O‘zbekiston-Chexiya munosabatlari. 1993-yil imzolangan
“savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risida” gi bi-
tim ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish
uchun huquqiy asos yaratdi. o‘zbekiston Respublikasi Birinchi Pre-
zidenti I.karimovning 1997-yil yanvarda Chexiyaga qilgan tashri-
fi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda muhim voqea
bo‘ldi. Tashrif chog‘ida bir qancha hujjatlar imzolandi. Bu hujjatlar
orasida sarmoyalarni o‘zaro himoyalash va rag‘batlantirish, tashqi
iqtisodiy faoliyatni boshqaruvchi muassasalar va milliy banklarning
hamkorligi to‘g‘risidagi hujjatlar alohida o‘rin oldi. Chexiya Re-
spublikasi industrial mamlakat hisoblanadi. Mamlakatdagi yetak-
chi tarmoqlar — yonilg‘i, energetika, metallurgiya, mashinasozlik,
kimyoviy, yengil va oziq-ovqat sanoati hisoblanadi.
76
www. мuseums Czech Republik.com
158
Do'stlaringiz bilan baham: |