Foilotun foilotun foilon
Jonima payvasta novak otqoli,
G‘amza o‘qin qoshig‘a yolabmudur?
Foilotun foilotun foilon”
Bu o‘rinda Alisher Navoiy tuyuqning uch jihatiga: ikki baytli bo‘lishi, tajnisga asoslanishi va maxsus vaznda – ramali musaddasi maqsur (mahzuf)da yozilishiga diqqat qaratyapti. Bobur “Muxtasar”da tuyuqning nav’lari haqida gapirib, tajnissiz tuyuq ham mavjud bo‘lishini aytadi.
Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotida jami 13 tuyuq mavjud bo‘lib, 11 tasi aa ba, 2 tasi ba va tarzida qofiyalangan. Barcha tuyuqlar “Badoe’ ul-vasat” devoniga kiritilgan.
Turkiy adabiyotdagi dastlabki tuyuq Lutfiy devonida uchraydi, lekin N.Mallaevning yozishicha, turkiy adabiyotda tuyuqning ilk namunalari Burhoniddin Sivosiy tomonidan yaratilgan.
“Xazoyin ul-maoniy”ni yakunlovchi janr fard bo‘lib, (ar. “yakka”, “yolg‘iz”) bir baytdangina iborat eng kichik mustaqil she’r shakli hisoblanadi. Fard a-a yoki a-b tarzida qofiyalanadi. Fard bir baytdangina iborat bo‘lsa-da, unda muhim falsafiy-axloqiy masala qalamga olinib, ixcham poetik xulosa ifodalanadi. SHu ma’noda fardlar ko‘pincha aforizm xarakteriga ega bo‘ladi:
G‘ofil o‘lma, nazardin itsa adu,
SHam’ o‘churganda, el ko‘rinurmu...
Kishi aybing desa dam urmag‘ilkim, ul erur ko‘zgu,
CHu ko‘zgu tiyra bo‘ldi, o‘zga aybing zohir aylarmu?
Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy”sida 86 ta fard mavjud bo‘lib, 82 tasi qofiyali, 4 tasi esa qofiyasizdir. Fardlarning barchasi “Favoyid ul-kibar” devoniga kiritilgan.
Turkiy adabiyotda fardning ilk namunasi Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asarida uchraydi.
Tayanch tushunchalar
baytli she’r shakli
g‘azal
begona bayt
musajja’
muraddaf g‘azal
mustazod
ruboiy
ruboiyi xosiy
taronai ruboiy
tuyuq
qit’a
qasida
qasidai mujarrada
qasidai tom
muxammas
tab’i xud muxammas
o‘z g‘azaliga taxmis
taxmis
musaddas
tasdis
soqiynoma
tarkibband
tarji’band
masnaviy
lug‘z
qit’a
muammo
fard
Nazorat savollari
“Xazoyin ul-maoniy”da mavjud janrlarni sharhlashga harakat qiling.
Alisher Navoiygacha bo‘lgan shoirlar ijodida qaysi janrlar mavjud bo‘lgan?
Alisher Navoiy yaratgan g‘azallarni ma’no jihatdan qanday guruhlarga bo‘lish mumkin?
Tarkibband va tarji’band janrlarini qaysi janriy belgilarga ko‘ra farqlash mumkin?
Masnaviy janr va shakl sifatida namoyon bo‘lganda ularni qanday belgilar bilan farqlash mumkin deb o‘ylaysiz?
Kulliyotdagi kichik lirik janrlarga tavsif bering.
Devondan o‘zingizga yoqqan biror g‘azalni yod oling va uni g‘oyaviy-badiiy jihatdan sharhlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |