144
M.Gerimskiylar ijodida bu yo‘nalish yuqori pog‘onaga ko‘tarildi. XIX
asr oxiri XX asr boshlarida L.Vichulovskiy, Ya.stanislavskiy, Yu.Falat
asarlari — imperissionizm, s.Vispyanskiy, Ya. Malchevskiy asarlari
— simvolizm ruhida yaratildi. 1918-yildan polyak san’ati ziddiyatli
rivojlandi. Ayrim rassomlar G‘arbiy Yevropa madaniyati yutuqlar-
iga ergashsa, boshqalari zamonaviy milliy uslubni yaratishga intildi.
Taniqli polyak haykaltaroshi k.Dunikovskiy o‘z
faoliyatini shu davr-
da boshladi. Ikkinchi jahon urushidan keyin tasviriy san’atda rassom-
lardan V. Veys, F.kovrskiy, X.krayevskaya va Yu.kraevskiy, haykal-
tarosh S.Gorno-Poplavskiy, grafiklardan T.Kulisevich, T.Trepkovskiy
va boshqa yana bir qator rassomlar mashhurlik cho‘qqisiga erishdilar.
Mahobatli haykaltaroshlik rivoj topdi. Amaliy bezak san’atining har
xil turlari qadimdan keng tarqalgan, badiiy hunarmandchilik avj oldi.
Chex musiqasida boshqa slavyan xalqlari musiqa madaniyati bi-
lan umumiylik ko‘p. XX asrgacha saqlangan xalq cholg‘u asboblari
shaqildoq, buben, hushtaklar jo‘rligida marosim qo‘shiqlari (asosan
bir ovozli), raqslar ijro etiladi. skifka,
mazanka kabi torli, ligafka,
bazun kabi puflab chalinadigan sozlar keng tarqalgan. IX-XX asrdan
katolitizm tarqalishi bilan birga, grigoryan xorallik keng o‘rin tutadi.
XI-XII asrlarda cherkov ashulachilik maktablari ochilib, ular-
ning talabalari cherkov musiqasini turli joylardagi xalq musiqasi
bilan boyitdilar. XII asrdan professional musiqa (jumladan,
ritsarlar
musiqasi) rivoj topdi, saroy kapellalari tashkil etildi. XVI asrdan
universitetlarda musiqa nazariyasi o‘rgatila boshladi. XVI-XVII asr-
larda yetishib chiqqan kompozitorlar milliy kuylarni G‘arbiy Yevropa
raqs va musiqasi bilan uyg‘unlashtiriruvchi asarlar yarata boshladilar.
1765-yil Varshavada ochilgan “Xalq teatri”da milliy operalar sah-
nalashtirildi. k.kurpinskiy, kamenskiy, M.oginskiy, Y.elsner kabi
buyuk musiqachilar uning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdilar. XIX
asrda buyuk kompozitorlar F.shopen, s.Monyushko, virtuoz skrip-
kachi aka-uka Venyavskiylar polyak musiqasini
jahon musiqasi da-
rajasiga ko‘tardilar.1901-yil Varshava milliy filormoniyasi ochildi.
145
XX asr musiqa madaniyatiga k.shimanovskiy, V.Lyutoslavskiy,
k.Penderetskiy kabi kompozitorlar katta hissa qo‘shdilar. Polshada
21 ta simfonik orkestor, 10 ta opera teatri, 9 ta operetta teatri, 9
ta balet truppasi, 7 ta oliy musiqa maktabi, 4 ta xoreografiya bi-
lim yurti bor. 1927-yildan xalqaro shopen
nomidagi pioninochilar
tanlovi,1935-yildan Venyavskiy nomidagi xalqaro skripkachilar
hamda zamonaviy musiqa festivali o‘tkaziladi.
Teatr. Xristianlikdan avvalgi davr xalq marosimlari va o‘yinlarida
teatr san’ati nishonalari bo‘lgan. XIII-XVI asrlarda turg‘un va sayy-
or xalq tomoshaxonalari qurilgan, diniy dramalar rivojlangan. XIII
asr-ning ikkinchi yarmida ko‘rsatilgan teatr tomoshalarining ayrim
ssenariylari saqlangan. 1633-yil Varshavadagi qirol saroyida birinchi
doimiy teatr ishga tushdi. XVIII asr oxirida ilg‘or milliy teatr san’ati
uchun
kurashga rejissyor, artist, dramaturg V.Buguslavskiy bosh-
chilik qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: