Marosim va bayramlar:
a)
dindorlami hamkorlik ruhida tarbiyalaydi; b) dindorlar orasida
tartib-mtizomni mustahkaralaydi; v) dindorlaming vaqti, moddiy
harakat-larini talab qiladi; g) dindorlar iymon va e ’tiqodini kuchaytiradi;
d) ular milliy va baynalminal madaniyatning bir qismiga aylanib,
umummsoniy qadriyatlami kuchaytiradi. Bu xususiyatlarning barchasi
xristianlik marosim va bayramlarida ham to ’la amal qiladi.
Xristianlik marosimlari asrlar mobaynida asta-sekin shakllanib
borgan, ular quyidagilardir: cho’qintirish, prichashchenie (non va vino
iste’mol
qilish),
miropomazanie
(cherkovlarda
chaqaloqni
cho’qintirgandan keyin xushbo’y moy surkash), elosvyashchenie
(soborga olib kelish), nikoh (gulcham-bar kiydirish, nikoh uzugi taqish
kabilar), tavba qilish (gunohlariga pushaymon bo’lish), ruhoniylikka
qabul qilish, Pasxa, rojdestvo Xristovo, troitsa bayramlari. Xristianlik
marosimlarini tainstvolar deb ataladi. Bu marosim va bayramlar barcha
xristian y o ’nalishlarida mavjud, faqat ulami shakli va vaqti turlicha
xolos.
Cho’qintirish marosimi xristian dinining eng muhim va asosiy
marosimidir. Bu marosim cherkovda o ’tkaziladi. Marosiming asosiy
mohiyati tug’ma gunohdan bolani xalos qilish, uni xristianlikka dohil
qilish, unga xristiancha ism qo’yish, uni cherkov qavmiga, ya’ni aholi
ro’yxatiga yozib qo’yishdir.
Marosim o ’tkazish uchun yangi tug’ilgan bolani cherkovga olib
kelishadi. Bu erda ruhoniy uning yuziga qarata uch marta kuf-suflaydi,
dajjollarga qarshi afsun o ’qiydi. Shaytondan yuz o ’girishga, uni
puflashga va unga tuflatishga chaqiradi. Bu ishlaming hammasini
chaqaloq nomidan cho’qintirayotgan erkak yoki ayol, ya’ni chaqaloqni
«cho’qintirayotgan otasi yoki onasi» bajo keltiradi. Shundan keyin pop
chaqaloqni uch marta suvga botirib oladi, chaqaloqqa zaytun yog’i
surtaydi, uning boshidan bir tutam sochini kesadi va bolaga ism qo’yib
58
beradi. Rivoyatga ko ’ra Iso payg’ambami Iordan daryosida avliyo Ioann
C ho’qintiruvchi cho’qintirgan.
Cho’qintirish marosimi qadimgi Hindiston, Rim, Misr, Kichik
osiyo va bosbqa davlatlar hududlarida yashagan xalqlar orasida ham
mavjud bo ’lgan. Xristianlikda cho’qintirish marosimi yangi eraning 1-
asri oxirlarida paydo bo ’lgan. Bi-rinchi xristian jahon soborining (4-asr)
qaroriga muvo-fiq, bu marosim har bir xristian uchun majburiy deb
topilgan va “e’tiqod simvoli”ga kiritilgan. Shu vaqtdan boshlab
“cho’qin-tirilgan” so’zi “xristian” degan so’z bilan teng m a’no kasb
etgan. Xristianlar boshqa dindagi hamma kishilami “cho’qin-maganlar”
deb atay boshlaganlar.
Nikoh marosimi ham cherkovda o ’tkaziladi. Bu marosim oila
qurish marosimidir. Cherkovda o ’tkazilgan nikoh xristian oilasining
qonuniy asosi hisoblanadi. Nikoh paytida pop kelin-kuyovga oq fotiha
beradi, ulam i qo’sha qarib, uvali-juvali b o ’lishini xudodan tilaydi, kelin-
kuyovga shohona jig ’a taqadi, ularga yonib turgan shamni ushlab
turishni buyuradi. Ularning yuzlariga krest bilan soya soladi, isiriq-
buxur tutatadi (yoki isiriqqa o ’xshash xushbo’y hid tutuni soladi). Kelin
bilan kuyov bir-birlarining barmoq-lariga nikoh uzugi taqishadi, pop
ulami bir-biriga vafodor, g ’amxo’r, ittifoq b o ’lib yashab, turmush
kechirishga da’vat qiladi. Oilani buzish, ajralish ham cherkov ruxsati
bilangina bo’ladi.
Tavba qilish marosimi ham cherkovda bo ’ladi. Tavba qilishda
gunoh qilib qo’ygan har bir xristian o ’z gunohidan pushaymon bo’ladi.
U gunohini kechirishni xudodan so’rab berishni popdan iltimos qiladi.
Tavba qiladigan shaxs popga hech bir guvohsiz, u bilan yuzma-yuz, tiz
cho’kkan holda o ’zining hamma gunohlarini batafsil so’zlab beradi.
Prichashchenie marosimi xristian dinining asosiy marosimlaridan
bin hisoblanadi. Bu marosimni go’yoki Isoning o ’zi tayin qilgan emish.
Prichashchenie marosimidagi asosiy mazmun shuki, non bilan vinoni
sirli ravishda dindorlar birgalikda iste’mol qiladi, bunda nonni Isoning
go’shti, vinoni esa uning qoni deb tasa w u r qilinadi. Isoga yanada
yaqinlashish uchun, u bilan bir tan, bir jon b o ’lib ketish uchun shu
marosim o ’tkaziladi. M ashhur ruhoniy va faylasuf olim o ’rta asrlarda
59
yashagan Foma Akvinskiy, Prichashchenie-ning har bir zarrasida Iso
bordir, deb ta’limot beradi. Xristianlikning prichashchenie marosimi
qadimgi zamon-lardagi totemizm dinidagi totem-hayvonni qurbon qilib,
uning «muqaddas» qoni va go’shtini iste’mol qilish marosi-mining yangi
shaklidan boshqa narsa emas.
Xristianlikda yana dafn marosimi, butlarga, xochlarga, avliyolar
jasadiga, muqaddas joylarga, ayrim ikonalarga sig’inish marosim-
odatlari ham bor.
Xristianlik bayramlari, ya’ni eng muhim diniy voqea va hodisalar
bilan bog’liq bo’lgan alohida kunlar, barcha xristianlar uchun bayram
tantanalari mavjud. Cherkovlar bayramlarga jiddiy va katta e’tibor berib
kelayotir.
Iso payg’ambar tug’ilgan kuni (rojdestvo) bayrami cherkov hayoti
va dindorlarning turmushida ko’zga ko ’rinarli o ’rinda turadigan,
millionlab kishilaming tantanali bayramlaridan hisoblanadi. Cherkov
ta ’limotiga k o ’ra bu bayramni xudo Iso sharafiga bag’ishlab bayram
qilishni tavsiya etgan. Katolik ruhoniysi va olimi Dionisiy kichkinaning
m o’ljaliga k o ’ra Rim shahriga asos solinganiga eramizdan aw alg i 754-
yildan boshlangan. Iso tug’ilgan kunni misrliklar 6 yanvarda
nishonlaganlar. Rojdestvo bayrami oldidan dindorlar uylaridagi barcha
narsalarni yuvadilar, pollarini artib chiqadilar, ustki kiyimlarni
qoqadilar, hammomda cho’miladilar, toza kiyimlarni kiyadilar. Italiyada
rojdestvo kuni uylaridan eski kiyimlarni, narsalarni, buyumlami
ko ’chaga irg’itib yuboradilar, shu qutlug’ bayramda hatto urushlar
to ’xtatilgan. Ayrim arazlashib yurgan kishilar yarashganlar,
Pasxa bayrami xristianlarda ayniqsa katta tantana bilan o ’tadigan
bayramdir. Pasxadan oldin ehtirosli hafta deb atalgan hafta keladi, bu
hafta davomida dindorlar ro’za tutadilar, zo’r berib ibodat qiladilar. Bu
hafta oxiri xudoga ehtirosli, mungli murojaat ohangida ibodat qilish
bilan yakunlanadi. Undan keyin pasxa bayrami boshlanadi. Quvonchli
hafta deb atalgan bu hafta davomida bayram kun-lari ruhoniylar va
cheikov uchun “ish” kunlari bo ’lib, ular dindorlarga haloskorlik
g ’oyalarini, pasxa bayrami qanday kelib chiqqanligini tushuntirib
beradilar. Ular pasxa va ehtirosli hafta insonning mashaqqat chekkanligi.
60
o ’limi va qayta tirilishini xotirlash uchun belgilangan deb hisoblaydi-lar.
Qadimgi o ’lib tirilishga, o ’ladigan tanayu, o ’lmaydigan jon (ruh) ga
ishonish to ’g ’risidagi apima-animizm dinini ta’siri va shu din asosida
paydo b o ’lgan.
Bir butun din b o ’lgan xristianlik turli tarixiy shart-sharoitlar, bu
dinning mahalliy hukmdorlar manfaatlariga, quldorlik, feodalizm va
kapitalizm tuzumlari sharoitiga moslashtirishga qilingan harakatlar
tufayli turli yo’nalish-laru sektalarga bo’linib ketgan. Ichki inqiroz va
tashqi hujumlar natijasida (german qabilalari) Rim imperiyasi 3-4
asrlarda G ’arbiy va Sharqiy qismlarining ajralib ketishiga olib keldi.
Rim imperiyasining G ’arbiy qismida mayda mustaqil davlatlar paydo
b o ’ldi. Ulardagi siyosiy hokimiyatga nisbatan cherkovlar hukmronligi
ustunroq bo ’lib, ulam ing Rim shahrida joylashgan bosh cherkovga
tobe’ligi saqlanib qoldi. Lekin Sharqiy viloyatlar Vizantiya imperiya-si
tizimida yagona davlat b o ’lib, davlat siyosiy hokimiyatiga bo’ysinardi.
1054 yilda Vizantiya hududidagi cherkovlar Rim markaziy cherkovidan
ajralib ketdi. Shu tariqa xristianlik ikki yo’nalishga • katoliklar va
pravoslavie yo ’nalishlariga bo ’lindi.
16-asrda burjua sinfi va kapitalizm tuzumi manfaatlariga mos
keladigan yana bir yangi yo’nalish - protestantizm vujudga keldi.
Bulardan tashqari ana shu yo’nalishlar ichida xristian uyushmalari,
jamoalari, ya’ni sektalari ham paydo b o ’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |