Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik


Xarobot aro kirdim oshuftahol



Download 335,49 Kb.
bet25/92
Sana12.05.2023
Hajmi335,49 Kb.
#937694
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   92
Bog'liq
Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik

Xarobot aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda sing‘an safol.


II
Ketur, soqiyo, mujdae jomdin
Ki, pajmurda bo‘lmishmen anjomdin.


Bu gulshan guliga chu yo‘qtur vafo,
Ne parhez etay jomi gulfomdin?


CHu yo‘q shomi hijron xumorig‘a subh,
Ichib anglamay subhni shomdin.


Xalos aylay o‘zni mayu nuqlning
Suyu donasi birla bu domdin.


Bo‘lay dayr pirig‘a andoq murid
Ki, yod etmayin shayxul-islomdin.


Kiray dayr aro uyla majnunu mast
Ki, ketsun xirad xos ila omdin.


Solay bir alolo xarobot aro
Ki, chiqsun fig‘on ahli ayyomdin.


Xarobotiy o‘lmog‘lig‘im, zohido,
Suol etma men zori badnomdin.


Garav qilg‘ali mayg‘a chun qolmadi
Ne tasbihu ne xirqa, nokomdin.


Xarobot aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda sing‘an safol.
Ko‘rinadiki, bandlar oxiridagi bayt (vosila bayt) o‘zaro mustaqil qofiyalangan misralardan tashkil topgan. Bu misralar qolgan bandlar so‘ngida ham takrorlanadi.
YUqoridagi tarji’band tasavvufiy-falsafiy mavzuda. Unda o‘zligini va shu orqali Allohni izlayotgan, dunyo tartibotini, undagi siru sinoatlarni anglashga intilayotgan solikning ruhiyati aks ettirilgan.
“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidan o‘rin olgan ikkinchi tarji’band “Jahon qasrig‘adur su uzra bunyod” misrasi bilan boshlanib, hajman 8 band (bandlar 11–12 baytli), 103 baytni o‘z ichiga oladi. Tarji’band “Navodir ush-shabob”dan o‘rin olgan. Ushbu tarji’band ham tasavvufiy-falsafiy mavzuda bo‘lib, unda buyuk mutafakkirning jahon – borliq haqidagi fikrlari, dunyoning bevafoligi, umrning o‘tkinchiligi bilan bog‘liq qarashlari aks etgan. Tarji’banddagi barcha bandlar “jahon” so‘zi bilan boshlanadi va shu orqali shoir kitobxon diqqatini o‘zi aytmoqchi bo‘lgan asosiy fikrga qayta-qayta jalb qiladi. Tarji’banddagi vosila baytda ham ushbu so‘z takrorlanadi:
Baqosizdur jahon ra’nosi valloh,
Jahon ra’nosi yo‘qkim mosivalloh.
“Badoe’ ul-vasat” devoniga kiritilgan tarji’band ishqiy mavzuda bo‘lib, “Ey kirpiki neshu ko‘zi xunxor” misrasi bilan boshlanadi. Hajman 7 band (har bir band 8 bayt), 56 baytdan iborat. Tarji’bandda bir paytlar yori bilan hamnafas, ulfat bo‘lgan, endilikda g‘addor taqdirning zulmi bilan sevgilisidan ayrilgan oshiqning ruhiy kechinmalari bayon qilinadi. Navoiyshunoslikda ushbu tarji’band “Sevginoma” deb atalgan (A.Qayumov). Vosila bayt:
Yodingni qilay harifi majlis,
Fikringni etay ko‘ngulga munis...
“Xazoyin ul-maoniy”dagi so‘nggi tarji’band “To xarobot aromen durdoshom” misrasi bilan boshlanadi. Hajman 10 band (har bandda 11 bayt), 110 baytdan iborat bo‘lib, “Favoyid ul-kibar” devoniga kiritilgan. Tarji’band ilohiy ishq mavzusida bo‘lib, uning lirik qahramoni o‘z tabiati va ishqdagi martabasiga ko‘ra “Lison ut-tayr” dostonidagi SHayx San’on timsolini yodga soladi. Tarji’banddagi vosila bayt quyidagicha:
YAna mug‘ dayrig‘a kirdim sarmast,
May tut, ey mug‘bachai bodaparast!
Ulardan “Ey kirpiki neshu ko‘zi xunxor” deb boshlanadigan tarji’bandni ko‘rib chiqsak. Tarji’band 7 banddan iborat bo‘lib, har bir band 8 baytni o‘z ichiga oladi. Uning umumiy hajmi 56 bayt – 112 misra.
Tarji’band ishqiy mavzuda bo‘lib, quyidagi band bilan boshlanadi:
Ey kirpiki neshu ko‘zi xunxor,
Jonimni necha qilursen afgor.


La’ling g‘amidin ko‘ngulda erdi,
Har qonki sirishkim etti izhor.


Hayhotki, hajring ilgidindur
Jonimda alam, tanimda ozor.


YUzungni ko‘rub meni ramida,
Ishq o‘tig‘a bo‘lgali giriftor.


Sen erding majlisim harifi
Kim, edi hasad sipehri g‘addor.


YUz hasrat ila yo meni ayirdi
Vaslingdin, ayo, xujasta diydor.


Emdiki firoq aro tushubmen,
Topquncha yana harif, yo yor.



Download 335,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish