Музейшунослик indd


Fenis qasridagi mebellar muzeyi



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/94
Sana01.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#288044
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   94
Bog'liq
muzeyshunoslik BOSMAGA 1 (2)

Fenis qasridagi mebellar muzeyi
Italiyaning shimoliy qismida Valle d’osta san’atshunoslik provin-
siyasi, sayyohlar orasidagi mashhur chang‘i kurorti, d’osta provinsi-
yasi markazidan uncha uzoqda bo‘lmagan joyda Fenis qasri joylash-
gan. Bir asr oldin hokimiyat xususiy mulkchilikdan sotib olib, uzoq 
muddatli restavratsiyalardan so‘ng 1936-yil bu yerda  ajoyib me-
bellar va interyerlar muzeyi ochildi. o‘rta asrning yorqin namu-
nasi bo‘lgan qasr o‘zining vazifasi bo‘yicha ishlatilmagan – harbiy 
yoki himoya maqsadida foydalanilgan. Lekin hozirgi vaqtda uning 
ko‘rinishi yaxshi saqlanib qolingan. Uning qurilishi to‘g‘risidagi 
aniq ma’lumotlar bizgacha yetib kelmagan. Fenis qasri provinsiyan-
ing janubi-g‘arbidagi sen Jyulen tog‘lari etagida, hamma tomondan 
o‘ralgan yerda joylashgan.
Fenis qasri to‘g‘risidagi birinchi yozma ma’lumotlar 13 yuz yillik 
sanalari yozilgan qo‘lyozmalarda uchraydi. o‘shanda qasr Vikonta 
d’osta oilasiga qarashli bo‘lgan. 1242-yildan boshlab qasr shallan 
37
 Bulding National Museums in Europe 1750-2010, 306 p.


74
oilasining uy- joy mulki bo‘lgan, lekin afsuski, 1230-yilgacha eymon 
de shallan qasrga egalik qila boshlagan yillargacha qasr to‘g‘risida 
ma’lumot yo‘q. Deyarli 100 yil, 1330-yildan to 1426-yilgacha, avval 
Eymon, so‘ngra o‘g‘li Bonifitsiy I tomonidan boshqarilgan yillar qasr 
uchun eng muhim davr bo‘lgan.
Qasrni modernizatsiya qilish eymon tomonidan 1340-yilda bosh-
lanib, Bonifatsiy tomonidan davom ettirilgan. Afsuski, eymon-
ning nevaralari va evaralari ham XIV asrga olib chiqilgan qasrning 
me’moriy statusini saqlab qola olishmadi. XV asrda Fenis  qasrining 
qayta qurish rejasi ishlab chiqilgan  bo‘lib, ko‘p sonli taxt talashuvlari 
yoki qasr egalarining tasodifiy o‘limlari tufayli amalga oshmagan.
shallan oilasi XVII asr oxirigacha qasrga egalik qilishgan. oxirgi 
10 yilliklar ichida qasrda hech qanday restavratsiya va xonalarni qay-
ta qurilish ishlari olib borilmagan. Qurilish ishlari doim qilinmasdi, 
agar bajarilgan taqdirda ham yuzaki oqlab qo‘yish bo‘lgan. Qasr de-
vorlari nafaqat o‘zining sekin-asta yemirib borilishidan tashqari, qasr 
xo‘jayinlarining ham o‘limlariga guvoh bo‘lgan.
1716-yil salyuche-Pezana oilasi qasrni 90 ming livrga sotib olib, 
unga egalik huquqini kiritdi. Qasr 20 yil bo‘shab yotgani sababli, 
uning pollari yorilib, shiftlari qulab tushadigan ko‘rinishga keldi.  
XVIII asr davomida qasrni xo‘jalik binosi sifatida foydalanilishi-
ning hayratlanarli joyi yo‘q. Birinchi qavatni og‘ilxona va otxona 
qilindi,  ikkinchi qavatdan esa omborxona sifatida foydalana bosh-
lashdi. Ana shunday ho‘rlangan holda, qasrdan to 1895-yilning 
sentabr oyida Italiya elchisi Jozef Rosse egalik qilgunicha, salkam 
ikki yuz yil foydalanildi. 
elchi Fenis qasrining yangi xo‘jayini sifatida atigi bir kun faoliyat 
ko‘rsatdi, ertasiga qasrni hokimiyatga sotib yubordi. Ana shu kun-
dan foydalanib qasrning muzey sifatidagi faoliyati boshlandi. Uzoq 
muddatli restavratsiya va rekonstruksiyalardan so‘ng, qasr hududida 
mebellar va interyerlar muzeyi ochildi. Bunda kelgan tomshabinlarga 
turli tarixiy davrlardagi uy-joy holati, mebellari taqdim etilgan.
Qasrning arxitektura ko‘rinishi beshburchakli bo‘lib, har bir 
burchagida doira shakldagi minoralar joylashgan, janubi-shar-


75
qiy va janubdagi minoralar qolganlaridan farqli ravishda kvadrat 
ko‘rinishida. Qasrning, Donjon, bosh minorasini parapet aylanasi 
bilan birlashgan qo‘riqchi minoralar ikki qavatli devori bilan hi-
moya qiladi. Ilgari qasrga xavf tug‘ilganda panjara bilan to‘siladigan 
kvadrat minora orqali kirilar edi.
Qasrning birinchi qavatida tomoshabin parad zali, omborxona, 
oshxona, mashqlar uchun zal va shallan oilasi qo‘l ostidagilaridan 
oladigan soliqlarni yig‘ish uchun mo‘ljallangan xonalarni ko‘rish 
mumkin. Ikkinchi qavatida esa uy kapellasini va kichkinagina qa-
bul-xonani hamda qasr egalarining shaxsiy Vikontlar xonasi deb ata-
luvchi xonalarni ko‘rish mumkin. Qasrning ichki devori  yog‘ochli, 
terrasali, yarim aylana zinapoya bilan ishlangan. Fenis qasrining de-
vorlaridagi freskalar asosiy e’tiborni tortadi. Tarixchi tekshiruvchi-
lar bu freskalarni 1425—1430-yillarga oid deb hisoblashadi. Ishlar 
Jakerio rassom tomonidan ishlangan –mashhur rassom Djakomo 
Jakerio san’at maktabida ta’lim olgan shogirdlarni shunday nom bi-
lan atashar edi.
Freska sahnalari qahramon Georgiy Pobedanossaning ilonni 
o‘ldirayotgan jasoratiga, shuningdek, qo‘llarida nasihat va aforizm-
lari eski fransuz tilida yozilgan qadimiy manuskriptlari bilan turgan 
turli payg‘ambar va donishmandlarga  bag‘ishlangan
38
.

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish