KIRISH Bugungi kunda dasturlash muhitlari va turlari ko‘payib bormoqda. Mumkin shu vaqtgacha console rejimda dasturlashni o‘rgangan bo‘lsangiz kerak. Ammo so‘ng 35 yil ichida foydalanuvchilarga oynali dasturlash muhitlarida foydalanib kelinmoqda. Bunday dasturlarni yaratish uchun dasturlashning barcha nazariy asoslariga tayanib, foydalanuvchi uchun qulay vizual dasturlash muhitlari yaratilgan. Ularda birinchi navbatda foydalanuvchining UI (user interface) yoki dasturning foydalanuvchi bilan muloqot oynasi loyihalashtiriladi. Buning uchun tayyor sinflar (komponetalar) mavjud bo‘lib, ularning xususiyatlar, funksiyalari va hodisalari bilan ishlashsh juda qulay qilib, vizual foydalanish mumkin. Vizual foydalanish degani ko‘rib turib ishlatish degan ma’noni beradi. Bu Vizual dasturlash bo‘yicha ilk ma’lumotlarni keltiramiz. Deyarli barcha dasturlash tillari uchun vizual dasturlash muhitlari mavjud.
Integrallashgan ishlab chiqarish muhiti (Integrated development environment - IDE) - dasturni ishlab chiqish hayot siklining barcha asosiy funksiyalarini qo‘llab-quvvatlovchi umumiy interaktiv grafik qobig‘iga ega bo‘lgan dasturlarni ishlab chiqish va tekshirish vositalari majmui, dastur matnini (kod) yozish va tahrirlash, kompilyatsiya, bajarish, xatolarni tuzatish, profilaktika va boshqalarni bajarish imkoniyati beradi.
Visual C++- dasturlash tili, Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan va ishlab chiqilgan C++ tilining kengaytmasi
Visual Studio- Microsoft kompleks rivojlantirilgan integrallashgan muhit.
Visual C++ da Windows ilovalarni yaratish. Windows ilovalarni yaratishga kirishdan oldin muhitni o‘rnatish va uning imkoniyatlariga to‘xtalib o‘tamiz. Visual Studio standart o‘rnatish assida C++ tilini rivojlantirish uchun zarur elementlarni qo‘shish/o‘chirish imkonini beradi. Masalan, an’anaviy C++dasturlarini ishlab chiqish, C++da mobil ilovalarni ishlab chiqish, C++da Linux muhiti uchun vositalarni ishlab chiqish, C++tilida o‘yin ishlab chiqish va boshqa yana bir qator imkoniyatlarni beradi.
Visual C++ da Windows ilovalarni yaratish uchun avvalo, MS Visual Studio ni o‘rnatish kerak. Kompyuterning texnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, mos versiya tanlanadi. Mazkur versiyani o‘rnatish, internet manbalari juda kshp uchraydi. Odatda oddiy muhitlar kabi o‘rnatiladi.
MS Visual Studio ning hamma versiyalarida Windows ilovalarni turlicha yaratish mumkin. Ammo eng qulay va umumiy foydalanuvchi uchun mos bo‘lgan interfeysni o‘rnatish uchun har xil versiyalarga har xil sozlashlarni bajarish kerak. Masalan, MS Visual Studio 2012 da Windows ilovalarni yaratish uchun, Windows oynasi tayyor komponentani o‘rnatish uchun, 9.1-rasmda keltirilgan fayllarni VCvcprojectsvcNET/ VC++ papkasiga nusxalash lozim.
Yangi proekt yaratilishi bilan proektga mos kerakli va joriy qilingan komponentalar faollashadi. Windows ilovalarni yaratish uchun bir nechta varinatlar mavjud. Ularning eng ko‘p tarqalgan varianti menyudan foydalanib yaratishdir.
Windows ilovalarni yaratish uchun [File → New → Project] ketma ketligi yoki [Ctrl+Shift+N] tugmachalar majmuasini bosish yetarli. Ekranga [new Project] nomli muloqot oynasi hosil bo‘ladi (9.3-rasmga qarang).
Birinchi marta MS Visual Studio ishga tushirganda asosiy tilni tanlashni so‘raydi. Agar S++ tilini tanlagan bo‘lsangiz, avtomatik shu tilda yaratilishi mumkin bo‘lgan loyihalar ro‘yxati hosil bo‘ladi. Agar oldin boshqa tilni tanlagan bo‘lsangiz, [Other Languages] bandidan Visual C++ tilini tanlashingiz lozim. Visual C++ til asosida yaratish mumkin bo‘lgan konseptual loyihalar ro‘yxati chiqadi va bularning o‘zi bir nechta loyihalarga bo‘lnadi (9.3-rasmning chap tomonida qarang).
Visual C++ da Windows ilovalarni yaratish uchun avvalo [CLR] loyiha menedjeri tanlanadi. CLR - Common Language Runtime - bir necha qo‘llab-quvvatlanadigan tillarda har qanday yozilgan dasturlar ijrosini boshqaradi dasturlash bo‘lib, ularni tillari har qanday yozilgan umumiy ob’ektga yo‘naltirilgan sinflarga almashish imkonini beruvchi loyiha menedjeridir.
[CLR] loyiha menedjeri bir nechta loyihalar yaratish imkonini beradi:
Class Library – boshqa proektlarga foydalanish uchun CLR sinflarni yaratish imkonini beradi.
CLR Console Application – CLR asosida konsol loyiha yaratish uchun ishlatiladi.
CLR Empty Project - yangi hech nima yozilmagan loyixalar asosida lokal loyihalarni yaratish uchun ishlatiladi.
Windows Forms application – Windows oynali loyihalarni yaratish imkonini beradi.
Windows Forms Control Library - Windows ilovalarni boshqarish uchun foydalaniladigan kutubxonalarni yaratish imkonini beradi.
[CLR] loyiha menedjeridan foydalanib loyiha yaratishda .NET Framework ning varianti ham muhim rol o‘ynadi. Shuning uchun .NET Framework larning imkoniyatlari bilan oldindan yaxshilab tanishib chiqish lozim. Har bir .NET Framework ning o‘zining imkoniyatlari bor va shuningdek Visual C++ da Windows ilovalarni yaratish uchun .NET Framework 4.5 yoki 4.5.2 variantlaridan foydalanishni tavsiya qilamiz. .NET Framework ni tanlash loyiha turini tanlash oynasining ustida joylashgan.
Loyiha yaratish oynasinig pastki qismida loyixa nomi, joylashgan joyini, loyihaning ishchi papkasining nomi ko‘rsatiladi.
Kerakli amallarni bajargandan so‘ng [ok] tugmasini bossangiz, bir nechta avtomatik sozlashdan so‘ng loyihaning ilk ko‘rinishi hosil bo‘ladi (9.4-rasmga qarang).
9.4-rasm. Oynali loyihaning dastlabki ko‘rinishi.
Oldin aytib o‘tilgandek, muhitning ishchi oynasini o‘zgardi. Uni odatda foydalanuvchi o‘zining xoxshi bo‘yicha joylashtirishi mumkin.
Eng aosiy elementlardan biri bu – Solition Explorer bo‘lib hisoblanadi. Bu loyiha papkasini boshqarish uchun qulay qilib yaratilgan. Bitta Ishchi papkada bir nechta loyiha bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, u yerdan loyiha nomini tanlash kerak bo‘ladi va loyiha uchunn kerak bo‘limlar ro‘yxati chiqadi: