Darasi” muzeyida “in situ” ning yodgorliklari tashkil qilingan. Bu
sanoat rivojining beshigi hisoblanib, u o‘z maqomini o‘rmon darasi
bo‘ylab o‘tgan va metallurgiya zavodlari, ko‘mir konlari, fabrika-
larni birlashtirgan dunyodagi birinchi temir ko‘prik sharafiga olgan.
Bu ko‘prik severn daryosi bo‘ylab o‘tkazilgan. Muzey obyektlari
ichida uzunligi 3 mil (mil taxminan 1.3 km masofa), kengligi 1 mil
bo‘lgan sanoat inshootlari va yashash uylari joylashgan. Ularning
ichida hozirda faqat piyodalar foydalanadigan mashhur ko‘prik, Ab-
raxam Darbining cho‘yan eritish zavodi, ulkan ombor (1838), Darbi
sulolasi va mashhur koulburkdeyl temirchilik shaharchasi haqida
xabar beruvchi Temirchilik muzeyi ham mavjud. Bu yerda Darbin-
ing hashamatli uyi, zavod ishchilari uchun qurilgan uylardan ibo-
rat Plotnitskaya ko‘chasi (1783), kvakerskiy qabristoni, muzeyga
aylantirilgan koulportskiy chinni zavodi bor.
138
Ayronbridj tarkibiga XVIII-XIX asr sanoatchiligining yod-
gorliklaridan iborat “Blits-Xill” muzeyi ham kiradi. Bu qadimiy
cho‘yan eritish pechlari, ko‘mir shaxtalari, kanal qismi, uning atrofi
va oralarida esa har xil joylardan keltirilgan o‘rmonchilik, kelgan to-
moshabinlarga kam uglerodli temir eritishning an’anaviy usullarini
ko‘rsatadigan temir quyish sexi joylashgan
68
.
shimoliy Amerika muzeylari ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega
bo‘lgan. Agar Yevropada ochiq osmon ostidagi muzeylar etnografi-
ya bilan bog‘liq bo‘lib, uning asosiy maqsadi xalq me’morchiligi
va turmush tarzini ko‘rsatish va saqlash bo‘lgan bo‘lsa, AQsh da bu
davlat tarixiga bag‘ishlangan edi. Ulardan ko‘pchiligi fuqarolar uru-
shi xotirasiga bag‘ishlanib, davlatning buyuk arboblari hayoti haqi-
da hikoya qiladi. AQsh dagina emas, balki butun dunyoda mashhur
hisoblangan ochiq osmon ostidagi muzey “Uilyams inqilobigacha”
muzeyi hisoblanadi. Poytaxt shtat Virjiniyani shahar-muzeyiga
aylantirish go‘yasi muallifi ruhoniy U.A.Gudvin bo‘ldi va uni “Re-
spublika beshigi” hamda “Bizning ozodligimiz tug‘ilgan joy” deb
atadi. Uning g‘oyalari bilan tanishgan kichik Joxn Rokfeller shu
muzey qurilishiga kerakli mablag‘ni ajratdi va Uilyamsberg 1934-
yili o‘zining birinchi tomoshabinlarini kutib oldi. Dastlabki re-
jalari amalga oshishi uchun 300 ta zamonaviy qurilish ishlari, 60 ta
qadimiy binolarni restavratsiya qilish, 70 ta buzilgan inshootlarni
nusxasini, ularning ichida kapitoliy, sud binosi, Turma, Guberna-
tor qarorgohi kabilarni qurish talab qilindi. Ikkinchi Jahon urushi
to‘xtatilgan qurilish ishlari 1945-yilda yangilandi va amerikaliklar
XVIII asr o‘zining ajdodlari hayotini g‘ayrioddiy ko‘rinishlaridan
bahramand bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
XVIII asr oxirida boshlangan muzeyshunoslik ixtisosligi hal
qiluvchi tusga kirdi va 100 yil o‘tib, jahon muzey manzarasi tari-
xiy, adabiy, qishloq xo‘jaligi, pedagogik, teatr va musiqa, badiiy va
68
Bulding National Museums in Europe 1750-2010, 898 p.
139
tabiiy, ilmiy, memorial va sanoat muzeylari tashkil topdi. XX asrda
ilmiy-texnika jarayonlari jahon muzey tarmoqlarini rivojlanishidagi
yangi namoyishlarni kashf qildi. kosmonavtlar muzeyi, suvosti arx-
eologiya muzeyi, yerga tegishli bo‘lmagan predmetlar muzeyi, eko-
muzeylar – bularning hammasi hozirgi kunda ham jadal suratlarda
rivojlanib, keng tarqalmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |