Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik


Bitta dostonga javob yozgan mualliflar18



Download 335,49 Kb.
bet33/92
Sana12.05.2023
Hajmi335,49 Kb.
#937694
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   92
Bog'liq
Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik

Bitta dostonga javob yozgan mualliflar18
Bu guruhni g‘oyaviy yo‘nalishiga qarab ikkiga ajratish mumkin:

  1. Maxzan ul-asror” tipida doston yozgan mualliflar:

Osafiy Hiraviy, Nargisiy, G‘iyosiddin Sabzavoriy, Fosih Rumiy, Sayyid Qosimiy.

  1. Layli va Majnun” tipida doston yozgan mualliflar:

SHayxim Suhayliy, Ali Ohiy, Xoja Imod Loriy, Xoja Hasan Xizrshoh, Zave Qozisi.
Xamsachilik tarixida fors-tojik adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Abdurahmon Jomiy (1414-1492) beshligi alohida o‘rin tutadi. Jomiy ijodkor bo‘lish bilan birga so‘fiy ham edi, bu holat u yaratgan asarlarda ham namoyon bo‘ladi. SHarqshunos olim Konradning ta’biri bilan aytganda, “u – shoir, u – faylasuf, u – filolog, u – musiqashunos. Lekin shu bilan bir qatorda u ko‘proq so‘fiy. Uning uchun borliqni anglashning ikki ko‘rinishi mavjud – borliq sirlari va ijod sirlari” (Konrad N.I. Zapad i Vostok, 276-bet).
Adabiyotshunoslikda Jomiyning “Xamsa” yozgan-yozmaganligi bilan bog‘liq bahsli fikrlar mavjud. Ayrim adabiyotshunoslar Jomiy dostonlariga “Xamsa” tarzida emas, balki ettilik –“Haft avrang” (“Salomon va Absol” hamda “Silsilat uz-zahab” dostonlarini ham qo‘shgan holda) shaklida qarash zarurligini ta’kidlaydilar. Lekin Jomiyning o‘zi “Xiradnomai Iskandariy” xotimasida o‘z asarini “Panj ganj” deb ataganligi uchun Jomiyni “Xamsa” yaratgan ijodkorlar qatoriga kiritish to‘g‘riroq bo‘ladi.
Abdurahmon Jomiy “Xamsa”sining birinchi dostoni “Tuhfat ul-ahror” 1481 yilda yaratilgan. Falsafiy-axloqiy masalalarga bag‘ishlangan bu doston Nizomiy “Maxzanu-l-asror”iga javob tarzida vujudga keldi. Dostonlar nomlanishidagi ohangdoshlik, kompozitsion qurilishdagi o‘xshashlik va qo‘llanilgan she’riy o‘lchov bu fikrni tasdiqlaydi.
1482-83 yillarda “Xamsa”ning ikkinchi dostoni “Subhat ul-abror” (“YAxshi kishilarning tasbehi”) maydonga keldi. An’anaga muvofiq, xamsaning ikkinchi dostoni ishqiy mavzuga bag‘ishlanishi kerak edi. Lekin Jomiy bu o‘rinda an’anadan butunlay chekinib, falsafiy yo‘nalishdagi yana bir doston yaratadi. Lekin u birinchi doston kabi 20 ta maqolatdan emas, balki 40 ta bo‘lim – “iqd” (tasbeh donasi)dan iborat bo‘lib, har bir nazariy qismdan keyin alohida hikoyat va munojot ilova qilib boriladi.
Abdurahmon Jomiy beshligidagi uchinchi doston “YUsuf va Zulayho” deb atalib, 1483 yilda yaratilgan. Nizomiy beshligida bunday mavzu va syujetdagi doston uchramaydi. Jomiy “Xusrav va Shirin” mavzusidagi an’anaviy doston yaratishdan voz kechib, Qur’onda “ahsan ul-qisas” – “qissalarning sarasi” deb ta’riflangan YUsuf qissasi bayoniga bag‘ishlangan “YUsuf va Zulayho” dostonini yaratadi.
Abdurahmon Jomiy “Xamsa”sidagi to‘rtinchi doston “Layli va Majnun” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, 1483 yilda yaratilgan. “Xamsa”dagi so‘nggi – beshinchi doston “Xiradnomai Iskandariy” ham Jomiyning an’anaga rioya etishi bilan xarakterlanadi. Ko‘rinadiki, Abdurahmon Jomiy yaratgan masnaviy-dostonlar orasida falsafiy yo‘nalishdagi dostonlar etakchi o‘rinda turishi bilan xarakterlanar ekan.
Fors adabiyotida Nizomiy beshligiga birinchi javob bitgan ijodkor Xusrav Dehlaviy bo‘lsa, Navoiy bu vazifani turkiy tilda ado etdi. Navoiy beshligida xamsanavislikning barcha shartlariga qat’iy amal qilinganligini ko‘ramiz. CHunki xamsanavislik an’anasidan bir oz bo‘lsa-da chekinish, turkiy tilda xamsadek buyuk asarni yozib bo‘lmaydi degan fikrga olib kelishi mumkin edi. Navoiy o‘z “Xamsa”si misolida an’anaviy shakl doirasida ham yangi fikr ayta olish imkoniyatini, belgilab berilgan shakllarni jilvalantirish usullari mavjudligini ko‘rsatib berdi va uning bu asari umumjahon adabiyotining yuksak cho‘qqisi bo‘lib qoldi. Navoiy "Xamsa"si ajdodlarimiz ma’naviy holatining ko‘zgusi bo‘lib, unda o‘tmish davr ijtimoiy turmushi, xalq hayoti, urf-odatlari, din-diyonat, axloq-odob haqidagi qarashlar o‘z aksini topgan. Navoiy "Xamsa"si bir-biri bilan ich-ichidan mustahkam bog‘langan beshta dostonni o‘z ichiga oluvchi yaxlit asardir. Buyuk shoir unda zamonasining barcha dolzarb masalalarini qalamga oladi. Mundarijaviy doston bo‘lmish "Hayrat ul-abror"da shoir umr, uning mazmuni, tabiat, jamiyat va inson munosabatlariga doir savollarni qo‘ysa, keyingi dostonlarda muayyan taqdirlar, voqealar misolida ularga javob berishga harakat qiladi. “Xamsa” dostonlaridagi muqaddimalar dostonlar voqeligiga shunchaki an’anaviy kirish qismi bo‘lmay, balki dostonlar mundarijasi uchun ochqich vazifasini ham o‘taydi. SHu ma’noda muqaddimalarda keltirilgan fikrlarga alohida e’tibor berish dostonlar tagzaminida yashiringan ramziy ma’nolarni ochishga yordam beradi. Aynan muqaddimada buyuk mutafakkirning olam va odam, tabiat, kishilik jamiyati, umr va uning mazmuni haqidagi falsafiy-axloqiy qarashlari, ijodkor sifatidagi buyuk salohiyati u qo‘llagan badiiy timsollar, tashbehu tamsillar vositasida butun bo‘y-basti bilan namoyon bo‘ladi.
Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi birinchi doston “Hayrat ul-abror” ("YAxshi kishilarning hayratlanishi") 1483 yilda yaratilgan edi. Doston 3988 baytdan iborat bo‘lib, 63 bob, 20 maqolat va 20 hikoyatdan tashkil topgan. SHundan KIRISH (muqaddima) 21 bobni o‘z ichiga oladi.
Dostonning birinchi bobi Qur’oni karimdagi bosh ilohiy jumla “Bismillohir rahmonir rahim” (“Mehribon va rahmli Olloh nomi bilan boshlayman”)ning poetik sharhiga bag‘ishlangan. Bu bob nafaqat “Hayrat ul-abror” uchun, balki umuman “Xamsa” uchun ham kirish vazifasini o‘taydi, chunki keyingi dostonlarda biz bu ilohiy jumlani uchratmaymiz. Hazrat Navoiy bu jumlani ikki nuqtai nazardan tahlil qiladi, ya’ni qabul qiluvchilar va rad etuvchilar. Bunda ushbu jumladagi har bir harfga alohida ma’no yuklatiladi. Dastlab rad etuvchilarga to‘xtalinar ekan, ushbu jumladagi har bir harfning bu toifa kishilarini jazolantirishga xizmat qildirilganligini ko‘ramiz. Xususan, “ﺱ” – “sin” harfi haqida gapirilganda, uning shakli nahang balig‘ining umurtqa suyagidagi arradek bo‘lib, rad etuvchilar uchun ofatdek; “ﻢ” – “mim” harfi ilon nafasidek o‘t sochib, yo‘l boshida og‘zini ochgan holda yotadi degan tashbehlardan foydalaniladi. SHu tariqa Navoiy ushbu jumladagi qolgan harflarni ham ushbu maqsadga xizmat qildiradi va kitobot (harf) san’atining betakror namunasini yaratadi.
Ikkinchi toifa, ya’ni qabul qiluvchilarga to‘xtalinganda endi bu harflarning ijobiy ma’no kasb etishini kuzatamiz. Xususan, “ﺱ” “sin” harfi endi salomatlik yo‘lining zinasiga o‘xshatilsa, “ﻢ” – “mim” harfining maqsad manzilidagi buloq boshiga nisbat berilganligini ko‘ramiz. Bularning barchasida Navoiyning yuksak badiiy salohiyati namoyon bo‘ladi.
Dostonning ikkinchi bobi Xoliq, ya’ni Olloh hamdiga bag‘ishlanadi. Mazkur bobda shoir hamma narsani yaratgan Xoliqning osmon va quyoshdan tortib har bir zarrani, butun o‘simliklar va hayvonot olamini, kishilik jamiyatini bir-biriga bog‘lab harakatlantirib turishini cheksiz hayrat bilan tasvirlaydi. Alisher Navoiy “Uning zoti lutf va safodan iborat, lekin vafo isi unga begona” degan fikrlarni ilgari surar ekan, bu o‘rinda tasavvuf ta’limoti asosida fikr yuritilayotganligi ma’lum bo‘ladi.
Dostonning 3-6 boblari (to‘rt bob) munojotlarni o‘z ichiga oladi. Munojotlarda dunyodagi barcha mavjudotlar o‘z yaratganiga doim sajda qilishi zarur, Xudoning qahri kelsa, “ko‘k bir etak kul” kabi sovurilib ketishi hech gap emasligi ta’kidlanadi. SHuning uchun insonlar o‘ylab ish qilishi, gunoh qilishga yo‘l qo‘ymasligi, qiyomat kunini unutmasligi, har bir gunoh uchun qiyomat kuni jazo olajagini esda tutishi, islom dini qoidalariga to‘la rioya qilishi zarurligi uqtiriladi. Navoiy oxirgi munojotda Xudoga murojaat qilib, gunohlarini kechirishini so‘raydi:

Download 335,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish