«Ekofakt»
- insonlarni qurshab turgan
tabiiy-geografik muhit
omillaridir. lnson tabiiy muhitga moslashib hayot kechiradi. Hayot tarzi
uchun zarur boMgan narsalarni tabiatdan oladi va yashash tarziga xos
madaniy izlar qoldiradi. Arxeologlar xuddi shu madaniy izlar orqali
insoniyatning o'tmishini tiklaydi.
з
«A rtefakt»
- insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy madaniyat
obyektlari sanaladi. y a ’ni turli mehnat, ov va jangovor qurollar, sopol
buyumlar, turli hunarmandchilik va zargarlik buyumlari, tangalar, uy-joy
qoldiqlari, qal’a, qasr va qo'rg'onlarning harobalari, qadimiy dalalar,
ariq va kanallarning izlari, m ozor-qo'rg'onlar va boshqalar. Moddiy
madaniyat arxeologiya fanining asosiy tadqiqot obyekti bo'lib, ularni
izlab topish, yoshini aniqlash, tahlil qilish va ilmiy sistemalashtirish
asosida tarixning umumiy jihatlarini tiklash arxeologlar oldida turgan
muhim vazifa hisoblanadi.
Eng qadimgi davr moddiy madaniyat buyumlarini
tadqiq qilish
jarayonida arxeologlar etnografik m a’lumotlarga ham tayanadilar.
Afrika, Amerika va Janubiy Osiyo hududlarida hozirgi davrda ibtidoiy
qabilalar yashaydi. Ularning turmush tarzi bilan o'tmishdagi ibtidoiy
qabilalarning yashash tarzi solishtirilib. tarixiy haqiqat aniqlanadi.
Tarixda hecli bir narsa, hodisa va voqea izsiz yo'qolmaydi. Ular
haqida yozm a manbalarda saqlanmasligi mumkin, lekin moddiy
madaniyatda
albatta iz
qoladi. Shularni topish, izlash va izohlash
arxeologlar vazifasi sanaladi. Shu sababdan arxeologik tadqiqot ishlari
hech qachon tugallanmaydi, chunki moddiy manbalarning aksariyati er
ostida bo'lib, ularni topish mushkul va nihoyatda ko'p vaqt talab etadi.
Bugungi kunda arxeologiya sohasi nihoyatda kengayib, murakkab-
lashib bormoqda. Uning barcha sohalarini o'rganib chiqishning o ‘zi
murakkab. Shuning uchun arxeologlar m a’lum bir davr,
m a’lum bir
hudud
yoki
m a’lum
bir
yo'nalish
bo'vicha
ixtisoslashadilar.
Arxeologiyaning bir necha tarmoqlari mavjud:
1. Ibtidoiy d a v r arxcologiyasi - yozuvlargacha bo'lgan davr tadqiq
qilinadi. Unda asosan mehnat qurollari va
tabiiy muhitni o'rganish
asosida ibtidoiy odamlarning butun biryashagan davri qayta tiklanadi.
2.T arix iy d a v r arxcologiyasi - yozma manbalar bilan bog'liq
bo'lgan davrlar tadqiq qilinadi. Bunda topilmalar yozma manbalar bilan
solishtiriladi. Yozma manbalarda qayd qilinmagan yoki biror bir sabab
bilan bo'rttirilib vozilgan tomonlarga aniqlik kiritiladi.
3. O ' r t a a s r i a r arxcologiyasi o'rta asriar davrini o'rganadi.
4. 0 ‘rt a a s r l a r d a n keyingi d a v r arxcologiyasi o'rta asrlardan
keyingi davrlardan to bugungi kungacha bo'lgan davrlar arxeologiyasini
o'rganadi.
Arxeologiyaning quyidagi yo'nalishlari mavjud:
G eoarxeologiya - tabiiy muhitni tuproq qatlami va tog' jinslar orqali
o'rganadilar.
4
Palinologiva - tabiiy muhitni o'simlik changlari orqali o ‘rganadilar.
L a n d s h a ft arxeologiyasi - o'tniishda insonlarning
tabiatga qilgan
ta'sirini o'rganadi, ya’ni odamlarning xo'jalik faoliyatlarining, bog'lar-
ning. park, qurilgan binolarning tabiatga boMgan ta’sirini tadqiq
qiladilar;
H a rb iy arxeologiya - jang bilan bogMiq jaravonlar, qurollar,
mudofaa inshootlarini o'rganadi;
S an o at arxeologiyasi - texnika va ishlab chiqarish bilan bogMiq
obyektlarni va ular atrofida shakllangan manzilgohlarni o ‘rganadi;
Suv ostidagi arxeologiya - Qora dengiz, O'rta er dengizi qirg'oq-
larida joylashgan va keyinchalik suv ostida qolgan shahar xarobalarini
o'rganadi;
C h o ‘k k a n
kem alarni
o ‘rganish
arxeologiyasi
-
cho'kkan
kemalarni topish orqali kemalar qanday qurilganligini, mamalakatlar
o'rtasidagi aloqalarni va mamlakatlarning iqtisodiy madaniy rivojlanish
darajasini aniqlaydilar;
Shuningdek, arxeologiyaning arxebotanika, arxeozoologiva. etno-
arxeologiya, eksperimental arxeologiya, astroarxeologiya va boshqa
tarmoqlari ham mavjud.
Arxeologiya fani murakkab bo'lishi bilan bir qatorda, nihoyatda
qiziqarli fan ham hisoblanadi. Er ostida yashirinib yotgan moddiy
buyumni topish, qayta tiklash va uni «gapirtirish» arxeologdan o'ziga
xos mahoratni talab qiladi. Bu mahorat esa, yillar davomida shakllanib,
rivojlanib, yuksak malaka va tajribaga aylanadi.
Umuman olganda, arxeologiyada tarixni tiklash ko'p vaqt. ilm, bilim
va mahorat talab etsada. bu yo'lda izlanish olib borayotgan olimlari safi
yildan vilga kengavib bormoqda. Ularning sa’yi-harakatlari tufavli
o'tmishning
ko'plab
noma’lum
tomonlari
ochilib.
kashfivotlar
qilinmoqda. Bu esa. insoniyatning qo'lga kiritgan yutuqlarining
samarasini ko‘rsatmoqda.
I BOB.
A R X E O L O G I Y A FANI, UNING V A Z IF A L A R I
VA Q ‘R G A N I L IS H B O S Q IC H L A R I
l-§. A rxeologiyaning ta d q iq o t m an b ai va uning vazifalari
Kishi 1 iк jamiyatining vujudga kelish jarayoni uzoq o ‘tmishga
borib taqaladi. O 'z navbatida o ‘tmishni o'rganish - har bir davrning
dolzarb masalalaridan
biri
bo'lib kelgan. Arxeologiya fani
ham
tarixning tarkibiy qismi
bo'lib, gumanitar fanlar orasida alohida
o'rin tutadi.
«Arxeologiya» - so‘zi yunonchadan olingan bo'lib - «arxayos»-
qadimgi. «logos»-fan so'zlaridan tarkib topgan. Qadimiyat haqidagi
fandir (Qadimshunoslik). Uni dastlab, miloddan avvalgi
IV asrda
Aflotun «Gippiy» dialogida. qadimgi zamon haqidagi fanni nazarda
tutib ishlatgan.
Shu tariqa bu so'z qadimgi Yunonistonda qo'llanil-
gan va
o'tm ish masalalari muhokamasi ma'nosini anglatgan. Vaqt
o'tgach. uning m a ’tio doirasi ancha o'zgarib, kengayib borgan va tarix
fanining muhim tarmoqlaridan biriga aylangan.
Arxeologiya - moddiy madaniyat manbalari asosida insoniyatning
o'tmishini o'rgatuvchi fan hisoblanadi. Arxeologik manbalar tarixiy
manbalarga
nisbatan
ancha qadimiydir.
Uning
ilk
davri
2.5-3
million yilga borib taqaladi. Biz kishilik jamiyati tarixini 24 soat
deb faraz qilsak. uning 23
soat-u 56 daqiqasi yozma manbalarsiz
davrga. 4 daqiqasi yozma tarixga to 'g'ri keladi. Demak, kishilik
tarixining ju d a
katta
davrini
o'rganish
arxeologik
manbalarga
tayanib olib boriladi.
A rxeologik
m a n b a l a r arxeologik yodgorliklardir, y a ’ni inson
tomonidan varatilgan turar-joy qoldiqlari, odamlar yashagan g 'o r va
ungirlar. mehnat qurollari, sopol idishlari, san'at obidalari. qoyatosh
rasmlari,
shuningdek,
moddiy materialga bitilgan yozma
manbalar
ham kiradi. Arxeologlar kishilik
madaniyati tarixini o'rganishda
moddiy va yozm a manbalarga tayanib ish
ko'radilar.
Arxeologiyada qadimgi buyumlarni o'rganish birdan bir maqsad
qilib
olinmaydi, topilmalarni tilga kiritish va o'sha zamon nafasini
tiklash arxeologiyaning asosiy maqsadidir. Shuning uchun topilmalar
tarixiy tadqiqotlar uchun faqat manba sifatidagina ilmiy qimmatga
ega boMadi. Buyumlarning yoshi, nimaga ishlatilgani, qanday uslubda
yasalganini
aniqlash
tadqiqotning
zarur
tayyorgarlik
bosqichi
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |