakkizinchi 
va ko'krakning birinchi juft nervidan hosil bo'lib, quyidagi to‘rt 
tarmoqdan iborat: ko'krakning uzun nervi — pastki tishsimon 
muskulga tarqaladi; ko'krakning yuqori tomon nervi — yelkaning 
keng muskuliga boradi; ko'krakning yon tomon nervi — ko'krak 
devorining yon tomon terisiga tarqaladi; ko'krakning pastki tomon 
nervi — ko'krakning chuqur muskuliga hamda terisiga tarqaladi.
Ko'krak oldi nervi bo'yinning oltinchi, yettinchi, sakkizinchi 
juft nervlaridan hosil bo'ladi. Bu nerv ko'krak — yelka bo'g'imiga 
ta’sir qiladigan kurak oldi muskullariga tarqaladi.
Kurak osti nervi bo'yinning oltinchi, yettinchi va sakkizinchi 
juft nervlaridan hosil bo'lib, 2—4 tarmoqdan iborat va kurak osti 
muskuliga tarqaladi.
Qo'ltiq nervi bo'yinning yettinchi va sakkizinchi juft nerv­
laridan hosil bo'lib, yelkaning bukuvchi muskullariga, uning yon 
qismidagi terisi va yuqorigi yuzasiga tarqaladi. Teri tarmog'i 
deltasimon muskul ning pastki qismidan tashqi tomonga chiqadi.
Muskul — teri nervi bo'yinning oltinchi, yettinchi va 
sakkizinchi juft nervlaridan hosil bo'ladi va tirsak bo'g'imining 
bukuvchi muskullariga hamda terisiga tarqaladi.
355


Bilak nervi bo'yinning sakkizinchi va ko'krakning birinchi 
juft nervlaridan hosil bo'ladi. Bu nerv anchagina uzun bo'lib, 
barmoqqacha yetib boradi va tirsak bo'g'imining kaft hamda 
barmoqni yozuvchi muskullari va terisini harakatlantiradi. Bilak 
nervi oldin muskullarga tarmoqlanadi, so'ngra tirsak bo'g'imining 
ustki yuzasiga chiqib, tirsakning uch boshli muskuli orasidan 
o'tadi hamda yelkaning ichki muskuli ro parasida bilakning yuza 
va chuqur muskullariga tarqaladi.
Bilakning yuza nervi uch boshli muskulning yon tomon bosh 
yonidan chiqib, tirsak, bilak, kaft va barmoq terisiga tarqaladi.

Download 17,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish