Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik


Bahri urfon duri Sayyid Hasan ulkim aflok



Download 335,49 Kb.
bet27/92
Sana12.05.2023
Hajmi335,49 Kb.
#937694
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   92
Bog'liq
Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik

Bahri urfon duri Sayyid Hasan ulkim aflok,
Etti durji aro bir ko‘rmadi andoq duri pok.

Tarkibband ramal bahrining ramali musammani solimi maxbuni mahzuf vaznida (ruknlari va taqti’i: foilotun failotun failotun failun – V – – / V V – – / V V – –/ V V – ) yozilgan.


“Xazoyin ul-maoniy”dan o‘rin olgan bitta masnaviy ham Sayyid Hasan Ardasher nomi bilan bog‘liq. Ma’lumki, masnaviy arabcha “ikkilik” ma’nosini bildirib, har bandi ikki misradan tarkib topuvchi va a-a, b-b, v-v… tarzida qofiyalanuvchi she’r turidir. Navoiy o‘zining “Sab’ai sayyor” dostonida bu janrni alohida tavsiflab, uni “vase’” – keng maydon deb ataydi:
Masnaviykim, burun dedim oni,
So‘zda keldi vase’ maydoni.
Mumtoz adabiyotimiz tarixida yaratilgan masnaviylarni shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin:

  1. lirik masnaviy (shoirning lirik kechinmalari, his-tuyg‘ulari ifoda etiladigan she’r shakli);

  2. epik masnaviy yoki doston (syujet asosiga quriladigan katta hajmli asar).

“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidan o‘rin olgan masnaviy lirik masnaviy bo‘lib, “G‘aroyib us-sig‘ar” devoniga kiritilgan. Masnaviy she’riy maktub tarzida yozilgan. Masnaviyda Alloh hamdi va Payg‘ambar na’tidan so‘ng Sayyid Hasan Ardasher shaxsiga ta’rif-u tahsinlar aytiladi:
Vafo anga pesha, saxo anga fan,
Vafovu saxo koni Sayyid Hasan.
Unda shuningdek, so‘z ta’rifi, she’r va shoirlik, badiiy ijod bilan bog‘liq masalalar ham qalamga olingan.
“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi navbatdagi janr qasidadir. Qasida arabcha “maqsad”, “niyat” ma’nolarini bildirib, biror tarixiy shaxs yoki voqeaga bag‘ishlab yoziladigan katta hajmli she’r turi hisoblanadi. Qasidalar hajman 12 baytdan bir necha yuz baytgacha bo‘lishi mumkin.
Qasida g‘azal singari a-a, b-a, v-a, g-a … tarzida qofiyalanadi. Ayrim hollarda masnaviy singari qofiyalanishi ham mumkin. Qasida tuzilishiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi:
1. Qasidai tom (to‘liq qasida) – bunda qasida to‘rt qismdan tarkib topadi:
a) nasib – lirik kirish (tabiat tasviri);
b) gurizgoh – nasib bilan madhni bog‘lovchi, 4-5 baytdan tashkil topuvchi qism;
s) madh – asosiy qism;
d) qasd – mamduh (madh etilayotgan shaxs)ga niyat va istaklar bildirilagan qism.
2. Qasidai mujarrada (chala qasida) – bunda faqat madh keltiriladi.
Qasidalar mavzusiga ko‘ra vasf, madh, hajv, marsiya, munojot va falsafiy qasidalarga bo‘linadi. Turkiy adabiyotdagi ilk qasida “Devonu lug‘otit turk”da “qo‘nug‘” shaklida uchraydi.
Alisher Navoiyning mazkur kulliyotga kirgan qasidasi “Hiloliya” bo‘lib, uchinchi devon “Badoe’ ul-vasat”dan o‘rin olgan. Qasida tuzilishiga ko‘ra to‘liq, mavzusiga ko‘ra esa madh qasida hisoblanadi. Hajman 91 baytdan iborat. Qasida 1469 yilning 14-aprelida ramazon hayiti kuni yozib tugallangan va Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda shohga taqdim etilgan. Qasidaning “Hiloliya” deb atalishiga sabab, shoir Husayn Boyqaroning taxtga o‘tirishini yangi chiqqan oy – hilolga qiyos qiladi.
Qasidaning kattagina, ya’ni uchdan ikki qismi kirish – nasib va gurizgohdan tashkil topgan. “Hiloliya” quyidagi bayt bilan boshlanadi:
Chun nihon qildi turunji mehr raxshon tal’atin,
Oshkor etti falak bir tavqi g‘abg‘ab hay’atin.
Qasidadagi nasib va gurizgoh muayyan syujet asosiga qurilgan. Unga ko‘ra, shoir oydin oqshomlardan birida osmonga sayr qilib, u erda etti qavat falakda joylashgan sayyoralar – Oy, Utorud, Zuhra, Quyosh, Mirrix, Mushtariy, Zuhalni uchratadi. Ularning har biri shohning taxtga o‘tirish marosimiga hozirlik ko‘rayotgan edilar. Navoiy kotiblar homiysi Utorud huzuriga borganda, Utorud unga Husayn Boyqaro madhiga bag‘ishlangan she’rini o‘qib beradi. Uning matla’si quyidagicha edi:
Ey, sening qoshing qilib zohir yangi oy xijlatin,
V-ey, yuzung sharmanda aylab iydi akbar tal’atin.
Ushbu matla’ni eshitgan shoirning rashki kelib, o‘zining ta’bi quvvatini ko‘rsatib qo‘yish maqsadida ushbu matla’ni o‘qiydi:

Download 335,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish