N. B. D ilm u r o d o V, M. G. Karimov, Z. F. Norm uradova «hayvonlar morfologiyasi»


topografiyasini, turli hayvonlardagi tafovutini, jigar va oshqozon osti bezining



Download 17,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/352
Sana23.07.2022
Hajmi17,19 Mb.
#840472
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   352
Bog'liq
Hayvonlar morfologiyasi fanidan amaliy laboratoriya mashg\'ulotlari. Dilmurodov N.B

topografiyasini, turli hayvonlardagi tafovutini, jigar va oshqozon osti bezining
tuzilishi topografiyasini о ‘rganish.
Ko‘rgazmali materiallar: 
rasm, sxema, mulyaj, h o ‘I va quruq preparatlar.
Ovqat hazm qilish tizimi organlariga quyidagilar kiradi: og'iz, 
lablar, lunj, milklar, tishlar, qattiq va yumshoq tanglay, og‘iz 
bo‘shlig‘i, til, quloq orti, jag' osti, til osti solak bezlari, halqum, 
qizilungach, oshqozon, ingichka bo'limi ichaklar 
(12
barmoq ichak, 
och ichak va yonbosh ichak) jigar, oshqozon osti bezi yo‘g‘on 
bolim ichaklari (koer ichak, chambar ichak va to'g'ri ichak) hamda 
orqa chiqaruv teshigi kiradi.
Mazkur organlaming va qorin bo'shlig'ida joylashgan boshqa 
organlaming joylashuvini tushunarli tasawur qilish va о‘rganish 
uchun qorin bo'shlig'ini oblastlarga bolib o‘rganamiz:
Qorin bo‘shlig‘i, asosan, uchta katta bolimga bolinadi:
I. Qorin bo'shlig'ining old bolimi oldingi tomondan diafragma 
muskuli, ikki yondan qovurg'alar bilan, o‘ng va chap qovurg‘a 
osti va to'sh suyagining qilichsimon tog'ayi bilan chegaralanadi.
II. Qorin bo'shliglning o'rta bo‘limi o'ng va chap yonbosh 
tomonlarda joylashgan, uning yuqori qismida bel bo'limi pastki 
qismida esa kindik bolim i bor.
192


III. 
Qorin bo‘shlig‘ining keyingi bo'limi bu ham bo'limlardan 
iborat: o£ng va chap chov bo'limlari; qov bo£limi qov suyagining 
ustida bo‘lib, unda to‘g‘ri ichak, qovuq va jinsiy organlarning 
boshlanish qismi joylashadi.
Ovqat hazm qilish organlari: bosh, oldingi, о‘rta va keyingi 
boiimlarga bo‘lib o‘Tganiladi.
Etxo‘r hayvonlaming ovqat hazm qilish tizimi bir kamerali 
oshqozoni bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Ovqat hazm qilish yo‘li 
qisqa boMadi, chunki go‘sht yengil hazmlanadi va oshqozoni oddiy. 
Etxo‘r hayvonlaming tishlari juda o£tkir va kuchli, jag‘lari 
qaychisimon harakat qiladi. Bunday tuzilish go'shtni kesish va 
o‘ljaning suyaklarini ajratib olish imkonini yaratadi. Ovqat hazm 
qilish yo'lining katta qismi har xil diametrli uzun naydan tashkil 
topgan. Yo‘lning har bir qismi o‘xshash tuzilishga ega, ammo 
m alum bir vazifani bajarishga ixtisoslashgan bo'ladi. Oziqa ovqat 
hazm qilish yo£lidan pastga o‘tadi va muskullarning ritmik harakati 
yoki peristaltikasi yordamida hazm qilish shirasi bilan aralashadi.
Oziqalarning parchalanishi har bir aniq oziqa turiga maxsus 
ta’sir ko‘rsatuvchi fermentlar ta’siri ostida amalga oshadi.
Fermentlar saqlovchi shira oshqozon va ingichka ichaklarning 
ichki ekzokrin bezlari hamda ichak devoridan tashqarida joylashgan 
oshqozon osti bezi va jigar tomonidan ishlab chiqariladi.
Ovqat hazm qilish jarayoni natijasida oziqa ingichka ichak 
epiteliysidan qon tomiri kapillyarlariga (aminokislotalar va mono- 
saxaridlar) va mayda tomirlarga (yog‘ kislotasi va glitserin) kira 
oladigan molekulalarga parchalanadi.
Ovqat hazm qilish jarayonida hosil bo'lgan oziqa mahsulotlari 
butun tana bo'vlab tashifadi va moddalar almashinuvida ishlatiladi. 
To£liq parchalanmagan qoldiq, zararli bo‘lgan chiqindi moddalar 
axlat bilan birga organizmdan chiqarib yuboriladi
.1

Download 17,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish