3.POCHTA ALOQASIDA YANGI XIZMATLARNI TASHKIL ETISH ISTIQBOLLARI
3.1.“O‘zbekiston pochtasi” AJda AKT negizida yangi xizmatlarni joriy etish va rivojlantirish ko‘rsatkichlari
Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilinadi.
Prezidentning “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Quyidagilar pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:
Milliy operator tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni diversifikatsiya qilish va kengaytirish orqali, axborot-kommunikatsiya, transport va logistika, pochta va moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish;
pochta aloqasi xizmatlariga bo‘lgan talabni to‘liq qondirish, ularning sifati va xavfsizligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi hududida Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlaridan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarish;
pochta xizmatlarini taqdim etish jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlarini joriy etish, axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish va elektron savdo maydonchalarini joriy etish va rivojlantirish;
Respublikaning olis va chekka hududlarida pochta aloqasi tizimi orqali moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish, jumladan barcha turdagi to‘lovlarni qabul qilish, bank, sug‘urta va boshqa xizmatlarini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish;
Toshkent shahri va viloyat markazlarida zamonaviy logistika markazlarini yaratish orqali milliy logistika tizimini takomillashtirish;
Milliy operatorining pochta aloqasi infratuzilmasini tubdan takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, barcha pochta aloqasi ob’ektlarda bosqichma-bosqich zamonaviy arxitektura-shaharsozlik talablarini hisobga olgan obodonlashtirish va qurilish ishlarini amalga oshirish hamda transport ta’minoti tizimini yangilash;
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish.
2022 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida pochta aloqasi xizmatlarini litsenziyalash tartibi joriy etiladi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Milliy operator:
2020 yil 1 sentabrdan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tomonidan pochta aloqasi ob’ektlari tarmog‘i orqali yo‘llanadigan xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qog‘ozlari va boshqa yuridik hujjatlarni jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazib berish va yetkazilganligini tasdiqlash, ma’lumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimi joriy etilishini;
2020 yil 1 dekabrdan boshlab respublikadagi barcha pochta ob’ektlarida zamonaviy xizmatlar, jumladan “Gibrid pochta” va kurerlik xizmatlarini rivojlantirish, bank, sug‘urta va boshqa xizmatlarni taqdim etish yo‘lga qo‘yilishini;
2021 yil yakuniga qadar mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini “onlayn” sotish va mijozlarga yetkazib berish, shuningdek ularga tovarlarni eksport qilish imkoniyatini beruvchi “Milliy onlayn savdo maydonchasi” yaratilishini;
2022 yil yakuniga qadar mijozlar nomiga kelgan pochta jo‘natmalarini olishi uchun mo‘ljallangan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi avtomatlashtirilgan komplekslar (pochtamatlar) joriy etilishini;
2023 yil yakuniga qadar mahalliy ishlab chiqaruvchilarga elektron tijorat orqali savdo qilishga sharoit yaratish maqsadida bosqichma-bosqich Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda “Fulfilment markazlari” tashkil etilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Milliy operator
Belgilanishicha, qo‘shimcha aksiyalarini chiqarish va joylashtirish hisobiga kelib tushadigan mablag‘lar 2020 – 2024 yillarda pochta aloqasi sohasini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” va ushbu qarorda belgilangan boshqa vazifalarni amalga oshirilishini moliyalashtirish uchun maqsadli yo‘naltiriladi.
Pochta aloqasi sohasini rivojlantirish, axborot kommunikatsiya texnologiyalari negizida ko‘rsatilayotgan xizmatlarni kengaytirish va rivojlantirish borasida joriy yilda bir qator ishlar amalga oshirildi, jumladan:
“O‘zbekiston pochtasi” AJ korporativ kompyuter tarmog‘iga Jamiyatning 186ta tuman pochta aloqasi tarmoqlari (sh.j. ishlab chiqarish uchastkalari) va 1546ta pochta aloqasi bo‘limlari jami 1732ta pochta aloqasi ob’ektlari bog‘landi. Tarmoqning Jamiyat Boshqarma apparati va «O‘zbektelekom» AKning «BRM» filiali (“UzNet” operatori) o‘rtasidagi ma’lumotlar uzatish kanali tezligi «O‘zbektelekom» AKning TShTT filiali bilan hamkorlikda yotqizilgan optik tolali kabel orqali 10 Mbit/sekga yetkazilgan. Jamiyat filiallari (12ta filial) va «BRM» operatori orasidagi ma’lumot uzatish kanali tezligi 2 Mbit/sekgacha ko‘tarilgan.
Hozirgi kunda Jamiyatda 4399 dona kompyuter va server (shu jumladan 4140ta kompyuter (3707tasi amalda)), 2178ta printer, 2187ta URS, 139ta faks, 492 nusxa ko‘chirish apparatlari ishlatib kelinmoqda. 3
Do'stlaringiz bilan baham: |