Музейшунослик indd



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/94
Sana01.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#288044
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   94
Bog'liq
muzeyshunoslik BOSMAGA 1 (2)

Sfors qasri muzeyi
Milan shahrining qoq markazida shaharning ko‘p asrlik tarixi bilan 
bog‘langan sfors qasri joylashgan. ko‘p yillar davomida mustahkam 
devorlari tashqi dushmanlarning ber necha bora qilgan hujumlaridan 
va shahar ichidagi taxt talashuvlaridan aziyat chekkan, katta yoshli 
qasr bir necha marotaba qayta tiklangan. XX asr boshlarida taniqli 
arxitektor va restavratorlar qasrga hozirgi vaqtgacha tashrif buyuruv-
chilarni hayratga solayotgan ko‘rinishini berishgan. hozirgi vaqtda 
qasrda bir qator (musiqiy asboblar muzeyi, qadim misr muzeyi, ta-
rixga oid va b.) muzeylar mavjud.
38
 Bulding National Museums in Europe 1750-2010, 308 p.


76
Bizning davrimizda ajoyib va mag‘rur qasr  Milan tarixiy marka-
ziga joylashdi. Qadimda XIV boshlarida, qasrning ilk g‘ishtlari terila-
yotganda, uni markazdan chetroqqa qurish rejalashtirilgan edi. Umu-
man olganda, qasr himoyalovchi, mustahkam mudofaa vazifasini 
o‘tash uchun qurilgan. Inshootning tamal toshi, sulolasi Milanni ikki 
asr (1277 - 1447) boshqargan gersog Galeatsso II Viskonti boshqargan 
paytdan, 1368-yilda qo‘yilgan. sfors qasrining qurilishini esa Milan 
hokimiyatini 1450-yilda bosib olgan Franchesko sforsa boshqardi.
1466-yil Franchesko sfors vafotidan so‘ng, uning vorislari qasrni  
gersog qarorgohiga xos ko‘rinish berib qurilishni davom ettirishadi. 
Bezak ishlariga o‘sha davrning mohir ustalari Leonardo da Vinchi, 
Bramante, Filaretelarni chaqirishadi. Aynan shu davrda qasrning 
hozirgi vaqtgacha o‘zining go‘zalligini yo‘qotmagan, muhtasham 
interyerlari yaratilgan. Qasrda ichki hovlichalar, arkadalar bilan 
o‘ralgan go‘zal maydon paydo bo‘ldi. 
XV asr oxirlarida qasr eng go‘zal va boy qasrlardan biri bo‘ldi. 
Italiya urushi boshlanganidan so‘ng qasr xo‘jayini Lyudovik sfors 
qasrni tashlab qochib ketdi, uning barcha mol-mulkini fransuz qiroli 
Lyudovik XII egallab oldi.
Biroq uning vakili Fransisk I qasrga nisbatan sovuqqon bo‘lgan, 
chunki u fransuz shamborini va italyan Montenblo qasrlarini xush 
ko‘rar edi. Qasr doimiy bo‘sh turaverdi, 1521-yil chaqmoq ta’siridan 
Filiarete minorasi qulab tushdi, omboridagi poroxning portlashi nati-
jasida katta talofat ko‘rdi. Yaxshiyamki, atrofdagilarga zarar tegma-
di. Ispanlar boshqaruvi davrida qasr o‘zining asl mudofaa vazifasini 
o‘tadi. shahar mudofaa binolarini mustahkamlash vazifasi bilan ispan 
yer egasi Ferrante Gonzaga shug‘ullanib, qasrni yulduz shaklidagi 
qurilishlar qatoriga qo‘shdi.
napaleon boshqaruvi paytida, vatanparvar gersoglar hukmronligi-
ga qarshi xalq bir necha marotaba imperatorga gersoglarning g‘ururi 
bo‘lgan sfors qasrini fransuz Bastiliya qasriga o‘xshab buzib tashlash 
talabi bilan chiqishgan. Lekin imperator bu talabni rad etib, fransuz 
harbiylarini joylash uchun qal’aning bir qator eski qurilmalarini qayta 
tiklashga buyruq berdi. Ko‘p sonli zallar va eskirib ketgan fortifikat-


77
sion inshootlar buzib tashlanib, qasrning katta hududi skverga aylan-
gan. 1833-yil qasrda katta masshtabli restavratsion ishlar boshlanib, 
sfors qasri o‘rta asrlar ruhidagi romantik uslubini qayta tiklab oldi.
Qasrning qayta tiklash ishlari ancha cho‘zilib ketdi. 1861-yil umumiy 
mustaqil Italiya davlati qayta tiklangach, yangidan kuch to‘planib qu-
rildi. Qasr birinchilardan bo‘lib qayta tiklanuvchi inshootlar ro‘yxatiga 
tushib, rekonstruksiyasining loyihasi milanlik arxitektor Lukoy Bertra-
mi tomonidan taklif etilgan. Loyiha qasrning VI asrlik umri davomidagi 
turli yozishmalarda keltirilgan ta’riflarga, qasrning mudofaasi tasvirlan-
gan suratlarga qarab, ularni o‘rganib chiqib ishlab chiqilgan.
Qayta tiklangan qasrga ilk tashrif buyuruvchilar 1900-yilning 
bahor oyida kirishga musharraf bo‘lishgan. Rasmiy restavratsiya 
ishlari 1905-yilda tugallangan. shundan keyin qasr shahar va shahar 
aholisiga sovg‘a qilingan. o‘tgan asrlar davomida qasrda bir qator 
muzeylar shakllana boshlandi.
Qasrning birinchi qavatida muzeyning barcha boy eksponatlari 
joylashgan: Leonardoning freskasi, Bellinining polotnosi, Mantene, 
korredjo, Lippo va b.. Qasrdagi eng e’tiborga sazovor eksponat deb, 
buyuk Mikelandjoning oxirgi ishi, tugallanmagan haykal — “Petu 
Rondanini” hisoblanadi. Ikkinchi qavatdagi tinch galereyada musiqa 
asboblari galereyasi va sfors oilasiga tegishli bo‘lgan o‘rta asrning 
ajoyib gobelenlar (devorga osib qo‘yiladigan suratli gilam) kolleksi-
yasi joylashgan.


78

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish