74
oilasining uy- joy mulki bo‘lgan, lekin afsuski, 1230-yilgacha eymon
de shallan qasrga egalik qila boshlagan yillargacha qasr to‘g‘risida
ma’lumot yo‘q. Deyarli 100 yil, 1330-yildan to 1426-yilgacha, avval
Eymon, so‘ngra o‘g‘li Bonifitsiy I tomonidan boshqarilgan yillar qasr
uchun eng muhim davr bo‘lgan.
Qasrni modernizatsiya qilish eymon tomonidan 1340-yilda bosh-
lanib, Bonifatsiy tomonidan davom ettirilgan. Afsuski, eymon-
ning nevaralari va evaralari ham XIV asrga olib chiqilgan qasrning
me’moriy statusini saqlab qola olishmadi. XV asrda Fenis qasrining
qayta qurish rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, ko‘p sonli taxt talashuvlari
yoki qasr egalarining tasodifiy o‘limlari tufayli amalga oshmagan.
shallan oilasi XVII asr oxirigacha qasrga egalik qilishgan. oxirgi
10 yilliklar ichida qasrda hech qanday restavratsiya va
xonalarni qay-
ta qurilish ishlari olib borilmagan. Qurilish ishlari doim qilinmasdi,
agar bajarilgan taqdirda ham yuzaki oqlab qo‘yish bo‘lgan. Qasr de-
vorlari nafaqat o‘zining sekin-asta yemirib borilishidan tashqari, qasr
xo‘jayinlarining ham o‘limlariga guvoh bo‘lgan.
1716-yil salyuche-Pezana oilasi qasrni 90 ming livrga sotib olib,
unga egalik huquqini kiritdi. Qasr 20 yil bo‘shab yotgani sababli,
uning pollari yorilib, shiftlari qulab tushadigan ko‘rinishga keldi.
XVIII asr davomida qasrni xo‘jalik binosi sifatida foydalanilishi-
ning hayratlanarli joyi yo‘q. Birinchi qavatni og‘ilxona va otxona
qilindi, ikkinchi qavatdan esa omborxona
sifatida foydalana bosh-
lashdi. Ana shunday ho‘rlangan holda, qasrdan to 1895-yilning
sentabr oyida Italiya elchisi Jozef Rosse egalik qilgunicha, salkam
ikki yuz yil foydalanildi.
elchi Fenis qasrining yangi xo‘jayini sifatida atigi bir kun faoliyat
ko‘rsatdi, ertasiga qasrni hokimiyatga sotib yubordi. Ana shu kun-
dan foydalanib qasrning muzey sifatidagi faoliyati boshlandi. Uzoq
muddatli restavratsiya va rekonstruksiyalardan so‘ng, qasr
hududida
mebellar va interyerlar muzeyi ochildi. Bunda kelgan tomshabinlarga
turli tarixiy davrlardagi uy-joy holati, mebellari taqdim etilgan.
Qasrning arxitektura ko‘rinishi beshburchakli bo‘lib, har bir
burchagida doira shakldagi minoralar joylashgan, janubi-shar-
75
qiy va janubdagi minoralar qolganlaridan
farqli ravishda kvadrat
ko‘rinishida. Qasrning, Donjon, bosh minorasini parapet aylanasi
bilan birlashgan qo‘riqchi minoralar ikki qavatli devori bilan hi-
moya qiladi. Ilgari qasrga xavf tug‘ilganda panjara bilan to‘siladigan
kvadrat minora orqali kirilar edi.
Qasrning birinchi qavatida tomoshabin parad zali, omborxona,
oshxona, mashqlar uchun zal va shallan oilasi qo‘l ostidagilaridan
oladigan soliqlarni yig‘ish uchun mo‘ljallangan xonalarni ko‘rish
mumkin. Ikkinchi qavatida esa uy kapellasini
va kichkinagina qa-
bul-xonani hamda qasr egalarining shaxsiy Vikontlar xonasi deb ata-
luvchi xonalarni ko‘rish mumkin. Qasrning ichki devori yog‘ochli,
terrasali, yarim aylana zinapoya bilan ishlangan. Fenis qasrining de-
vorlaridagi freskalar asosiy e’tiborni tortadi. Tarixchi tekshiruvchi-
lar bu freskalarni 1425—1430-yillarga oid deb hisoblashadi. Ishlar
Jakerio rassom tomonidan ishlangan –mashhur rassom Djakomo
Jakerio san’at maktabida ta’lim olgan shogirdlarni
shunday nom bi-
lan atashar edi.
Freska sahnalari qahramon Georgiy Pobedanossaning ilonni
o‘ldirayotgan jasoratiga, shuningdek, qo‘llarida nasihat va aforizm-
lari eski fransuz tilida yozilgan qadimiy
manuskriptlari bilan turgan
turli payg‘ambar va donishmandlarga bag‘ishlangan
38
.
Do'stlaringiz bilan baham: