Windows 95, Windows 98, Windows NT, Windows 2000, Windows XP, Windows Server 2000, Windows Vista, Windows 7,…
MySQL shved korxonasi MySQl AB ga tegishli bo‘lgan, keyinchalik SUN firmasi MySQL ni o‘ziniki qilib olgan. Bir necha yil oldin esa, gigant korxonalardan biri Oracle, SUN firmasini sotib oldi va hozirda MySQL Oracle firmasi mahsuloti sifatida chiqib kelmoqda. Bu bir hisobda Microsoft SQL Server ga katta raqobatdosh ekanligini anglatadi.
MySQL bir necha serverlarning bir qismi hisoblanadi. Misol uchun, WAMP, AppServ, LAMP, Denwer,… Kliyentlar MySQL serveriga ma’lum bir kutubxonalar orqali ulanadi. MySQL ga quyidagi dasturlash tillari ulanib ishlashi mumkin:Delphi, C, C++, Java, Perl, Php, Python, Ruby va boshqalar.
MySQL ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini o’rnatish(MySQL Community Server)
Qo'shilgan sana: 2015-12-19
Muallif: Orifjon Sobirov
Bu maqolada MySQL ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini o‘rnatish va sozlashni ko‘rsatib o‘taman. Sun firmasini Oracle sotib olgandan so‘ng, MySQL ham butunlay o‘zgarib ketti va 5 versiya o‘zgacha qiyofaga keldi, ya’ni mukammallashtirildi. Maqolada Windows 7 operatsion tizimi uchun mo‘ljallangan MySQL 5.6.20 versiyasini o‘rnatishni ko‘rsatib o‘taman.
Dastlab, MySQL 5.6.20 versiyasini uy sharoitida ishlash uchun mo‘ljallangan MySQL Community Server dasturini internetdan ko‘chirib olamiz . Bu dasturning hajmi 248.2 megabaytni tashkil qiladi (32, 64 bitlik tizmilar uchun). Ko‘chirib olgandan so‘ng, «mysql-installer-community-5.6.20.0» faylini ishga tushiramiz va quyidagi oynani ko‘ramiz.
Install MYSQL Products yozuvini bosib, o‘rnatishni davom ettiramiz.
Litsenziyaga oid matnni o‘qib chiqamiz(:)) va barsha shartlarga rozi bo‘lamiz — I accept the license terms.
Dasturni yangilash yo‘llari so‘ralmoqda, bizga yangilashning umuman keragi yo‘q(hozirgi holatda), shuning uchun «Skip the check for updates» ni belgilaymiz.
O‘rnatilish tiplari so‘ralmoqda, ular quyidagilar:
— Developer Defaults. Dasturchilar uchun mo‘ljallangan turi. Bunda MySQL serveri, dasturlash muhitlari, har xil kutubxonalar o‘rnatiladi.
— Server only. Faqat server qismi o‘rnatiladi, hech qanday qo‘shimcha narsalar o‘rnatilmaydi. Biz shu tipini o‘rnatamiz.
— Client only. Faqat kliyent qismini o‘rnatadi. Tarmoq orqali boshqa kompyuterdagi serverga ulanib ishlanadi.
— FULL. Nomidan ma’lumki barcha komponentlarni o‘rnatadi.
— Custom. Bu tipi professionallar uchun, ya’ni o‘rnatiladigan barcha komponentlarni o‘zingiz belgilab chiqasiz.
O‘ng tomonda qaysi adresga dasturni o‘rnatish kerakligi ko‘rsatiladi. NEXT
Tanlangan komponentalar ishlashi uchun kerak bo‘ladigan va o‘rnatilishi zarur bo‘ladigan dasturlar ro‘yxati uchun oyna. Bizning holda hech nima kerak emas, o‘rnatishni davom ettirishimiz mumkin. NEXT
O‘rnatilayotgan mahsulotlar ro‘yxati va EXECUTE
O‘rnatilish hatosiz amalga oshirildi. NEXT
O‘rnatilgan MBBTni sozlash jarayonini amalga oshirishni boshlash, NEXT
Do'stlaringiz bilan baham: |