M ezolit davri va uning bosqichlari
Tardenauz makonlarida
mikrolit qurollar juda ko‘p uchraydi.
Ular juda mayda boMib, ba’zilari 1 sm ga etar etmas boMgan, 2 sm
lilari esa kam uchraydi.
Mikrolitlar turli xil geometrik shaklda
boMgan (uchburchak, trapetsiya, romb). Ularning
ishlatilishi haqida
2 xil fikr mavjud:
1) tayoq uchidagi yoriqqa tiqilgan va kamon o‘qi yasalgan.
2) suyak yoki yog‘och qurolllarga taqab o‘tkir tig‘ hosil qilingan.
0 ‘rta Osiyo mezoliti industriyasini o‘rganish orqali olimlar ulardagi
rivojlanish jihatlarini aniqladilar. Shu asosda ularni ilk, o‘rta va so‘nggi
bosqichga boMdilar.
Ilk mezolit bosqichi yodgorliklarida mikrolit texnikasi endigina
paydo boMgan. Bunday yodgorliklarda geometrik shakldagi (segment,
trapetsiya, uchburchaksimon) tosh buyumlar kam uchraydi. Mikropa-
raqalar kam.
Bu davr yodgorliklarida so‘nggi paleolitga doir
qirg‘ichchalar, o ‘zaklar, paraqalar ko‘p tarqalgan.
0 ‘rta mezolit bosqichida geometrik shakldagi mikrolit qurollarning
yirik va qalinroq turli tiplari paydo bo'ladi. QirgMchchalarning har xil
shakldagilari
vujudga keladi.
Bunday qurollar ko‘pincha tosh
siniqlarining qirra tomonlariga va paraqalarning uchqir tomonlariga tig‘
chiqarish usuli bilan yasalgan, ularning hajmlari ancha kichiklashtirilib,
takomillashtirilgan. 0 ‘zaklardan pichoqsimon uchirma ajratib olish
texnikasi vujudga keladi. 0 ‘rta mezolit davri yodgorliklarining yana bir
xususiyati qayroqtoshlardan yasalgan qurol va qirg‘ichlarning borligidir.
So‘nggi mezolit davrida mehnat qurollarining ko‘pchilik turlari
maydalashgan. Qalamsimon mitti o‘zaklar soni ko‘paygan. Tosh bigiz
paydo boMgan. Ikkala uchli tomonlari yo‘nilgan shakldagi paraqalar va
mikroparaqalar soni ko'payadi. Bu davr yodgorliklarida qurollami
yasash texnikasi murakkablasha boradi.
Bu bosqichlarga oid yodgorliklar quyidagi guruhlarga ajratilgan:
1. Ilk mezolit bosqichi miloddan avvalgi XI-X ming yilliklami
o‘z ichiga oladi. Ko‘shilish madaniyatida o‘z aksini topgan.
2. 0 ‘rta mezolit bosqichi miloddan avvalgi IX—VIII ming yilliklar
boMib, Obishir madaniyatida o ‘z aksini topgan.
3. So‘nggi mezolit bosqichi miloddan avvalgi VII-VI ming yilliklar
boMib, Machay madaniyatida o ‘z aksini topgan.
0 ‘zbekistondagi mezolit davri yodgorliklarida prizma, konus, pona
shakllaridagi nukleuslar topilgan. Tosh paraqalari birtomonlama kertma
tarzda o‘tkirlangan. QirgMch qurollari tosh uchrindilardan va parcha-
laridan
ishlangan.
Shuningdek,
togMi
hududlarda
nukleuslar
qayroqtoshlardan boMgan.
0 ‘zbekistonda ilk mezolit davriga oid manbalar XX asr boshlarida
topilgan. Mezolit davrini sistemali o ‘rganishni A.P.Okladnikov boshlab
bergan. Keyinchalik Katta va Kichik Balxash hududlarida ko‘p
qatlamli
mezolit davriga
oid yodgorliklar, Ustyurtda, Markaziy
Farg‘onada, Qizilqum, Pomirda mezolit yodgorliklari ko'plab topilgan.
A.M.Mandelshtam, X.Yu. Yusupov, Yu.A.Zadneprovskiy, OMslo-
mov-Farg‘onada, E. Bijanov, V.Yagodin,
A.Vinogradov, G.Xodja-
niyozovlar Ustyurtda tadqiqot ishlarini olib bordilar. Lekin 0 ‘zbekiston
mezoliti boshqa davrlarga nisbatan kam o‘rganilgan. OMslomov shu
kunga qadar 0 ‘zbekiston hududida o ‘rganilgan yodgorliklarni uchta -
Farg‘ona, Toshkent va Surxandaryo territorial xususiyatlarga boMdi.
Qo‘shilish makoni
Toshkentning g‘arbida qadimgi Bo‘zsuv
anhorining chap sohilidan topilgan. U erdan nukleuslar, mayda
paraqachalar, qirgMchlar topilgan. Q o‘shilishning madaniy qatlamidan
topilgan mazkur qurollar so‘ngi tosh davri qurollariga nisbatan o‘zining
ancha ixchamligi va qurol turlarining xilma—xilligi bilan ajralib turadi.
Bu erdan topilgan nukleuslar va qirgMchlar Farg‘onadagi Obishir I, Y,
AchchikoM va Machaydan topilgan nukleuslar va qirgMchlarga o‘xshab
ketadi. Lekin Qo‘shilishdagi qurollar ancha qadimiy arxaik xususiyatga
egadir. Qo‘shilishdan topilgan qurollarda o‘ziga xoslik ham bor, ya’ni
bu erda geometrik shaklda yasalgan qurollar uchramaydi. Shuningdek,
Qo‘shilishda boshqa makonlarda boMgan pichoqsimon
paraqalar
topilgan emas. Qo‘shilish qurollarining ba’zilari
Yaqin va 0 ‘rta
Sharqdagi Shanidavr, Paligavr, Gari-Kamarbanddan topilgan qurollar-
ga o ‘xshab ketadi.
Farg‘ona vodiysida va
uning janubidagi togMi
hududlarda
mezolit davri makonlar
ancha
ko‘p topilgan. Shular jumlasiga,
Farg‘ona vodiysining janubidagi Qatron tog‘idan topilgan Obishir
I va Obishir V g‘or-makonlarini kiritish mumkin. Ular miloddan
avvalgi IX-VIII ming yilliklarga oiddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |