qilgan, bu erlar bizga “ v a’da qilingan e rd ir” degan e’tiqodda yashab
kelganlar va hozir ham ana shu aqidani mahkam tutib, tinmay kurash
olib boradi.
Yahudiylik dini Muso alayhissalomga 80 yosh paytlarida (
tahminan m a w . 1586 yilda) xudo Yahve tomonidan vahy etilgan (Besh
kitobi-tavrot)dir. Yahudiylikning barcha qonun-qoidalari Musoga nozil
qilingan Tavrotda mufassal bayon qilingan. Bundan tashqari, Tavrotning
tafsiri va yahudiylik dinining aqida va
marosimlari yozilgan Talmud
kitobi va Muqarras zabur (Pslatir) kitobi ham bu dinning muqaddas
kitoblari hisoblanadi.
Yahudiylik son-sanoqsiz marosimlarga, buyruqlarga, bayramlarga
ega b o ’lgan din. Bu dinning talabiga ko’ra har bir dindor 365 taqiq, 248
buyruq jami 613 ta taqiq va buyruqni bilishi kerak.
Yahudiylar tuya, cho’chqa, quyon, ot,
eshak go’shtlarini
emaydilar. Ular eydigan hayvonot go’shtida qon dog’i bo’lishi mutlaqo
mumkin emas. Shuning uchun ham yahudiylarda mollar faqat o ’z ishiga
usta qassoblar tomonidan so’yiladi.
Yahudiy
erkaklarining kiyimlari uzun, bir xil matodan tikilgan
bo’lishi, boshi hatto uyquda ham biror narsa bilan berkitilgan bo’lmog’i
lozim. Diniy marosim bajarilayotganda, kiyimning ustidan albatta
yopinchiq tashlanishi shart.
Haftaning shanba kuni dam olish qat’iy talab etiladi. Bu kunda
hech qanday yumush, ish bilan shug’ullanilmaydi,
ovqat pishirilmaydi,
olov yoqilmaydi, qo’lda biror narsa ko ’tarib yurilmaydi, pulga qo ’l
tekkizilmaydi.
Bolalarga diniy ta’lim 5-6 yoshidanoq beriladi. Tavrot va
Talmudning asosiy aqidalari majburiy tarzda yodlattiriladi.
Yahudiylikda ayol kishiga erining itoatkor qulidek qaraladi. Har
bir yahudiy erkak har kuni Xudodan uni ayol qilib yaratmaganiga
shukronalar aytib duo qiladi. Ayol kishi esa o ’z duosida o ’zini eriga itoat
etuvchi qilib yaratganligi uchun Xudoga minnatdorchilik bildirib yuradi.
Yahudiylikning
talablari, marosimlari juda ko’p va og’ir
bo’lganligi, yaxudiylaming boshqa millat vakillari bilan nikohga kirishi
man etilganligi, o ’zlarini barcha xalqlardan afzal-mumtoz bilib, o ’jar,
40
millatchi, irqchi va xudbin bo’lganliklari uchun shunday qadimiy tarixga
ega bo’lgan bu din jahon diniga aylana olmagan.
“ Sionizm” atamasi Isrusalim (Quddus) yaqinidagi Sion (sinyay)
tog’-tepaligi nomidan olingan. Bu tog’ tcpalikda Musogi Tavrot ilohiy
kitobi nozil b o ’lgan va unda Dovud a.s. ning qarorgohi joylashgan.
Shuning uchun bu tog’ muqaddas sanalgan.
Sionizm dastlab
yahudiylarning antisemitizm, ya’ni ulami jahon
miqyosida ta’qib etilishlariga qarshi tuzilgan harakat bo’lib, 1897-yilda
Shveytsariyaning Bazel shahrida siyosiy oqim-ta’limot sifatida tashkil
topgan.
Milodan aw algi 63-yilda Rim imperiyasi yahudiy davlatlarini
bosib
olgandan
keyin,
yahudiylarning
dunyo
mamlakatlariga
tarqalishlari faol davom etgan. Ular Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va
Janubiy
Evropa mamlakatlariga, o ’rta asrlarga kelib, Evropa va
Osiyoning ko’pgina mamlakatlari bo’ylab tarqalib ketishgan. Ular
borgan joylarda mahalliy aholining tili va madaniyatini o ’zlashtirib
olganlar, ammo o ’zlarining dini, madaniyati va urf-odatlarini saqlab
qoldilar. Bu siyosiy oqimning maqsadi dastlab butun dunyodagi
yahudiylami bir erga to ’plab, qadimgi yagona yahudiylar davlatini qayta
tiklash bo’lgan. Keyinchalik u yahudiylarning
reaktsion-millatchilik,
shovinistik mafkurasiga aylanib ketgan.
Yahudiylar o ’zlarini “Oliy millat” deb, ular yashaydigan erlardagi
hamma xalqlar, millatlar yahudiylarga dushmandirlar degan irqchilik
g ’oyalarini e ’lon qilganlar.
Nihoyat, asrlar b o ’yi jabrlangan xalqqa ikkinchi jahon tugagandan
so’ng Murruvvat ko’rsatildi. BMT Bosh Assambiliyasining 1947-yil
Qaroriga binoan falastinda Isroil davlatini tuzilishiga ruxsat berildi.
Shunday qilib,
1948 yil
14-maydan boshlab Buyuk Britaniya
mandatidagi falastin mustaqil deb e ’lon qilinib, Isroil davlati tashkil
topdi
va iudaizm, ya’ni yahudiylik bu davlatning rasmiy dini deb e ’lon
qilindi. Sionizm esa davlat mafkurasiga aylandi.
41
Sionizmning keyingi asosiy maqsadi. Butun dunyo yahudiylarini
Isroilga to’plab, ularni sionistik ruhda qayta tarbiyalash, bu davlat
xududini yanada kengaytirib qadimgi davlatlarini qayta tiklash bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: