Tаniqli vоizlаr: Kоshifiy, Mеhnаgiy, Riyoziy hayoti va faoliyati. Nаvоiyning nоtiqlik vа nutq mаdаniyatigа оid аsаrlаri, fikrlari.
Koshifiy Husayn Voiz (taxallusi; asl ismi Kamoliddin; Voiz — laqabi) (taxminan 1442/46, Sabzavor qishlogi — 1505, Hirot) — notiqlik sanati namoyandasi va nazariyotchisi, mutafakkir, ilohiyotchi olim. Arab, fors,turktillarini yaxshibilgan, mat., kimyo, astronomiya, musiqa, adabiyot va fikhdan toʻlamaʼlumotolgan. Yoshligidan voizlik bilanshugʻullangan.NishopurMashhadda (1455—68), keyinchalik Hirotda (1468 yildan) yashagan. Asarlarini fors tilida yozgan. Navoiy bilan ijodiy hamkorlik qilgan, unga bagʻishlab asar yozgan ("Mavoqibi oliya" — "Oliy tuxeralar"). Falsafa, axloq, tilshunoslik, adabiyotshunoslik siyosat , din tarixi voizlik, sheʼr sanʼati kabi fanlarga oid 200 dan ortiq asar muallifi. Axloq haqidagi eng mashhur asarlaridan biri "Axloqi muxsiniy" ("Yaxshi xulqlar") Husay Boyqaroning oʻgʻli Abulmuhsin Mirzoga bagʻishlangan. "Futuvvatnomai sultoniy yoxud juvonmardlik tariqati" asari oʻzbek tililarda nashr etilgan(1994).Uning45 nomdagi asarlarining197 qoʻlyozma va75toshbosma nusxalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
Riyoziy Imomuddin (— Samarqand — 1479) — shoir, xattot va hofiz. Samarqand madrasalaridan biridatahsil koʻrgan. Turkiy va fors tillarida ijod qilgan. R. haqida maʼlumot, sheʼrlaridan namunalar "Majolisunnafois"dauchraydi. R. yoshligidan sheʼriyatga qiziqqan, salaflari ijodini qunt bilan oʻrgangan. Ilmi musiqiy, ilmi nujum va boshqa fanlar bilan ham shugʻullangan. Mumtoz adabiyotning anʼanaviy janrlarida turli mavzularda sheʼrlar yozgan. Navoiy R. bilan bir necha bor suhbatda boʻlgan va ijodiga yuqori baho bergan. Navoiyning yozishicha, u gʻazallar yozish bilan birga xattot, shuningdek, Qurʼonni ham yetti qiroat bilan oʻqiy oladigan hofiz boʻlgan. Hozirgacha R.ning 89 gʻazali, 3 qitʼasi, 1 ruboiy va 8 fardianiqlangan. Devonlarining 12 nusxasi London, Bangola, SanktPeterburg , Dushanba, Tbilisi fondlarida saqlanadi.
1. Navoiy nutq madaniyati va odobining ijobiy omillari haqida.
2. Navoiy nutq madaniyati va odobini buzadigan salbiy omillar haqida.
Alisher Navoiyning notiqlik, nutq madaniyati va odobi haqida aytgan
quyidagi fikrlari g‘oyat qimmatlidir:
“Tilingni ixtiyoringda asrag‘il, so‘zungni ehtiyot bila degil. Mahallida aytur
so‘zni asrama, aytmas so‘z tegrasiga yo‘lama. So‘z borkim, eshituvchi tanig‘a jon
kiyurur va so‘z borkim, aytg‘uvchi boshin yelga berur. Tiling bila ko‘nglungni bir
tut, ko‘ngli va tili bir kishi aytg‘on so‘zla but. So‘zni ko‘nglungda pishqormaguncha tilga kelturma, harnakim ko‘nglungda bo‘lsa tilga surma. Agarchi tilni asramoq ko‘ngulga mehnatdur, ammo so‘zni sipamoq boshqa ofatdur.
Do'stlaringiz bilan baham: |