3.1.2-rasm. Jamiyatning “EPU” tizimiga ulangan ob’ektlar soni
- EPU tizimiga jami 1726ta pochta aloqasi ob’ektlarining ish o‘rinlari bog‘lanib, xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Shu bilan birga, Jamiyatda gibrid pul o‘tkazmalari tizimi joriy etilgan va ushbu tizim orqali aholiga xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.
Shuningdek, Butunjaxon pochta ittifoqi (BPI)ning Xalqaro elektron pul o‘tkazmalari xizmati, - IFS moliyaviy tizimi orqali Ukraina, Rossiya, Qozog‘iston, Belorussiya, Moldova, Azarbayjon, Armeniya, Qirg‘iziston davlatlari bilan EPU xizmatini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.
3.1.3-rasm. Jamiyatning “Pensiya to‘lovlari” tizimiga ulangan ob’ektlar soni
“Pensiya to‘lovlari hisob-kitobi va nazorati avtomatlashtirilgan tizimi”ga 1732ta pochta aloqasi ob’ektlari bog‘langan.
Ma’lumot uzatish kanallari bilan ta’minlash imkoniyati bo‘lmagan 1442ta aloqa bo‘limlari ushbu tizimga bog‘langan ob’ektlar orqali kundalik ma’lumotlarni kiritib bormoqda. Qolgan pochta aloqasi bo‘limlarini tizimga bog‘lash ishlari davom ettirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |