Prado muzeyi
Muzeyning ochilish tarixi. Prado muzeyi — bu rassomlik va
haykaltaroshlik milliy muzeyi hisoblanadi. U 1819-yilda ispan qi-
rolligi va ibodatxona kolleksiyasi sifatida tashkil topdi va omma
uchun ochiq deb e’lon qilindi. hozirda bu yerda 8600 ta polotno
mavjud. Ammo muzeyda joy etishmaganligi sababli ekspozitsiyalar-
ni hammasi qo‘yilmagan. Ispan qirolligining 300 yil mobaynida
to‘plangan kartinalari muzey kolleksiyasi asosini tashkil etadi. Av-
valiga bu kartinalarning barchasi asosan saroy va cherkovlarni beza-
tish uchun mo‘ljallangan edi. Ammo XVI asrdan boshlab Ispaniyaning
boshqa Yevropa saroylari bilan madaniy aloqalari kengaydi. Ispaniya
tarixida arab bosqinchilariga qarshi kurash — Pekonkista muhim rol
o‘ynadi. U bir necha yuz yillar davom etdi. Bu urush natijasida Leon,
kastiliya, Aragan qirolligi vujudga keldi. keyinchalik ular birlashib,
hozirgi ispan qirolligiga asos solindi. ko‘p asrlar davomida Ispaniyada
san’at asarlariga katolik cherkov va monaxlardan tashqari katta buyurt-
machilar va badiiy kolleksiya to‘lavchilar bo‘lmagan. An’anaga ko‘ra
qirol vafotidan so‘ng uning kolleksiyasi sotib yuborilgan, yangi qi-
rol yangi kolleksiyalar to‘play boshlagan. shuning uchun ham hozirgi
Pradoda kastiliya qirolligi kartinalari yo‘q.
Ispan monarxiyasi arablardan qutulib, turli bosqinchilik rejasini
tuzganlar. Ispanlar yangi dunyoda birinchilardan bo‘lib o‘rnashib
oldilar. Ispaniya o‘ziga niderlandiyani bo‘ysundirdi. o‘z badiiy
kolleksiyasini saqlab qolishga harakat qilgan birinchi ispan qiroli
karlos I, shuningdek, muqaddas Rim imperatori karl V Gabsburglar
bo‘lgan (1500-1558). karl V chet el rassomlari asarlarini ham to‘play
boshlagan. Uning eng yaxshi ko‘rgan rassomlaridan biri Titsian edi.
karl V unga o‘zining ot ustidagi suratini ishlatadi (1548)
39
.
karl V ning ot ustidagi portreti. 1548-yilda Titsian Angburgga kelib
39
Bulding National Museums in Europe 1750-2010, 854 p.
81
faqat portretlar yaratdi. Mallasariq osmon fonida oldinga intilgan, qora
otda bo‘lajak g‘alaba qozonuvchi , yaltiroq qurol –yaroqlari bilan
karl V tasvirlangan. Qo‘lida qilich — Rim imperatorlari ramzi. Im-
perator kartinada katolik dini himoyachisi sifatida tasvirlangan. Ajoyib
ranglar yechimi aks etgan manzara jangga ketayotgan qahramon-
ning maqsadga intilib, ishonch bilan ketayotganini ta’kidlab turibdi.
karl V Ispaniya poytaxtida aytarli yashamagan. Uning Bryuself
shahridagi saroyida noyob rangtasvir kolleksiyalari saqlanar edi.
keyinchalik ular ispaniyaga jo‘natildi va Prado muzeyidan joy oldi.
Uning o‘g‘li Filip II taxtga o‘tirgach, qirollar kartinalari kollek-
siyalarini yanada kengaytirdi va Prado chekkasidagi saroyni shu
asarlar bilan bezadi. karl V va Filip II Ispaniyaga eng yaxshi
san’at asarlarini keltirishdi. Italiyadan Monteni, Belini asarlari sotib
olindi. Titsian, Tintoretto Veroneze asarlariga buyurtmalar berildi.
Filip IV davrida qirollar kolleksiyasi yanada boyidi. U Velaskes
ijodini yuqori baholar edi. Filip IV Makedonskiy iborasini qaytar-
di: “sendan boshqa hech kim mening rasmimni chiza olmaydi”.
Qirol o‘z so‘zida turdi. 1660-yilgacha 40 yil davomida Velaskes
ijodi qirollik oilasi va uning yaqinlariga bag‘ishlandi. ko‘rgazma
xronologik tarzida Velaskesning Rimga sayohati paytidagi karti-
nalardan boshlangan. U birinchi marta Rimga o‘qish uchun borgan.
U ko‘plab shaharlarda bo‘lib, qirol uchun Titsian polotnosini
sotib oldi, Tintoretto, Veroneze asarlarini oldi. Muqaddas Luka Rim
imperiyasining a’zosi bo‘ldi. Uning Rim Papasi Inokentiy portreti
hammani lol qoldirdi. Ushbu asar ko‘rgazmaga qo‘yildi. Madridda
Velaskes yosh qirolicha Margaritta portretini yaratdi.
ko‘rgazmaning 3-bo‘limi saroy portretlaridan iborat, ularni ras-
somning shogirdi chizgan. 1628-yilda Madridga niderlandiyaning
diplomatik topshirig‘i bilan Buyuk Rubens keladi. Diplomatik
roli uni Ispaniyada rangtasvir bilan shug‘ullanishiga xalaqit
bermadi. U yerda ishlagan asarlarini Ispaniya qiroli sotib oladi.
Rubensning vafotidan so‘ng, asarlari auksionga qo‘yiladi va ke-
yinchalik Prado muzeyiga olib kelindi.
82
XVIII asrda ispan jamiyatining yetakchilari ommaviy muzeylar
tashkil etish lozimligi haqidagi fikrni ilgari surishadi. Ispaniyada
bu davrda tabiiy bilimlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratiladi.
shuning uchun ham birinchi muzeylar tabiiy ilmlarga bag‘ishlangan.
1785-yilda muzey uchun katta parkda joy ajratildi. shundan muzeyn-
ing nomi kelib chiqqan. karl IV madaniyat ishlariga nihoyatda sal-
biy qaraydi. 1814-yilda bino qurilishini yakunlash uchun buyruq
chiqaradi. Lekin bino fransiyaliklar tomonidan talofat ko‘rgan edi.
Bino bitgach, muzeyga Madrid va oranxaesk saroylarida joylashgan
badiiy xazinalarni olib kelishadi. Avvalgi Proleoda kartinalar soni
kam edi. Muzey uchun asarlar nihoyatda jiddiy tanlanar edi. kiy-
imsiz figurali asarlar umuman qo‘yilmagan. Avvaliga bunday kar-
tinalarni yoqib yuborish bo‘yicha qaror ham chiqqan. Vaqt o‘tishi
bilan Prado muzeyi fondlari kengaydi. Muzeyga Dello Frinidad va
eskarealdagi kartinalar olib kelindi. keyinroq Prado qirollik saroyi
tarkibida yanada keygaydi. Muzey dekoratsiyasini qabul qilishda
yuqori tabaqali kishilardan tashqari san’at ahillari qo‘shildi.
Muzey Madrid markazida joylashgan bo‘lib, bir necha kvar-
talni o‘z ichiga oladi. Yonida yana ikkita muzey bor: Tissen va
qirolicha Sofiya. Ular birga san’at uchburchakligini hosil qiladi.
Prado yaqinida ko‘plab yodgorliklar joylashgan.
Prado muzeyining nomi “ulug‘” so‘zidan kelib chiqqan va u
ispancha Prado ma’nosini beradi. Muzey binosi karl III buyurtma-
si bilan qurilgan, 1819-yilda ochilgan. Ammo 1830-yilgacha ham
to‘liq qurib bitkazilmagan. oldiniga u tabiiy tarix muzeyi qilishga
mo‘ljallangan edi. 1811-yilda hali bitkazilmagan bino fransuzlar
urushida dushman armiyasi uchun otxona bo‘lgan. 1814-yilda
qirol Ferdinant II muzeyda kartinalar galereyasini ochishga ahd
qildi. 1819-yilda qirol farmoni bilan yangi binoda qirollik muze-
yiga asos solindi. Muzeyga qirollik kartinalari kolleksiyasining
bir qismi berildi.
Prado muzeyi 2007-yilda to‘la qayta ta’mirlandi va maydoni ham
83
kengaydi. U yerda turli ko‘rgazmalar o‘tkaziladi, ekspozitsiyalar
boshqa davlatlarda ham namoyish etiladi.
har yili bu yerga 2 mln.ga yaqin turist tashrif buyuradi. Muzey
1819-yili 19-noyabrda rasman ochilgan. Uning asoschisi qirol Ferdi-
nan VII ning rafiqasi Izabella Bragandskaya bo‘lgan. O‘sha davrda
kolleksiyani faqat aslzodalar tomosha qilishgan. Faqat oz qismi, ya’ni
diniy mavzulardagi suratlar omma uchun mo‘ljallangan. Avvaliga
muzey ispan rassomlari ko‘rgazmasi sifatida rejalashtirilgan, ammo
asta-sekin ekspozitsiya kengaydi va hozirgi kunda Prado muzeyida
italyan, fransuz, niderland, nemis, flamand rassomlari asarlari bor.
Prado namoyishiga qo‘yilgan ispan maktabi Bosx, Velaskes, Goya,
Murilyoning to‘la asarlar to‘plamidan iborat. Masalan, Goya kollek-
siyasi 30 ta polotnoni tashkil etadi, ularning barchasi xronologik
tartibda joylashtirilgan. Uning ijodi barcha davrlarni o‘z ichiga
oladi. shuningdek, u yerda ispan rassomchiligining XII asrdan
boshlab XIX asrgacha bo‘lgan davrini kuzatish mumkin. Flamand
maktabidan Bosxning asarlari qo‘yilgan.
Italiya maktabi zalidagi asarlar Ilk uyg‘onish davridan boshlab
to XVIII asrgacha bo‘lgan davrlarni o‘z ichiga oladi. karavadjo va
Jentileskiy kartinalari 1-qavatda joylashgan. Italiya rassomlarin-
ing ko‘plab asarlari qirollar karl V, Filip II, Filip IV lar tomoni-
dan sotib olingan. Ayniqsa, Venetsiya rassomlari ishlari ko‘plab
olingan.
Flamand rassomlari ishlari muzey kolleksiyasida tasodifan paydo
bo‘lgani yo‘q. hozirgi Belgiya, niderlandiya, Lyuksenburg viloyat-
lari bir yarim asrdan ko‘proq ispan tojiga qarashli bo‘lgan. shu
sababli ko‘plab flamand rassomlari Ispaniyada ishlashgan. 1-qavatda
XVIII asr flamand rassomlarining ajoyib asarlari joy olgan: Rubens,
Van Deyk, Breygel.
Muzeyda ispan rassomlari asarlari keng namoyish etilgan,
ularda turli davrlardagi asarlar o‘rin olgan. 1-qavatda el Greko,
Velaskes, Ribera, Murilyo va boshqa rassomlar kartinalari o‘rin
84
olgan. Ispaniya rangtasviri ansambli 1 va 2-qavatda Goya asar-
lari bilan tugallangan.
nemis maktabi kolleksiyasi uncha ko‘p emas, ammo mashhur
asarlardan tashkil topgan. XVI-XVIII asr rassomlarining asar-
laridan iborat. 1-qavatdagi zallardan biri Albrex Dyurer, Lukas
durdonalari bilan to‘ldirilgan.
hozirda muzeyda ingliz rassomlari asarlari kolleksiyasi XVIII
asr portretlarini, ya’ni Angliyaning madaniyati rivojlangan davrni
va XIX asr asarlarini o‘z ichiga oladi. 1-qavatda Geynsboro, Rey-
nolds va Lourens kartinalari kolleksiyasi joylashgan.
XVII asrdagi Ispaniya va Fransiya o‘rtasida yaqin munosabatlar
hamda ispan qirollari Filip IV va Filip V tomonidan san’at asarla-
rini sotib olinishi, Pradodagi fransuz rassomchiligi kolleksiyasining
asosini tashkil etadi. 1-qavatda Pussen va Loren asarlari namoyish
etilgan. Muzeyda 4000 mingtaga yaqin rasmlar bor. Ularning orasida
eng yirik kolleksiya Goya rasmlari va estamplari, u rassomning
500 ta asarini o‘z ichiga olgan.
XVI-XIX asrlarda Italiyaga olib kelingan 220 dan ortiq klassik
haykallar bu janrning arxaika davridan ellinizm va Rim davriga qadar
rivojlanganini ko‘rsatadi. kolleksiyani haykaltarosh Leon asarlari
to‘ldirib turadi.
Muzey zallarida XVI-XVIII asrlarga tegishli haykallar, yozuv
stollari, kulollik buyumlari va kichik haykalchalar qo‘yilgan. Ular
Filip V ga otasidan meros qolgan. Bugungi kunda muzeyda tema-
tik ko‘rgazmalar o‘tkazib turiladi. Muzey eksponatlari muntazam
ravishda boshqa davlatlarga olib chiqib, ko‘rgazmalar qilinadi. 2006-
yili Budapeshtda Ispan rassomchiligining 500 yilligi ko‘rgazmasida
Prado kartinalari namoyish etildi
40
.
Do'stlaringiz bilan baham: |