Muxitdinova Kamolaning " O’qituvchi nutqi madaniyati"


G‘arb nоtiqlаri: Аristоtеl, Sitsеrоn, Kvintiliаn vа bоsh. fаоliyatlari hаqidа ma’lumot topish, Sharqning mashhur notiqlari



Download 24,41 Kb.
bet5/6
Sana31.12.2021
Hajmi24,41 Kb.
#201386
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nutq. Mustaqil ish. Muxitdinova Kamola. 19-1. BOM

G‘arb nоtiqlаri: Аristоtеl, Sitsеrоn, Kvintiliаn vа bоsh. fаоliyatlari hаqidа ma’lumot topish, Sharqning mashhur notiqlari.

Arastu yoki Aristotel (yun.: Ἀριστοτέλης; miloddan avvalgi 384/383, Stagira – miloddan avvalgi322/321,Xalqida) qadimgi yunon faylasufi Aflotun shogirdiva Iskandar Zurqayn  ustozi boʻlgan.U fizika , metafizika , nazm, teatr , mantiq , ritorika , siyosat , etika , biologiya hamda  zoologiyaga oid ishlar yozib qoldirgan.Miloddan avvalgi 367 yilda Afinaga borib, Platon akademiyasida tahsil koʻrdi, 20 yoshida uning ishlarida ishtirok etdi. Miloddan avvalgi 343 yildan eʼtiboran Makedoniya podshohi Filipp taklifi bilan shahzoda Aleksandrga murabbiylik qildi. Miloddan avvalgi 335 yilda Afinaga qaytib, oʻzining Likey maktabini tashkil qildi. Aleksandr vafotidan soʻng 323 yilda xudosizlikda ayblanib, Evbeya Xalqidasiga qochishga majbur boʻldi va umrining oxirigacha shu yerda yashadi.Arastu ijodi oʻz zamonidagi deyarli barcha bilim sohalarini qamrab oldi. Oʻzining „ilk falsafa“ ga oid („Metafizika“) asarida Platonning gʻoyalar nazariyasini tanqid qildi. „Platon gʻoyalari“ moddiy predmetlarning oddiy nusxasi, aynan oʻzi ekanini koʻrsatdi. Arastu ayrimlik va umumiylikning oʻzaro munosabati masalasini hal etdi. Arastu mantiq ilmining asoschisidir. Arastu yaratgan va „analitika“ deb nomlagan mazkur fan tafakkurning tushuncha, muhokama, xulosa kabi asosiy shakllaridan, ayniyat, qarama-qarshilik va uchinchisi istisno qonunlaridan, fikrni isbotlash yoxud rad etish uslublaridan, bir qancha kategoriyalardan iborat. Mantiq „ilk falsafa“ („metafizika“) bilan birgalikda fan sohalarining falsafiy tasnif tizimini tashkil etadi. Biologiya sohasidagi Arastu ilmiy xizmatlaridan biri – oʻsimlik va hayvonot turlarining biologik jihatdan maqsadga muvofiqligi haqidagi taʼlimotidir. Oʻsimliklarning urugʻdan oʻsib-rivojlanishi, hayvonlardagi instinktlarning maqsadga muvofiq tarzda yuzaga kelishi, aʼzolarining oʻzaro mutanosib ravishda harakat qilishi – tabiatdagi maqsadga muvofiqlik namunasidir.Arastu jahon ilm tarixida ilk bor axloq fani – etikaga asos soldi. Uning axloq sohasidagi maʼnaviy ideali Xudodir, Xudo eng oliy faylasuf va mutafakkirdir. Arastu aql-zakovatning kuzatish, mushohada qilishdan iborat faoliyatini barcha neʼmatlardan ustun qoʻyadi, uni ezgulik, rohat va lazzat manbai, deb biladi. Amaliy faoliyat esa hamisha ham aql hukmiga boʻysunavermaydi, binobarin kundalik ishlarda ham aql, ham hayotiy tajribani ishga solib oʻrta yoʻlni tanlagan maʼqul. Arastu barcha zamonlar olimlari ustoz deb bilgan buyuk alloma. Uning qomusiy asarlari, Sharq mutafakkirlari ijodida ham chuqur iz qoldirgan. 7 – 8-asrlardan boshlab ayniqsa Horun ar-Rashid va Maʼmun davrida Arab xalifaligi hududida Arastu asarlari tarjima etilib oʻrganildi, ularga oʻnlab izoh va sharxlar bitildi. Bu ishda Oʻrta Osiyoning ulugʻ olimlari katta rol oʻynadi. Abu Nasr Forobiy Arastuning „Metafizika“, „Jon haqida“, „Etika“, „Kategoriyalar“, „Topika“, „Analitika“ asarlariga ilmiy sharxlar yozib, „Sharq Arastusi“ degan unvonga sazovor boʻldi. Abu Ali ibn Sino oʻz ustozlarining ilgʻor gʻoyalarini yanada rivojlantirib, Arastu va Forobiydan keyin „Uchinchi muallim“ deb ataldi.

Sitseron Mark Tulliy (Marcus Tullius Cicero) (mil. av. 106.3.1, Arpinum — mil. av. 43.7.12, hozirgi Gaeta yaqini) — Rim siyosiy arbobi, notiq, yozuvchi. Rimda tahsil olib, notiqlik sanʼatini egallaydi, soʻng Afina, Kichik Osiyo va Rodosda oʻz bilimini mukammallashtiradi. Elchilik davrida (mil. av. 63 y.) Katalina fitnasini fosh etgani uchun "fuqarolik chambari" bilan tadkirlanadi va Rim fukarolari orasida birinchi boʻlib "Yurt otasi" unvoniga sazovor boʻladi. Ammo rimlik fitnachilarni sudsiz qatl etgani sababli mil. av. 58 yilda quvgʻinga uchrab, xorijda yashashga majbur boʻlgan. Sezar oʻddirilgach (mil. av. 44 y.), Antoniy buyrugʻi bilan qatl etilguniga qadar Rimning amaldagi hukmdori sanalgan.Sitseron siyosat, falsafa va adabiyotda "oʻrta oqim" hisoblangan barqarorlik va vazminlik aqidalariga sodiq boʻlgan. "Aralash davlat tuzilmasi" (monarxiya, aristokratiya va demokratiyaning qoʻshilishidan paydo boʻlgan hokimiyat) Sitseronning siyosiy ideali boʻlib, mil. av. 2-asr boshidagi Rim respublikasini buning namunasi deb hisoblagan. Sitseron faylasuf sifatida atomizmta qarshi chiqdi, jonni oʻlmas va abadiy deb bildi, real tasavvurlarni real boʻlmagan tasavvurlardan farq qilish uchun mezon yoʻq deb hisobladi. Falsa-fiy asarlarida etika masalalariga asosiy eʼtiborni qaratdi. Yunon falsafasi atamalarini ishlab chiqdi. Davlat haqidagi risolalarida davlatni xususiy mulkni himoya qiluvchi, umumiy huquq meʼyorlariga asoslangan ki-shilar uyushmasi sifatida talqin etdi.Uning 58 ta nutqi, 19 ta asari va 800 dan ziyod maktublari saqlanib qolgan. Sitseron asarlari Rimdagi fuqarolar urushi davri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar manbai hisoblanadi. Sitseron jahon tarixida notikdik sanʼatini mukammal egallagan kishi sifatida shuhrat qozongan. Uning turli sud jarayonlarida soʻzlagan nutqlari notiklik sanʼatining eng yuksak namunalaridir. Oʻz asarlari ("Yaxshilik va yomonlikning chegaralari toʻgʻrisida", "Davlat toʻgʻrisida", "Qonunlar toʻgʻrisida", "Majburiyatlar toʻgʻrisida" va boshqalar) hamda nutqlari bilan Rim mumtoz nasri va adabiy tiliga tamal toshini qoʻygan. 




Download 24,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish