www.arxiv.uz
O`RTA OSIYODA MUSTAQIL DAVLATLARNING PAYDO BO`LISHI.(IX-XII asrlar)
REJA:
1.Markaziy Osiyoda Arab xalifaligi hukmronligining zaiflashuvi va markazlashgan mustaqil davlatlar paydo bo`lishini tezlashtirgan tarixiy shart-sharoitlar.
2.Somoniylar sulolasining xokimiyat tepasiga kelishi. Nasr va Ismoil Somoniylarning Movarounnahr hududida mustaqil davlat tuzishdagi o`rni.
3.Sharqiy Turkiston va Yettisuvda Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi. Movarounnahrda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar.
4.G`aznaviylar davlatining vujudga kelishi. Maxmud G`aznaviyning ichki va tashqi siyosati.
5.G`aznaviylar davlatining inqirozga uchrashi. Saljo`qiylar davlatining tashkil topishi. Saljuqiylar davlatining inqirozga uchrash sabablari.
6.Xorazmshoxlar davlati.
Adabiyotlar:
1.Karimov I.A. O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li.
T. 1992.
2.Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat. T. 1994.
3.Ahmedov B. Tarixdan saboqlar.
4.nizomulmulk. Siyosatnoma. T. 1997.
5.Ne`matov N. Gosudarstvo Samanidov. D. 1970.
6.Buniyatov Z. Gosudarstvo Xoramshaxov – anushteginidov (1097-1237) M. 1986.
7.O`zbekiston tarixi. Universitet. T. 1996.
VII asrning o`rtalarida arablarning mamlakatimizga tahdidi jiddiy tus oldi. Sosoniylardan bo`lmish Yazdigar III ni quvib kelgan arablar 651 yili Marvni egallaydilar. Shundan keyingi 60-yildan ortiq vaqt mobaynida ular mintaqaning boshqa yirik markazlarini ham bosib olishga harakat qildilar. Faqat VIII asrning boshlariga kelibgina arablar birin ketin Xorazm, Buxoro Samarqand, Shosh va Farg`ona kabi yerlarni bo`ysundira oldilar.
Islom ta`limoti asosida mafkuraviy jihatdan jamiyatda bir butunlikka erishganligini hisobga olmaganda bu galgi erkin yo`qotish ham ajdodlarimiz uchun qimmatga tushdi. Madaniy taraqqiyot nuqtai nazaridan ancha orqada bo`lgan arablarning uzoq asrlardan beri xar taraflama obod va farovon o`lkaga munosabati bundan kam yo ortiq bo`lishi mumkin ham emasdi. Zero, yagona mafkura va ma`lum davrgacha arab tili hukmronligini hisobga olmasa bu davr fan va madaniyati mohiyat e`tibori bilan Turonliklaru Eronliklar sayi-xarakati ila jonlanib kelgan.
Bir ikki og`iz so`z mazkur sulola haqida oldinlari ham ta`kidlab o`tganimizdek, odatda sulolalar biron bir o`zlariga mansub yirik namoyonda faoliyati orqali mashhurlikka erishadilar. (masalan, Eftalitlar, anushteginiylar. Temuriylar va xakazo). Somoniylar ham shunday. Ular aslida Somon qishlog`i oqsoqoli Somon xudodning avlodlaridir.
Bu maskanning qayerdaligini aniq ko`rsatish qiyin. Chunki ba`zi manbalarda Samarqand atrofi ko`rsatilsa, ba`zilarida esa Termiz yoki Balx tomonlariga ishora beriladi.1 Xuddi shuningdek, Somoniylarning qaysi etnosga taalluqli ekani ham ma`lum emas.
Ismoil 849 yili Farg`onada tug`ilgan. 14 yoshida otasi Ahmad vafot etib, akasi Nasr qo`lida qoladi. Manba tili bilan aytilganda “aqlli, adolatli, fikr va tadbir egasi” bo`lmish Ismoil, aytilganidek, 892 yili butun Movarounnaxr hukmini o`z qo`liga olishga erishib, “xaqiqatdan ham podshohlikka loyiq va xaqli” ekanini isbotlaydi. 900 yilning bahorida Balx atrofida yuz bergan jangda Amir ibn Lays Ismoil tomonidan mag`lubiyatga uchratiladi. Shu tariqa Xuroson va Shimoliy Eron ham Ismoil tasarrufiga o`tadi. Arab xalifaligiga qaramlikka barham beriladi. Ismoil davlatchiligimiz tarixidagi 1600 yildan ortiq tajriba va an`analarni uddaburonlik bilan davom ettira bilgan davlat arbobi hisoblanadi.
Ta`kidlaganimizdek, Ismoil o`z davri uchun ilg`or hisoblanmish markazlashgan boshqaruv tizimini joriy etishga muvofiq bo`lgan. Dargoh hamda boshqa qator muhim davlat idoralarining xavfsizligini amalga oshirish xizmatini bosh xojib va uning xodimlari olib borganlar. Dargohning xo`jalik ishlari bilan bog`liq faoliyat vakil tomonidan boshqarilgan. Bundan tashqari dargohda dasturxonchi, eshikogasi, sharbatdor kabi xizmatlar ham bo`lgan.2
Devonlar boshqaruviga kelsak ularning umumiy soni 10 ta bo`lib, poytaxt Buxoroda har biri uchun alohida binolar qurib berilgan edi.
X asr ikkinchi yarmida mamlakatimizda Yana ikki buyuk zot o`tgan: Ibn Sino va Abu Rayhon Beruniy. Ularning hayoti va ilmiy ijodi keyingi as rva sulolalar davrida davom etganini hisobga olib, ular haqida keyinroq fikr yuritishga qaror qildik. Hozir esa quyidagi masala ustida to`xtalib o`tmoqchimiz. Ma`lum bir davr ichida tushkunlikda bo`lib so`ng bosh ko`tarib yuksaklikka erishilgan holat g`arb tillarida odatda renessans, bizda esa uyg`onish davri deyiladi. Qizig`i shundaki, renessans deyilganda, aksariyat XV-XVI asrlarda Yevropadagi yuksalishni anglaydi. Bu uyg`onishning nafaqat bizning, balki batamom kishilik taraqqiyotidagi o`rni to`g`risida fikr qilinsa (buning uchun Ahmad Farg`oniy, Muhammad Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Beruniylarni eslashni o`zi kifoya, u xolda insoniyat tarixida birinchi uyg`onish davri mohiyat e`tibori Bilan bizning mamlakatimiz va mamlakatimizda ro`y berdi. Va bu yuksalish biz orqali butun bashariyatga tegishlidir.
Xullas, yurtimizda Somoniylar sulolasi hukmronlik qilgan asrlar jo`shqin, voqealarga boy, namunaviy va saboqli davrdir. Eng muhimi, bu davrda mamlakatimizning naqadar mustahkam poydevorga ega ekanligi namoyon bo`ldi. Zero, yuqorida aytilganidek, tushkunlik, qaramlik davrini boshdan kechirgan jamiyat Yana yuksaklikka ko`tarila oldi.
Somoniylarning kuch qudrat vash on shuhratga to`lgan davrlari ilgariroq boshlanib, u qanday kechganini biz yuqorida ko`rib o`tdik. Ular aytib o`tilganidek mintaqalik boshqa bir siyosiy kuch – Qoraxoniylar blan kurashga dosh beraolmay inqirozga yuz tutganlar.
Aslida esa ilgarilari ham ko`p marta bo`lganidek, X asrning ikkinchi yarmiga kelib mintaqaning Yettisuv qismini o`zi shakllangan makondan ko`ra ham kengroq miqiyosda siyosiy faoliyat ko`rsatish imkoni va qudratiga ega bo`lgan Yangi siyosiy kuch maydonga chiqadi. Biz ularni Qoraxoniylar nomi ostida bilamiz.
Ikki og`iz so`z Qoraxon atamasi to`g`risida. Bu yerda “xon m`lum tushuncha ya`ni “hukmdor” “qoraning aslida esa “qora” bir necha ma`noda qo`llanishi ta`kidlangan holda, biz qurayotgan misolda buyuk “ulug`” tushunchasini beradi, desak xato bo`lmaydi, ya`ni “buyuk xon”, “ulug` xon”.
XI asrning ikkinchi yarmidan boshlab esa, Qoraxoniylar shu yuz yillikni 40-yillaridan buyon kuchga kira boshlagan boshqa bir turkiy tilli sulola – Saljuqiylar bilan keskin munosabatda bo`la boshlaydilar. Ma`lumki Saljuqiylar X1 asrning 40-yili G`aznaviylarni mag`lubiyatga uchratib, 50-yillardan esa Xurosondan Bog`dodgacha bo`lgan hududni o`zlariga bo`ysundirishgan edilar. Qizig`i shundaki, Qoraxitoylar ham Qoraxoniylarni siyosiy sulola sifatida butunlay yo`q qilib tashlamay aksincha , ularni o`z qaramliklarida tutib qoladilar. Qoraxoniylar faoliyatiga chek qo`yish esa 1213 yilga kelib yuz beradi. Buni Xorazmshoh Sulton Muhammad /1200-1220 yy/ amalga oshiradi.
Qoraxoniylar davrida ham ko`plab iste`dod egalari yuzaga chiqqan. Shulardan yuqorida nomlari tilga olingan Yusuf Xos Xojib va Maxmud Qoshg`ariy haqida to`xtalib o`tsak. Chuqur bilim va tafakkur egasi Yusuf xos Xojib “Qutadg`u bilig” “Saodatnoma” asari bilan mashhurdir. Zero bu asarda davlatni boshqarish ususli qonun qoidalar siyosati, mafkurasi, ijtimoiy guruhlararo munosabatlar odob axloq masalalariga oid o`z davri uchun zarur va foydali tarixan o`z ahamiyatini yo`qotmovchi fikrlar ilgari surilgan. Chunonchi, u jamiyatning to`rt ustunini quyidagicha belgilab bergan: adolat, davlat, aqlu-zakovat. Diqqatga sazovor tomoni shundaki, mana shu to`rt ustun asosidagi jamiyat baxt – saodatini ta`minlashda ilm birinchi o`ringa quyiladi. “O`quv qayda bo`lsa, ulug`lik bo`lar bilim qayda bo`lsa, buyuklik bo`lar”.
Demak Qoraxoniylar sulolasi o`z faoliyati davomida mintaqaning ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy madaniy taraqqiyotiga munosib hissa qo`shgan siyosiy kuchlardir. Qoraxoniylar qudratiga to`lib turgan XI asrning birinchi yarmida mintaqaning Sharqiy Turkiston va G`arbiy Turkiston (Xorazmdan tashqari) qismlarini bir ichki sulolaviy qarama-qarshiliklar avj olganda hukmron siyosiy kuch zaiflashib o`lkada parchalanish yuz bergan.
G`aznaviylarning siyosiy kuch sifatida yuzaga kelishi va yuksalishi masalasida ham biz sovet tarixshunosligidagi mavjud ba`zi bir qarashlarni qabul qila olmaymiz. Chunki asosan, salbiy tomondan ko`rsatishga intilib kelingan, desak mubolag`a bo`lmaydi. Chunonchi bu sulola asos topgan G`azna viloyati “isyonkor turk lashkarboshilari”ga boylik orttirish uchun qulay joy sifatida sharhlanib, o`z-o`zidan shu yerda kuchga kirgan va mazkur shaxar (viloyat) nomi tanilgan g`aznaviylar sulolasi tarixi ham go`yo xuddi shunday maqsad yo`lida yuzaga kelgan va faoliyat ko`rsatganday bayon etilgan1 . Aslida esa atrixiy voqelik sabablari bir nechta…
G`aznaviylarning ham rasman, ham amaliy siyosiy kuch sifatida tan olinishi 996 yilga to`g`ri keladi. Yuqorida tilga oilnganidek Qoraxoniylar bir necha marta Buxoroga tahdid soladilar. Tilga olingan yili esa Sabuqtegin somoniylarni qoraxoniylar “changali”dan saqlab qoladi. Somoniy Nux III raqib oldidagi zaifligini sezgan xolda unga murojaat qiladi. Sabuqtegin esa Buxoroni qo`lga olib Qoraxoniylar bilan kelishuvga imzo chekadi. Bunga ko`ra Amudaryodan Janubida joylashgan barcha viloyatlar Sabuqteginning nomiga muhrlanadi. Uning vafotidan (997) keyin avvaliga taxtga bir oz muddat uning o`g`li Ismoil va 998 yildan esa boshqa farzandi Maxmud chiqadi.
G`aznaviylar davrida qurilish ma`rifiy ishlarga ham . kata e`tibor berilgani ma`lum. G`azna, Balx, Nishopur, Shimliy Hindiston shaharlarida madrasalar masjidlar, xonaqoxlar, saroylar ko`plab qurilgani manbalarda o`z aksini topgan. Madrasalarda turli sohalardagi fanlardan dars berilgan. Ilmi toliblar uchun o`z zamonasida boy hisoblangan kutubxonalar eshigi doimo ochiq bo`lgan.
Kishilikning eng qadimgi madaniy o`choqlaridan biri hisoblanmish Turkiston tarixiy taraqqiyotning qarama –qarshiliklariga qaramay, doimo o`zining sernufuzligi bilan ko`zga tashlanib kelgan. Bu xududdagi kuchmanchilar muhitidan ham vaqti kelib. Qudratli siyosiy sulolalar yetishib chiqqani ham ma`lum. Bu aynqsa Saljo`qiylar sulolasi misolida ko`zga yaqqol tashlanadi.
Saljo`qiylar turkiy o`g`iz qavmi tarkibida dastlab hozirgi janubiy Qozog`iston hududiga to`g`ri keladigan yaylovlarga Sirdaryoning O`rta oqimidagi yerlarda ko`chmanchi hayot kechirar edilar. Kinik urug`idan chaqqan Saljo`q ismli shaxs xar jihatdan obro` e`tibor qozonib bir qancha O`g`iz qabilalari sardori kata xarbiy kuch boshlig`i darajasiga yetadi. Saljo`qiylarning Movarounnahr siyosiy hayotiga faol aralashuvi Somoniylarning Qoraxoniylar bilan raqobat yillari kuchaydi.
XI asrning 40-yillaridayoq Saljuqiylar Xorazm, Eron, Kavkazortida harbiy yurishlar uyushtiradilar. 1071 yili esa . Saljuqiy hukmdor Sulton Alp Arslon kichik Osiyoda Vizantiya podshosi Roman IV Giogenni yengib o`zini asir oladi.
Xullas, saljo`qiylar davri va faoliyati hakida bir narsa aniqki Turkistondan chiqqan namoyonda sifatida Saljo`qiylar mazkur mintaqaning siyosiy iqtisodiy madaniy ma`rifiy sohadagi ko`r asrlik tajriba va an`analarga suyanganlar va ularni davom ettirishga xarakat qilganlar.
Xorazmshohlarning zabardast kuch sifatida ro`yobga chiqa olmaganliklarini bosh sabablaridan biri ichki nizolardir. Faqat Sultonshox vafotidan so`nggina 1193 yil Takash yakka hukmdor sifatida siyosat yurgizish imkoniga ega bo`lgan. U 1200 yilgacha G`arbiy Eron Kirmon, va Bag`dod hududlarini egalladi. 1200 yilda uning o`g`li Olovuddin Muhammad taxtga chiqadi. 1212 yilda u Qoraxitoylar muammosini butunlay qiladi.
Endi ikki og`iz so`z Xorazmshoxlar davrida Turkistotnning tashqi siyosiy diplomatik aloqalari haqida. Xorazmshoxlar ruslar o`lkasiga o`z imomlaridan vakillar yuborib ruslarga musulmonchilik qonun qoidalarini o`rgatish vazifasini yuklaydi. Diniy nuqtai nazardan anushteginlar Vizantiya bilan ham , ziddiyatga boradi.
Shunday qilib, o`zbek davlatchiligi tarixida o`chmas iz qoldirgan Anushteginiylar (Xorazmshoxlar) sulolasi namoyondalari hoh ichik siyosatga hoh tashqi aloqalarda bo`lsin o`zlarining bor imkoniyatlari afzalliklarini ro`yobga chiqarishga xarakat qilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |