N. B. D ilm u r o d o V, M. G. Karimov, Z. F. Norm uradova «hayvonlar morfologiyasi»



Download 17,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet293/352
Sana23.07.2022
Hajmi17,19 Mb.
#840472
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   352
Bog'liq
Hayvonlar morfologiyasi fanidan amaliy laboratoriya mashg\'ulotlari. Dilmurodov N.B

To‘rt tepalik varag‘i 
(plastinka) - o'rta miyaning yuqorigi 
qismida yotadi. U ikkita oldingi va keyingi tepaliklardan tashkil 
topgan. Oldingi tepalik ko'rish markazi, keyingi tepalik esa eshitish 
markazi hisoblanadi. Tepaliklar bir-biridan o'rta, o'ng va chap 
lateral va ko'ndalang egatchalar orqali ajralib turadi. To‘rt tepalik 
varaqlarining yuza tomoni oq modda, ichki qismi esa kulrang 
moddadan tashkil topgan.
Katta miya oyoqchalari qopqog'i 
- o‘rta miyaning o'rtasida 
katta miya oyoqchalari va to'rt tepalik oralig'ida joylashadi. Qopqoq 
oq moddadan tuzilgan bo'lib, unda kulrang moddaning juft 
yadrolari mavjud. Birmuncha yirik yadrolar: qizil yadro; ko'zni 
harakatlantiruvchi nerv yadrosi; Yakubovichning parasimpatik 
yadrosi; g'altak nerv yadrosi; beshinchi juft bosh miya nervi
348


yadrosi hisoblanadi. Uzunchoq miyadan oraliq miyaga qopqoq 
orqali to ‘rsimon tuzilma tortilib, ular to ‘rsimon tuzilmaning 
harakatlantiruvchi yadrosini tashkil qiladi.
♦ Rombsimon miya
Rombsimon miya 
— uzunchoq va keyingi miyalardan tashkil 
topgan.
Uzunchoq miya 
— voroliev ko‘prigidan orqaga cho‘ziladi va 
sezilarsiz chegara bilan orqa miyaga o£tadi. Miyaning pastki 
tomonidan ventral o‘rta yoriqcha joylashadi. Har ikkala tomon 
bo‘ylab o‘rta yoriqchadan yon egatchalar o‘tadi; ular o‘rta ventral 
yoriqchaga quyiladi. Yon egatchalar oralig‘ida uzunchoq miya 
piramidalari mavjud. Piramidalarda yarim sharlar po‘stlog‘idan 
orqa miyaga o‘tkazuvchi piramida tutam joylashadi. 0 ‘tkazuvchi 
tutam lar orqa miyaning yon kanalchalariga yo'nalib o ‘zaro 
kesishadi va piramidalar kesishmasini hosil qiladi. Uzunchoq 
miyaning oldingi qismidan piramidalardan lateral tomondan 
uzoqlashtiruvchi nerv (VI juft) chiqadi. Piramidalar kesishmasidan 
lateral tomonga til osti nervi (XII juft) chiqadi. Uzunchoq miyaning 
yon qismidan qo‘shimcha nerv (XI juft); adashgan nerv (X juft); 
til-halqum nervi (IX juft) chiqadi.
Uzunchoq miyaning kulrang moddasi harakatlantiruvchi va 
sezuvchi nervlardan alohida tuzilma shakllantiradi. Ushbu 
tuzilmalardan V, VI, VII, VIII, IX, X va XII juft bosh miya 
nervlari chiqadi. Bundan tashqari, uzunchoq miyaning kulrang 
moddasida oldingi va keyingi nov Goll va Burdax tutamlarming 
oraliq yadrosini motor markazi guruhlanadi. Shu joyda yadrolar 
oralig'ida to‘rsimon tuzilma joylashadi. U uzunchoq miyadan 
o‘rta miyaning qopqog‘iga va oraliq miyaga tarqaladi. To‘rsimon 
tuzilma rombsimon va o‘rta miya yadrolarini bog‘laydi va nafas 
olish, yurak-qon tomirlar tizimi markazi hisoblanadi.
Uzunchoq miyaning oq moddasi orqa miyadan bosh miyaning 
turli qismlariga boruvchi o'tkazuvchi yo‘llami hosil qiladi.

Download 17,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish