Laylatul me’rojning sharhi sochi tobindadur,
Qoba qavsayn ittihodi qoshi mehrobindadur.
(“Badoye’ ul-vasat”, 1-muxammas)
Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy”ga kiritilgan 10 ta muxammasidan 3 tasi “malik ul-kalom” Lutfiyga, qolgan 7 tasi esa o‘zining mashhur g‘azallariga bitilgan taxmisdir. Mumtoz adabiyotimiz tarixida ijodkorning o‘z g‘azaliga taxmis bitish hodisasi juda kam uchraydi, Navoiy taxmislari esa shoirning o‘z g‘azallarini beshlantirish asosida vujudga kelganligini ko‘rish mumkin. Demak, aytish mumkinki, hazrat Navoiy muayyan mavzuga doir g‘azal yozar ekan, oradan vaqt o‘tib, shu mavzuga qaytishga ehtiyoj sezgan va shu tariqa o‘z g‘azallarini muxammas holiga keltirgan bo‘lishi mumkin. Mazkur holatni quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin:
Lutfiyga taxmisning 1-misrasi va u kiritilgan devon
|
O‘z g‘azallariga taxmis
|
Muxammasning 1-misrasi va u kiritilgan devon
|
Muxammasga asos bo‘lgan g‘azalning 1-misrasi va u kiritilgan devon
|
Halqayi zulfungda ko‘nglum bo‘lg‘ali g‘am mahrami (“G‘aroyib us-sig‘ar”, 1-muxammas)
|
Ohkim, volih men ul sarvi xiromondin judo (“Navodir ush-shabob”, 2-muxammas)
|
Ne navo soz aylagay bulbul gulistondin judo (“G‘aroyib us-sig‘ar”, 38-g‘azal)
|
Masnadi husn uzra tokim ko‘rmisham ul shohni (“Navodir ush-shabob”, 1-muxammas)
|
Bo‘lmag‘ay erdi jamoling muncha zebo koshki (“Navodir ush-shabob”, 3-muxammas)
|
Ochmag‘ay erding jamoli olam oro koshki (“Navodir ush-shabob”, 625-g‘azal)
|
Sharbati yuhyil izom erni mayi nobindadur (“Badoe’ ul-vasat”, 1-muxammas)
|
Necha, ey oy, mendin ayru aylagay davron seni (“Badoe’ ul-vasat”, 2-muxammas)
|
Kelgil, ey oromi jonimkim, tilaydur jon seni (“Favoyid ul-kibar”, 618-g‘azal)
|
|
Ohkim, tarki muhabbat qildi jonon oqibat (“G‘aroyib us-sig‘ar”, 2-muxammas)
|
Yoshurun dardimni zohir qildi afg‘on oqibat
(“Navodir ush-shabob”, 72-g‘azal)
|
|
Jilva qildi dahr aro ko‘p husni bexamto yigit (“Favoyid ul-kibar”, 1-muxammas)
|
Ko‘nglum oldi bir pariypaykar malaksiymo yigit (“G‘aroyib us-sig‘ar”, 80-g‘azal)
|
|
Ishq o‘tidin jismi zori notavonim o‘rtading (“G‘aroyib us-sig‘ar”, 3-muxammas)
|
Vahki, o‘tluq chehra ochib xonumonim o‘rtading (“Navodir ush-shabob”, 354-g‘azal)
|
|
Ko‘rguzub yuz, ko‘ngluma yuz ming jafomu qilmading (“Favoyid ul-kibar”, 2-muxammas)
|
Ishq o‘tidin qismatim dardu balomu qilmading (“Badoe’ ul-vasat”, 356-g‘azal)
|
O‘zga shoir g‘azaliga taxmis bog‘langanda muxammasning so‘nggi bandida g‘azal muallifi va uni beshlantirayotgan shoir taxallusi keltiriladi. Masalan, Alisher Navoiyning Lutfiy g‘azali asosida yozilgan muxammasining oxirgi bandi quyidagicha:
Har gado egnida bo‘lsa eski to‘n yo choki jayb,
Bilmay asli niyatin qilmoq g‘alatdur shakku rayb,
Ey Navoiy, chun sanga ma’lum emastur sirri g‘ayb,
Do'stlaringiz bilan baham: |