N. A. Egam berdieva arxeologiya ( 0 ‘quv qo‘llanma)



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/144
Sana04.06.2022
Hajmi4,59 Mb.
#635431
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   144
Bog'liq
Arxeologiya qo`llanma(1)

mikrolit qurollarning 
yasalishidir (yunoncha 
mikros-kichik). Ular asosan o'q uchi vazifasini bajargan. Ularning 
ko'pchiligi tol bargiga o'xshash bo'lgan.
39


3-jadval
M ezolit davri va uning bosqichlari
I lk m e z o l it
b o s q ic h i 
m i lo d d a n a v v a lg i X I— X
m i n g v il lik l a r . 
K o 's h i l i s h m a d a n iy a t i
O ' r t a m e z o lit
b o s q ic h i m i lo d d a n
a v v a lg i IX — V III 
m in g v il lik l a r
O b is h ir m a d a n iy a ti
S o ' n g g i m e z o l it
b o s q ic h i m i lo d d a n
a v v a lg i V I I —
V I 
m in g
y il lik l a r . M a c h a y
m a d a n i y a t i
Tardenauz makonlarida 
mikroiit qurollar juda k o ‘p uchraydi. 
Ular ju d a mayda boMib, ba’zilari 1 sm ga etar etmas boMgan, 2 sm 
lilari esa kam uchraydi. 
Mikrolitlar turli xil geometrik shaklda 
boMgan (uchburchak, trapetsiya, romb). Ularning 
ishlatilishi haqida
2 xil fikr mavjud:
1) tayoq uchidagi yoriqqa tiqilgan va 
kamon o ‘qi yasalgan.
2) suyak yoki y o g ‘och qurolllarga taqab oMkir tig‘ hosil qilingan.
OMta Osiyo mezoliti industriyasini oMganish orqali olimlar ulardagi
rivojlanish jihatlarini aniqladilar. Shu asosda ularni ilk, oMta va so‘nggi 
bosqichga boMdilar.
Ilk mezolit bosqichi yodgorliklarida mikroiit texnikasi endigina 
paydo boMgan. Bunday yodgorliklarda geometrik shakldagi (segment, 
trapetsiya, uchburchaksimon) tosh buyumlar kam uchraydi. Mikropa- 
raqalar kam. 
Bu 
davr yodgorliklarida so‘nggi 
paleolitga 
doir 
qirgMchchalar, o'zaklar. paraqalar ko'p tarqalgan.
OMta mezolit bosqichida geometrik shakldagi mikroiit qurollaming 
yirik va qalinroq turli tiplari paydo boMadi. QirgMchchalarning har xil 
shakldagilari 
vujudga 
keladi. 
Bunday 
qurollar 
ko‘pincha 
tosh 
siniqlarining qirra tomonlariga va paraqalarning uchqir tomonlariga tig4 
chiqarish usuli bilan yasalgan, ularning hajmlari ancha kichiklashtirilib, 
takomillashtirilgan. 0 ‘zaklardan pichoqsimon uchirma ajratib olish 
texnikasi vujudga keladi. OMta mezolit davri yodgorliklarining yana bir 
xususiyati qayroqtoshlardan yasalgan qurol va qirgMchlaming borligidir.
So‘nggi mezolit davrida mehnat qurollarining ko‘pchilik turlari 
maydalashgan. Qalamsimon mitti o'zaklar soni ko'paygan. Tosh bigiz
40


paydo boMgan. Ikkala uchli tomonlari yoMiilgan shakldagi paraqalar va 
mikroparaqalar soni ko'payadi. Bu davr yodgorliklarida qurollarni 
vasasli texnikasi murakkablasha boradi.
Bu bosqichlarga oid yodgorliklar quvidagi guruhlarga ajratilgan:
1. Ilk mezolit bosqichi miloddan avvalgi XI-X ming yilliklami 
o 'z ichiga oladi. Ko‘shilish madaniyatida o ‘z aksini topgan.
2. 0 ‘rta mezolit bosqichi miloddan avvalgi IX—VI11 ming yilliklar 
boMib, Obishir madaniyatida o 'z aksini topgan.
3. So'nggi mezolit bosqichi miloddan avvalgi VII—VI ming yilliklar 
bo'lib, Machay madaniyatida o 'z aksini topgan.
O'zbekistondagi mezolit davri yodgorliklarida prizma, konus, pona 
shakllaridagi nukleuslar topilgan. Tosh paraqalari bir tomonlama kertma 
tarzda o'tkirlangan. Qirg'ich qurollari tosh uchrindilardan va parcha- 
laridan 
ishlangan. 
Shuningdek. 
tog' 1 i 
hududlarda 
nukleuslar 
qayroqtoshlardan bo'lgan.
O'zbekistonda ilk mezolit davriga oid manbalar XX asr boshlarida 
topilgan. Mezolit davrini sistemali o'rganishni A.P.Okladnikov boshlab 
bergan. Keyinchalik 
Katta va 
Kichik Balxash 
hududlarida ko'p 
qatlamli 
mezolit davriga 
oid yodgorliklar, Ustyurtda, Markaziy 
Farg'onada. Qizilqum. Pomirda mezolit yodgorliklari ko'plab topilgan.
A.M.Mandelshtam, X.Yu. Yusupov, Yu.A.Zadneprovskiy. O'.Islo- 
mov-Farg'onada, E. Bijanov, V.Yagodin, 
A.Vinogradov, G.Xodja- 
niyozovlar Ustyurtda tadqiqot ishlarini olib bordilar. Lekin O'zbekiston 
mezoliti boshqa davrlarga nisbatan kam o'rganilgan. O'.Islomov shu 
kunga qadar O'zbekiston hududida o'rganilgan yodgorliklarni uchta -
Farg'ona, Toshkent va Surxandaryo territorial xususiyatlarga bo'ldi.
Q o'shilish m akoni 
Toshkentning g'arbida qadimgi Bo'zsuv 
anhorining chap sohilidan topilgan. U erdan nukleuslar
mayda 
paraqachalar, qirg'ichlar topilgan. Qo'shilishning madaniy qatlamidan 
topilgan mazkur qurollar so'ngi tosh davri qurollariga nisbatan o'zining 
ancha ixchamligi va qurol turlarining xilma—xiUigi bilan ajralib turadi. 
Bu erdan topilgan nukleuslar va qirg'ichlar Farg'onadagi Obishir I, Y, 
AchchikoM va Machaydan topilgan nukleuslar va qirgMchlarga o'xshab 
ketadi. Lekin Qo'shilishdagi qurollar ancha qadimiy arxaik xususiyatga 
egadir. Qo'shilishdan topilgan qurollarda o'ziga xoslik ham bor, y a ’ni 
bu erda geometrik shaklda yasalgan qurollar uchramaydi. Shuningdek, 
Qo'shilishda boshqa makonlarda boMgan pichoqsimon 
paraqalar 
topilgan emas. Qo'shilish 
qurollarining ba’zilari 
Yaqin 
va O'rta
41


Sharqdagi Shanidavr, Paligavr, Gari-Kamarbanddan topilgan qurollar- 
ga o ‘xshab ketadi.
Farg‘ona 
vodiysida 
va 
uning janubidagi 
tog‘li 
hududlarda 
mezolit davri makonlar 
ancha 
ko‘p 
topilgan. Shular jumlasiga, 
F arg‘ona vodiysining janubidagi Qatron tog‘idan topilgan Obishir
I va Obishir V g ‘or-makonlarini kiritish mumkin. Ular miloddan 
avvalgi IX-VIII ming yilliklarga oiddir.

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish