N. B. D ilm u r o d o V, M. G. Karimov, Z. F. Norm uradova «hayvonlar morfologiyasi»



Download 17,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet295/352
Sana23.07.2022
Hajmi17,19 Mb.
#840472
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   352
Bog'liq
Hayvonlar morfologiyasi fanidan amaliy laboratoriya mashg\'ulotlari. Dilmurodov N.B

chuvalchangi; 8 — miya yarim
sharlari; 10
— 
uzunchoq miya;
11 — dumli yadroning boshi;
12 — qon tomirlari chigali;
13 — ammon shoxi shokilasi;
14 — ammon shoxi ustidagi
novsimon parda.
350


orqali chuvalchangsimon bo‘lak oldingi, o‘rta va orqa bo'laklarga 
bo‘linadi.
It va mushuklarda. 
Katta miya yarim sharlari quyidagilardan 
tashkil topgan:
— tashqi qavati millionlab neyronlaming hujayra tanasi saq- 
lovchi bosh miya po‘stlog‘ini hosil qiladi. Miyaning chuqur qismida 
hujayra tanasining po‘stloq osti yadrolari bo‘lib, ular yig‘ilgan 
axborotni qayta uzatish va impulslami tananing turli sohalariga 
jo'natish markazi hisoblanadi.
— ichki qavati miyaning bir sohasini boshqa sohasi bilan 
bog‘lovchi mielinli nerv tolalaridan tuzilgan o‘tkazuvchi yo‘llardan 
iborat. To‘qimaiaming katta qismi mielinning oq lipoproteinlaridan 
tashkil topganligi sababli gistologik preparatda oq ko‘rinadi.
Talamus oldingi miyaning orqa qismi to‘qimasida chuqur 
joylashgan. Uning vazifasi sezgi organlaridan kelgan axborotga 
ishlov berish va bosh miya po‘stiog‘iga uzatishdan iborat.
Gipotalamus talamusning pastki tomonini egallaydi va bir 
nechta vazifalarni bajaradi:
1
. Undan ishlab chiqarilgan bir nechta gormonlar ichki sekret- 
siya bezlari bilan nerv tizimini boglovchi sifatida ta’sir ko‘rsatadi 
va ushbu gormonlar keyinchalik gipofizda saqlanadi.
2. U terlash, qaltirash, qon tomirlari kengayishi va torayishi 
kabi ko‘pgina noixtiyoriy harakatlarga ta’sir ko‘rsatuvchi vegetativ 
nerv tizimini nazorat qilishga yordam beradi.
3. U organizmdagi suyuqliklami osmotik tenglashtirish, tana 
haroratini muvofiqlashtirish yo‘li bilan gomeostazni saqlash, 
shuningdek bosh miyadagi chanqash, och qolish kabi jarayonlarni 
boshqaradigan markazlarga ta’sir ko‘rsatadi.
Oldingi miyaning pastki yuzasida quyidagi tuzilmalarni ko‘rish 
mumkin.
— ko‘rish kesishmasi: nerv impulslari ko‘rish nervi 
(II 
juft 
bosh miya nervi) orqali keladi, o‘ng ko‘zdan kelayotgan nerv 
ko‘rish kesishmasi orqali miyaning chap tomoniga, chap ko‘zdan 
kelayotgan ner\' esa miyaning o‘ng tomoniga boradi. Bu har bir 
ko‘zdan kelayotgan axborotni miyaning ikkala tomoniga ham 
yetkazilishiga imkon beradi.
351


— 
gipofiz: qisqa tanasi bilan gipotalamusning pastida joylasha- 
digan ichki sekretsiya bezi hisoblanadi.
Hidlov piyozchasi: bosh miyaning eng old qismida joyiashib, 
juft o'simtadan iborat bo'ladi. Uning yuqori va o'rta qismi 
kulrang, yon hamda pastki qismi oq modda bilan qoplangan. 
Hidlov yo'llari miyaning oq moddasidan tashkil topgan. Ular 
hid bilish sezgisi uchun javob beradi. Uning o'lchami hayvon- 
laming turlariga ko'ra farq qiladi. Baliqlarda hidlov piyozchasi 
juda katta bo'lganligi uchun hid bilish sezgisi yuqori, odamlarda 
hidlov piyozchasi juda mayda bo'ladi. Mushuklarda hidlov piyoz­
chasi itlarnikiga nisbatan katta bo'lganligi sababli, ular hidni 
yaxshi sezadi.
O'rta miya: bu qisqa miya bo'lib, oldingi miya bilan keyingi 
miya o'rtasida joylashadi. U bosh miyaning katta yarim sharlariga 
botib kirgan, eshitish va ko'rish sezgi organlaridan nerv tolalarini 
keyingi miyadan oldingi miyaga o'tkazadigan yo'l sifatida xizmat 
qiladi.

Download 17,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish