83
4. Tishlar orasida joylashgan suyak o‘sig‘ining balandligi, tuzi lishi,
chegaralarining o‘zgarishi bilan sodir bo‘ladigan suyak to‘qi ma sining
destruksiyasi (osteoporoz, suyak to‘qimasining so‘rilishi).
5. Kasallik rivojlanishi oqibatida tishlarning
liqillab qolishi yoki
tushib ketish hollari.
Parodontit xastaligini keltirib chiqaruvchi sabablarning mahalliy
yoki umumiyligiga qarab, u chegaralangan hamda diffuz bo‘lishi
mumkin. Kasallikning klinik kechishi surunkali, o‘tkirlashib
qay talan-
gan bo‘lib, uning yengil, o‘rtacha og‘irlikda yoki og‘ir xillari bo‘ladi.
Parodontit kasalligi bilan og‘rigan bemorlar milk qonashidan,
og‘iz da noxush hid paydo bo‘lganligidan, tez-tez tish toshlarining
hosil bo‘lib turishidan, milklarning shishinqirab qizarganligidan shi-
koyat qilishadi. Shifokor og‘iz bo‘shlig‘ini, tish atrofi to‘qima larini
nazar dan kechirganda parodontal cho‘ntaklar hosil bo‘lganligi, ularda
yiringli suyuqlik yig‘ilganligining guvohi bo‘ladi. Yiringli cho‘ntak
ekssudati
tekshirilganda, uning tarkibida kokklar, ipsimon tayoqchalar,
spiroxetalar, zamburug‘simonlar oilasiga kiruvchi mik ro organizmlar
borligi aniqlanadi.
Tishlar yizasida hosil bo‘lgan milk usti
va milk osti toshlari paro -
dont to‘qimasiga faqatgina bosim ta’sirini ko‘rsatmasdan, ular tarki-
bidagi mikroorganizmlar ishlab chiqargan fermentlar to‘qimadagi
yallig‘lanish jarayonini chuqurlashtiradi.
Suyak to‘qimasida strukturalar yemirilishi ularning yangi
dan
hosil bo‘lish jarayonidan ustun bo‘ladi. Alveolyar suyak to‘qima sidagi
o‘zgarishlarning chuqurligi xastalikning qay darajadaligiga bog‘liqdir.
Jarayonning boshlang‘ich davrida alveolyar suyak to‘si g‘i ning cho‘qqi
sohasida osteoporoz o‘zgarishlar, keyinchalik suyak strukturasining
tiniqligi buzilib, kortikal
plastinka yemirili shi, g‘o vak suyak to‘qi-
masida esa osteoporoz – siyraklashish kuzatiladi.
Xastalikning keyingi davrida tish yon tomonlaridagi kortikal
suyak plastinkalar yemiriladi, kurak tishlar atrofidagi g‘ovak suyak
cho‘q qi lari
pasayadi, molyar va premolyar tishlar atrof suyagida note-
kis yemirilish vujudga kelishi oqibatida o‘yiq chuqurchalar yuzaga
keladi. Bu vaqtga kelib cho‘qqi suyagining chegarasi emal sement
chegarasidan ancha pastda joylashganligi rentgen tasvirida aniqlanadi.
84
Sog‘lom tishlar atrofida suyak cho‘qqisi emal –
sement chegarasida
yotadi. Suyak to‘qimasining yemirilishi vertikal va gorizontal yo‘na-
lishda kuzatiladi.
Alveolyar suyak to‘qimasining 3 xil darajadasi yemirilishi mavjud.
I darajali yemirilishni – alveolalar orasidagi suyak to‘sig‘i baland-
ligining tish ildizining 1/3 qismida yemirilishi.
II darajali yemirilish – alveolyar suyak to‘sig‘i tish ildizining 2/3
qismida yemirilishi.
III darajali yemirilish – alveolyar suyak to‘sig‘i tish ildizining 2/3
qismidan ko‘prog‘ining yemirilishi (24-rasm).
Xastalikni to‘liq bartaraf etish uchun davo chora-tadbirlari barvaqt
(kasallikning ilk boshlang‘ich davrlaridayoq) boshlanmog‘i lozim.
Keyingi davrlarda o‘tkazilgan shifo tadbirlari xastalikning kechishini
to‘xtatib, uning turg‘unligini ta’minlaydi. Parodontit ka salligi diffuz
tarz da yuz berganda albatta asosiy,
umumiy xastalik aniqlanib, davo-
lash ishlari to‘liq olib borilgandagina ko‘ngildagidek natijaga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: