Muxamadiev r. O o f t a L m o L o g I y a


bet3/10
Sana26.04.2022
Hajmi
#583965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
fayl 1857 20210918

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


10 
1-BOB.
 
OFTALMOLOGIYA TARIXI
Oftalmologiya (yunoncha oftalmos - ko'z) - bu ko'rish organining tuzilishi va 
funksiyalarini, shuningdek uning kasalligini o'rganadigan fan. Oftalmologiya 19-
asrda xirurgiyadan alohida fan sifatida ajralib chiqdi. 
Ko'z kasalliklari haqidagi ta'limot qadimgi sivilizatsiyalarda shakllana 
boshladi. Birinchi marta ko'z kasalliklari “Xammurapi qonunlari “ kodeksida qayd 
etilgan (Bobil, mil. Avv. XVIII asr). Ko'z kasalliklari to'g'risidagi 
ma'lumotlarnio'zichiga olgan qadimgi Misrning birinchi papirusi asrimizdan 
oldingi XVII-XVasrlarga oiddir. 
Qadimgi Hindistonning sanskrit matnlarimiloddan avvalgi 3-4asrlarga oid 
bo’lib Sushrut va Xaraki ta’limotida ko'z kasalliklari to'g'risida ta'limot mavjud. 
Ushbu ta’limotga ko’ra yorug'likni sezadigan organ ko’z gavhari hisoblangan. 
Hindistonda 74 ta ko'z kasalliklari bilan tanish edilar, ular ko’z kasalliklarining 
kelib chiqishida ko’z tomirlari orqali kiradigan odam tanasidagi suyuqliklar (safro 
va qon) dagi o'zgarishlar sabab deb hisoblashgan. Xitoy kimyogarlari ko'z 
kasalliklarini o'rganish va davolashda faol ishtirok etishgan. Qadimgi 
Yunonistonda Gippokrat (miloddan avvalgi V-IV asrlar) o'z asarlarida ko'z 
kasalliklari haqida ma’lumot berib o’tgan. Aristotel 
(miloddan avvalgi IV asr) "yorug'lik –bu nurli tanadan 
chiqadigan shaffof vosita orqali ko'zning shaffof ligi
tanani idrok etadigan harakat" deb ishongan. Kornelius 
Selsus (mil. Av. 1-asr) rangdor parda, kipriksimon tana, 
oldingi va orqa kameralarning mavjudligini isbotladi. 
Shuningdek, u glaukoma qaytarib bo’lmas ko’rlikni , 
katarakta qaytarib bo`ladigan ko’rlikni ajratib bergan. 


11 
Nafaqat O`zbekiston balki insoniyat tarixida ko`z kasalliklarini davolash va 
uning anatomiya va fiziologiyasi IBN SINO bobomizning 1012-1024 yillarda 
chop qilingan “ TIB QONUNLARI” kitobida keltirilgan. Unda ulug’ bobomiz
kataraktani limbdan 4mm uzoqdan skleral nish bilan reklinatsiya qilib davolagani 
va shox pardaning pastki qismidan kesib xrustalik kapsulasini yorib gavhar 
massasini chiqarib olish amaliyotini qo`llagani keltirilgan. 
Sels 17-asrning o'rtalarida kataraktani kamaytrangdor pardah texnikasini 
takomillashtirdi. Arab shifokorlarining o’rni katta (Ibn al-Xaytam Alxazen, 
eramizning X-XI asrlari) zamonaviy ko'rish nazariyalarining paydo bo'lishiga 
katta hissa qo'shgan "Optika kitobi" ni yozdi.
O'rta asrlarda Yevropada nafaqat eksperimental fanlarda, balki amaliy 
tibbiyotda ham pasayish kuzatildi. Oftalmologiya bilimlari asosan Sharqdan kirib 
kelgan. 13-asr oxirida ko'zoynak ixtiro qilinishi katta kashfiyot bo'ldi. 1583- 
yilda Georg Bartish Yevropada birinchi ko'z kasalliklarini konservativ va jarrohlik 
davolash bo'limlarini ochdi va oftalmologiya bo'yicha darslikni nashr etdi. Buyuk 
matematik va astronom Yogann Kepler XVII asr boshlarida asosiy yorug'lik 
qabul qiluvchi qurilma orqali yorug'lik nurlari retinada to'planishini isbotladi va 
oftalmologiya nazariyasini shakllantirdi. Uyg'onish davri ilmiy kashfiyotlari, shu 
jumladan, ko'rish organi anatomiyasi sohasida faollashuv bilan nishonlandi. O’sha 
davrda akkomadatsiya jarayoni o’rganildi. Keyinchalik Gelmgolts gavhar
qavariqligining o’zgarishi kipriksimon muskullarning bo’shashishi va qisqarishi 
hisobiga kelib chiqishini tasvirlab berdi. 
1756- yilda buyuk rus olimi M.V. Lomonosov rangni ko'rishning uch 
komponentli nazariyasini ilgari surdi. Akkomodatsiya va refraksiya nazariyalari
F.K.Donders nomi bilan bog’liq . U “Akkomodatsiya va refraksiya 
anomaliyalari” asarida birinchi bo'lib gipermetropiya va miopiyalarda
refraksiyaning ikkita variantini taqqoslab, presbiopsiyani akkomodatsiyaning 
buzilishi sifatida ajratdi. Kataraktning tabiati va davolash bo'yicha ko'plab bahs-
munozaralar mavjud. 1745- yilda Jak Devil limbal kesma orqali kataraktni olish 


12 
haqida maqola e'lon qildi. Glaukomada klinik ko'rinishining birinchi aniq ta'rifi 
Richard Banister tomonidan berilgan. Glaukomaning mohiyatini anglash 1851 -
yilda G. Gelmgoltsning oftalmoskop ixtiro qilganidan so'ng yuzaga keldi. XIX
asr o'rtalarida. Ko'z ichidagi bosimni o'lchash uchun Fon Grefe birinchi 
tonometrlar taklif qilindi. 1857- yilda Albrext fon Graefe glaukomaning o'tkir 
xurujida birinchi iridektomiyani amalga oshirdi. XIX asrda ko'ruv o’tkirligini 
o'lchash uchun jadvallar paydo bo'ldi. 
Rossiyada oftalmologiya XIX asrda faol rivojlana boshladi. 1805-1806 yillarda 
Moskva va Sankt-Peterburgda ixtisoslashgan ko'z kasalxonalari ochildi.
Lyudvig Gelmgolts
Fon Grefe
A.N.Maklakov 
Sankt-Peterburg Fanlar akademiyasi Jozef Grubi boshchiligida Rossiyada 
birinchi (dunyoda ikkinchi) ko'z kasalliklari bo'limini yaratdi. Moskva 
oftalmologiya maktabining asoschisi A.N. Maklakov bo`ladi. A.N. Maklakov ko'z 
ichi bosimini o'lchashning zamonaviy usulini taklif qildi. Birinchi Moskva 
Tibbiyot Institutining oftalmologiya kafedrasining mudiri A.N. Maklakov.V.P. 
Odintsov oftalmologiya bo'yicha darslik va bir nechta kitoblarlarni chop etgan. 
Ko'z jarrohligi bo'yicha qo'llanmani K.X. Orlov chop qildi. 
L.G. Bellarminov, fiziologik optika va qorachiq reaksiyalarni aniqlash 
usullarini joriy qildi. Traxoma bilan kurashish uchun mamlakatning turli 
burchaklarida oftalmologik bo`limlar ochildi. 1929 yildan Leningradda harbiy 


13 
tibbiyot akademiyasining oftalmologiya bo`limi o`z faoliyatini boshladi. V.N. 
Dolganov - ko'zlarni shikastlanishdan himoya qiluvchi turli xil asboblarning 
ixtirochisi bo`ldi va harbiy oftalmologiya bo'yicha bir qator qo'llanmalar yaratdi. 
Odessada oftalmologik maktab S.S. Golovin tomonidan tashkil qilib "Klinik 
anatomiya" darsligini chop qildi. V.P. Filatov (1875-1956) dunyoga mashhur 
Odessa 
Ko'z 
kasalliklari 
ilmiy-tadqiqot 
institutini 
yaratdi 
va 
ko`z 
transplantologiyasiga asos soldi. 
Dunyo oftalmologiyasi tarixida Svyatoslav 
Nikolaevich Fedorov (1927- 2000) tibbiyot fanlari 
doktori, professor, SSSR fanlar akademiyasining haqiqiy 
a`zosi, MNTK mikroxirurgiya markazlarining bosh 
direktori, SSSR bosh vaziri o`rinbosari , Sotsialistik 
mehnat 
qahramoni 
oftalmologiyada 
inqilobiy 
o`zgarishlar 
qildi. 
Intraokulyarlinzalar, 
refraktsion 
xirurgiya,keratoplastika,vitreoretinal 
va 
endovitreal xirurgiya,va.h.k.larni qo`llash bilan birga dunyoda yagona MNTK 
miroxirurgiya 
markazi 
va 
uning 
12 
filliali, 
mikroxirurgik 
mikro 
instrumentlar,bemorlar uchun qulay mehmonxonalar haqiqiy oftalmologlar uchun 
o`quv markaziga aylandi. Deyarli barcha o`zbekistonlik oftalmologlarning ustozi 
hisoblanadi 
O`zbekiston oftalmologiyasining 100 yillik tarixi (1920-2020) 
O’zbekiston oftalmologiyasining asoschisi professor Aleksandr Georgievich
Trubin bo`ladi. 1920- yilda O`rta osiyo Universiteti meditsina fakultetining
oftalmologiya kafedrasini tashkil qilgan(1920-1924) va oftalmologiya to’garagi 
tashkil qilib oftalmolog vrachlar tayyorlagan.
1924 – 1932 yillar bu kafedrani Aleksandr Nikolaevich Murzin (1885-
1954) boshqarib, o’quv metodologik qo`llanma yozib chop qilgan. Ko`z 
kasalliklari klinikalarini traxoma uchun - boshqa viloyat markazlarida ochib, unga


14 
oftalmologlar tayyorlagan. Respublikada traxomani, glaukomani va koniyunktivani 
davolash usullarini joriy qilgan. Oftalmologlar ilmiy jamiyatini tashkil qilgan. 
Petr Fedorovich Arxangelskiy tibbiyot fanlari doktori, 
professor,1932- 1953 yillarda shu kafedra mudiri bo`lgan. 
100 dan ortiq glaukoma,traxoma, toshmali tif va 
brutsellyoz kasalliklarida ko`z kasalliklari mavzularida 
ilmiy maqolalar chop qilgan 
1936 -yilda sun`iy ko`z protez laboratoriysini ochgan . 
Birinchi bo`lib 1940 yilda traxoma dispanserini
tashkillashtirdi. Oftalmologlardan mahalliy 2 ta fan doktori va 2 fan nomzodi 
tayyorladi.( T.E. Kosimov va M.X.Xomidova) 
Sofiya Alekseevna Popova 1953-1957 yillarda
ToshMI oftalmologiya kafedrasining tibbiyot fanlari 
doktori, professori 
Shu yillarda 3 ta fan nomzodi tayyorladi. 25 ta ilmiy 
maqolalar chop qilgan. Respublikada < oftalmologlar 
otryadi> tashkil qilib traxomani davolashga katta
xizmatlar qildi.Institutda patogistologiya muzeyi tashkil
qildi. 
Kankrov A.A. Samarqand davlat tibbiyot institutining
birinchi kafedra mudiri 1930-1935 Yillarda Samarqand 
davlat meditsina instituti oftalmologiya kafedrasining
mudiri. Traxomani tugatishda jonbozlik ko`rsatgan va 
mahalliy oftalmologlar tayyorlashda ulkan xizmatlar 
qilgan 


15 
Abdullaev Gafar Gaydarovich Asli Ozarboyjonda
tug’ilgan, butun umrini O` zbekistonda oftalmologiyani 
rivojlantrangdor pardah uchun ulkan xizmatlar ko`rsatgan.
Samarqand shahrida abadiy qo`nim topgan ulug’ daho. 
Tibbiyot fanlari doktori, professor, O`zbekiston fanlar 
Akademiyasining akademigi, O’zbekistonda xizmat 
ko`rsatgan fan arbobi, SSSR oliy sovetining deputati. Jahon faniga traxomani 
davolashning yangi usullarini joriy qilgan ,1933 – 1953 yillar Samarqand davlat
meditsina instituti oftalmologiya kafedrasining mudiri. 
Medvedev Naum Il`ich tibbiyot fanlari doktori, 
professor O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi. 
1951-1974 yillar Samarqand davlat tibbiyot instituti
oftalmologiya kafedrasining mudiri. O`zbekistonda 
traxoma, glaukoma,tomir kasalliklari, ko`klam katari, 
pterigium muammolari bo`yicha 100 dan ortiq ilmiy 
maqolalar chop qilgan. Oftalmologiya muammolari 
bo`yicha Respublika qo`mitasi raisi. Turkmaniston va O`zbekiston ilmiy 
kengashlari a`zosi. 2 doktorlik va 12 nomzodlik dissertatsiyalariga rahbarlik 
qilgan. 
Kamilov Maxamadjan Kamilovich - tibbiyot fanlari 
doktori, professor, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan 
arbobi, . O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan vrach,Ulug’ 
Vatan urushida xirurg va oftalmoxirurg, 1949- 1998-
yillarda Toshkent vrachlar malakasini oshrangdor pardah 
instituti assistenti, dotsenti va 1957- yildan boshlab 
kafedra 
mudiri 
vazifalarini 
bajargan.” 
Blefaritni
davolashda antibiotiklarni qo`llash”mavzusida (1955) 
nomzodlik dissertatsiyasini, “ Sanoat korxonalarida ko’z jarohatlarining 
klinikasi,diagnostikasi 
va 
davolash 
usullari” 
mavzusida 
doktorlik(1970) 


16 
dissertatsiyalarini Moskvada himoya qilgan.1938- yilda Finlyandiya urushiga
chaqirilib undan Leningrad qamalida harbiy vrach bo`lib xizmat qilgan, Leningrad 
harbiy oftalmologiya akademiysiga shu vaqtda adyunkturaga kirib bir vaqtning 
o`zida harbiy gospitalda ham faoliyat ko`rsatgan. Harbiy qismlar bilan Leningrad 
qamalini, Ukraina , Belorussiya, Polsha va Chexoslovakiyani ozod etishda 
qatnashgan. 1945 -yil Pragani ozod qilishda qatnashib 1946- yilda Toshkentga 
qaytgan.O`zbekiston oftalmologlari jamiyatining tashkilotchisi va raisi, SSSR 
oftalmologlar boshqaruvi Prezidiumining a`zosi, SSSR oftalmologlar
boshqaruvi jamiyatining a`zosi,O`zbekiston tibbiyot jurnali kengashi a`zosi. 
M.K. Komilv ko`z kasalliklari travmalari, glaukoma, katarakta, tomir va to`r parda 
kasalliklarining diagnostikasi va davolash usullarini nafaqat O`zbekistonda , balki 
butun sobiq SSSR oftalmologlariga o`rgatgan ustoz hisoblanadi.O’zbekistonda 
traxomani tugatishda oxirgi nuqta qo`yishga ulkan hissa qo`shgan olim(1964) 
M.K.Komilov 1979- yilda Toshkentda SSSR oftalmologlari minglab delegatlari
qatnashgan syezdining bosh tashkilotchisi. 3 monografiya, 10 ilmiy maqolalar 
to`plami, 130 ilmiy maqolalar muallifi. 1 doktorlik va 3 nomzodlik 
dissertatsiyalariga rahbarlik qilgan.SSSR davrida “Mehnat Qizil bayroq”, “ Qizil 
yulduz “, 12 marta “Ulug vatan urushi qatnashchisi” orden va medallari bilan 
mukofotlangan. O`zbekistonda mikroxirurgiya rivojiga bosh-qosh bo`lgan.
Yusupov Abdiaziz Yusupovich - tibbiyot fanlari 
doktori, professor O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan
arbobi,sog’liqni 
saqlash 
a`lochisi, 
O`zbekistonda 
xizmat ko`rsatgan vrach , Samarqand davlat meditsina 
institutini 1953 -yili tamomlab 1953-yildan aspirant, 
assistent, meditsina fanlari nomzodi (1953), 1966 - 
yilda “ O’zbekistonda glaukoma” temasida doktorlik 
dissertatsiyasini himoya qilgan.1974 -1995- yillar 
oftalmologiya kafedrasi mudiri ,dosent. 1995-2008 - yillarda shu kafedra 
professori. 1 monografiya, 1 darslik , 18 ta uslubiy qo`llanma, 8 ta 


17 
ratsionalizatorlik taklif va 200 ta ilmiy ishlar muallifi, 1 doktor va 11 ta nomzodlik 
dissertatsiyaga rahbarlik qilgan. A.A. Yusupov O`zbekistonda birinchi bo`lib 
pterigiumni jarrohsiz usulda davolash,bosimsiz glaukoma klinikasi va uni 
davolash,traxomani 
davolash 
usullarini,ko`z 
kasalliklarida 
ultratovush 
diagnostikasini joriy qilgan.1-O`rta Osiyo oftalmologlarning va 5- SSSR 
oftalmologlar 
anjumani 
tashkilotchilaridan 
biri. 
SSSR 
xalq 
xo`jaligi
ko`rgazmasining (VDNX ) faxriy yorlig’i bilan mukofotlangan. A.A.Yusupov 
butun faoliyati davomida O`zbekistondan tashqari 
Turkmaniston ilmiy kengashlarining ham a`zosi bo`lib 
faoliyat ko`rsatgan
Tursun Yoqubovich Qosimov1957 -1969- yillar ToshMI 
kafedrasining mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent , 
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan vrach.Glaukoma va ko`z
travmalari mavzusida 40 ilmiy ish chop qilib, 3 fan nomzodi 
tayyorladi. Qoraqalpog’istonda traxomani tugatish tashkilotchisi
1969- yildan birinchi o’zbek tibbiyot fanlari doktori, 
professor Muxtaram Xamidova ToshMI oftalmologiya 
kafedrasini boshqardi. 150 dan ortiq glaukoma, katarakta , 
ko`z toksoplazmozi va ko`z olmasi embriogeneziga 
bag’ishlangan ilmiy maqolalar muallifi.Birinchi o`zbekcha 
Ko`z kasalliklari darsligi muallifi(1994). 2006 yilda bu 
darslik qayta nashr qilingan va hozirgacha barchamizga 
ilm berishda davom etmoqda. 
T.G.Il`ina1976 - yildan 1990- yilgacha O`zbekistonda 
xizmat ko`rsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, 
professor, ToshMI oftalmologiya kafedrasining mudiri. 17 
yil davomida 120 ta ko`z mikrosirkulyatsiyasi , glaukoma 
patogeneziga bag’ishlangan ilmiy maqolalar chop qilgan. 
16 ta fan nomzodi tayyorladi. Respublikada glaukoma 


18 
kabinetlariga asos solgan. 
Kamilov Xalidjon Maxamadjanovich - O`zbekiston
Qahramoni, tibbiyot fanlari doktori, professor, 
O`zbekistonda ximat ko`rsatgan fan arbobi, Toshkent 
vrachlar 
malakasini 
oshrangdor 
pardah 
instituti 
oftalmologiya kafedrasining 1998 -yildan boshlab 
mudiri.1972- yilda “Optoxiazmal araxnoiditlarning 
oftalmologik 
klininkasi”mavzusida 
kandadidatlik 
dissertatsiyasini Moskvadagi Geilmgolts institutida,
1984 yilda “ Ko`z nervi kasalliklariniEVM avtomatik sistemasi orqali masofadan 
diagnoz qo`yish” bo`yicha doktorlik dissertatsyiasini himoya qilgan. O`zbekiston
Oftalmologlar jamiyatining raisi. 6 ta monografiya, 603 ta ilmiy maqolalar,119 ta 
uslubiy qo`llanma,8 ta ixtiro, 8 mualliflik guvohnoma muallifi. 4 doktor va 32 fan 
nomzodi va falsafa doktorlari tayyorlagan. Oftalmologiya fanigako`rish organlari 
jarohatlari , yalliglanish, neyrooftalmologiya, optik nerv xastaliklari,glaukoma, 
katarakta kasalliklarini diagnostikasi, davolash usullarini takomillashtrangdor 
pardahning qator yangi zamonaviy usullarini tadbiq qilib , uni Resbublika 
oftalmologlariga ham o`qitib o`rgatgan ustozdir. X.M. Kamilov qator xalqoro 
oftalmologlar anjumanining faol ishtirokchisi va tashkilotchisi( Janubiy Koreya, 
Turkiya,Rossiya, 
Ukraina, 
Qozogiston,Germaniya 
Berlin 
(2010),YaponiyaTokio(2014).X.M.Kamilov 2006 -yilda “Mehnat shuhrati”, 2011- 
yilda O`zbekiston Qahromoni unvonlari olib, oltin medal bilan mukofotlangan .
O`zbekiston Respublikasi oily majlisi senatining 2 marta a`zosi, O`zbekiston 
Respublikasi 
oily 
attestatsya 
komissiyasi 
a`zosi, 
O`zbekiston tibbiyot jurnali hay’ati a`zosi, qator ilmiy 
kengashlar raisi va a`zolari sifatida ham faoliyt ko`rsatib
kelayotir.
Levchenko Oksana Glebovna- tibbiyot fanlari doktori, 
professor .1972-1993- yillarda davrlarda O`rta Osiyo pediatriya tibbiyot instituti 


19 
( SAMPI) faoliyat boshlaganida birinchi oftalmologiya kafedrasiga asos solgan.
Bolalarda myopiya xastaligi etiologiya, patogenez va davolash ilmlarini chuqur
o`zlashtirib minglab bolalar oftalmologlarini tayyorlagan. 
Zaxidov Bosit Obidovich- tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent . 1972-1993 
yillarda O`rta Osiyo pediatriya tibbiyot instituti ( SAMPI oftalmologiya 
kafedrasida mudir bo’lib faoliyat ko`rsatgan. . 1973- yil Moskvadagi 
Neyroxirurgiya institutida aspiranturani bitirib “ Karotid –kavernoz sinuslarda 
ko`z olmasi gidrodinamikasi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Ish 
faoliyati davomida bolalarda g’ilaylik, kataraktaga IOL 
qo`yish, glaukoma, keratitlar va bolalar ko`z travmatizmi 
kasalliklariga yangi davolash usullarini joriy qilgan.
O`zbekistonda birinchi bo`lib shox pardaning yiringli
teshib 
o’tuvchi 
xastaliklarida 
qatlamli 
gomotransplantatsiyasini keng ko`lamda qo`llab 100
lab ko`zlarni asrab qolgan olim. 70 dan ortiq ilmiy ishlar
muallifi. B.O.Zoxidovning O`zbekiston oftalmologiyasiga qo`shgan yana bir 
ulkan ishi bu mashhur Angliyalik Jek Kanskiyning ‘Oftalmologiya’ 2 tomlik
suratliva izohli kitoblarini o`zbek tiliga tarjima qilib ,barcha o`zbekistonlik 
oftalmologlarga bepul tarqatib tarixiy savob ish qildi. 
Yusupov Amin Azizovich 1981- 1992 - yillar 
Moskvadagi Gelmgolts nomli ko`z kasalliklari institutida
ordinatura, aspirantura va doktarantura o`tib, asli 
Samarqandlik professor E.S. Avetisov rahbarligida
nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya 
qilgan. Oftalmologiyada O`zbekistonning eng yosh tibbiyot fanlari doktori 
hisoblanadi. . 1995 - yildan Samarqand davlat Universiteti oftalmologiya 
kafedrasining mudiri ,100 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, “ 
Oftalmologiyada tez yordam” darslik kitobi chop qilgan. Ilmiy yo`nalishi 
bolalarda miopiya, g’ilaylik, refraksiya va katarakta xirurgiyasi bo`yicha mohir 


20 
mutaxassis va ustoz. A.A..Yusupov rahbarligida 4 nomzodlik dissertatsiya 
yoqlangan.100 dah ortiq mutaxassislar magistr va klinik ordinaturada o`qib , 
oftalmolog bo`lib faoliyat ko`rsatmoqdalar. A.A. Yusupov Osiyo, Amerika, 
Yevropanining ko`plab mamlakatlari ilmiy jamiyatlarining a`zosi sifatida doimiy 
xalqaro oftalmologik anjumanlar ishtirokchisi hamdir.O`zbekistonda birinchi 
bo`lib xususiy oftalmologik klinika ochib, uni eng zamonaviy asbob - uskunalar 
bilan jihozlagan va barcha hozirgi zamon diagnostikalari (OKT,retiofot, 
fluorescent 
angiografiya 
va 
h.k) 
va 
davolash 

refraksiya 
xirurgiysi,fakoemultsifikatsiya va. h.k) usullarini joriy qilgan 
Baxritdinova Fazilat Arifovna- tibbiyot fanlari doktori, 
professor , 1997- 2014- yillarda Toshkent tibbiyot 
akademiyasi oftalmologiya kafedrasining mudiri.
2005 - yilda ikkala ToshMI yana birlashganidan keyin – 
oftalmologiya kafedralarini ham birlashtirib mudirlikni
2014- yilgacha davom ettirgan va hozirgacha shu kafedra
professori . Baxritdinova Fazilat Arifovna MDH mamlakatlari, turk tillari 
mamlakatlari assotsiatsiyalarining a`zosi, O`zbekiston Respublikasi Innovatsiya 
vazirligi ilmiy texnik qo’mitasi a`zosi. 
Qator ilmiy unvonlar beradigan kengashlar a`zosi. O`zbekiston Respublikasi 
farmakologiya qo’mitasi,“Fan –texnika” ,”OAK” va Sog’liqni saqlash vazirligi 
bioetika milliy qo’mita prezidiumi a`zosi . 500 dan ortiq ilmiy maqolalari,o’quv 
qo`llanmalar va ixtirolar muallifi. 6 doktorlik va 32 nomzodlik dissertatsiyalarga 
rahbarlik qilgan.O`zbekiston oftalmologiyasining 21 -asrdagi yorqin yulduzi. 
Xudoyberdiev Alisher Raximovich- tibbiyot fanlari 
nomzodi,dotsent 
.1990- 
yildan 
2000- 
yilgacha 
O`zbekiston Respublikasi bosh oftalmologi, 1990 -yil 
ToshMI ikkiga bo`lingandan keyin 1 –ToshMI 
oftalmologiya kafedrasining mudiri (1991- 2002) , 90 
dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. 1 monografiya, 8 ta 


21 
mualliflik guvohnoma muallifi. 8 ta nomzodlik dissertatsiyaga rahbarlik qilgan. 
O`zbekistonda birinchi bo`lib katarakta fakoemulsifikatsiyasini va miopiyada
lazer 
keratotomiya 
jarrohlik 
amaliyotlarini 
amalga 
oshirgan 
ustoz 
oftalmologlardan.
Buzrukov Botir To`lqunovich - tibbiyot fanlari doktori, 
professor. 
2009- 
yildan 
beriPediatriya 
tibbiyot
oftalmologiya 
kafedrasining 
mudiri 

Glaukoma 
kasalligining genetik kelib chiqishi, uning klinikasi, 
potogenezi va davolashning turli xil konservativ va 
jarrohlik usullarini, tug’ma dakriosistitni zondlash, 
tug’ma katarakta xastaliklarini davolashning zamonaviy usullarini joriy qilib 100 
lab bolalar oftalmologlarini tayyorlamoqda. 
Bilalov Erkin Nozimovich- tibbiyot fanlari doktori, 
professor . 2014 -yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi
oftalmologiya kafedrasining mudiri. TTA va TSI Maxsus 
ilmiy kengashlarining va ilmiy seminarlar a`zosi. Turk
tillari oftalmologlari assotsiatsiyasining a`zosi. 100 dan ortiq 
ilmiy maqolalar ixtiro va ratsionalizatorlik takliflar hamda 
o’quv uslubiy qo`llanmalar muallifi.1 doktorlik va 2 ta 
nomzodlik dissertatsiyalarga rahbarlik qilgan. 
Hozirgi kunda har xil ko`z kasalliklarida turli xil dori vositalarini qo`llash va uni 
amaliyotga joriy qilish bilan shug’ullanyapti. 
Qosimova Munira Sodiqjonovna- tibbiyot fanlari doktori, professor, Toshkent
vrachlar malakasini oshirish instituti direktorining ilmiy ishlar bo`yicha muovini, 
Ko`ruv nervi ishemiyalari bo`yicha yirik mutaxassis 
Karimova Muyassar Xamidovna- tibbiyot fanlari 
doktori, professor 2004 -yildan Respublika ixtisoslashgan 
ko`z mikroxirurgiyasi markazi direktorining ilmiy ishlar 


22 
bo`yicha muovini. “Ko`z olmasi yallig’lanish kasalliklarining klinik o`tishi rivoji 
va davolash usullari” mavzusida mutaxassis.Hozirgi vaqtda o`ta dolzarb birlamchi
ochiq burchakli glaukoma, retina kasalliklari, vena trombozi mavzularida ilmiy 
tadqiqotlar olib boryapti. 5ta nomzodlik dissertatsyialarga 10 magistr va 120 
bakalavrlarga rahbarlik qilgan 
Yangieva Nodiraxon Raximovna - tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent, 
Toshkent stomatologiya instituti oftalmologiya kafedrasining mudiri, 
O`zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi qoshidagi o`quv uslubiy 
qo`llanmalar markazining boshligi. 1997- yilda “Qandli diabetda ko`z kasalliklari 
tarqalishi klinikasi va epidemiologiyasi “ mavzusida nomzodli dissertatsiyasini 
himoya qilgan. Maxsus ilmiy kengash a`zosi, turk tillari oftalmologiya muammolar 
kommissiyasining a`zosi. 35 uslubiy, 10 ta metodik va 150 ilmiy maqolalar 
muallifi. Oftalmologiyada makulodistrofiyalar, diabetik retinopatiyalar bo`yicha 
ko`plab ilmiy tadqiqotlar o`tkazgan. Oftalmolog magistrlar tayyorlash normativ va
huquqiy hujjatlari muallifi. O`zbekistonda birinchi ruscha va o`zbekcha elektron
multimeidal o`quv qo`llanmlar muallifi.Toshkent davlat stomatologiya instituti 
huzuridagi Ds c28. 122017 ilmiy kengashning Oftalmlologiya sohasidan
doktorlik va falsafa doktori ilmiy darajalar berish 
seminarining a`zosi, 14.00.08 Oftalmologiya ixtisosligi 
bo`yicha ilmiy seminar raisi. Oliy ta`lim rektorlar 
rayosatida oftalmologiya bo`yicha monotemstik komissiya 
raisi. N.R.Yangieva mudirlik qilayotgan kafedra o`qish
jarayonida Respublikada namunali bo`lib,Respublikada 
birinchi Oftalmologiydan elektron multimediyali o`zbek 
va rus tillarda o`quv darslik joriy qilgan( patent- DG 06512). N.R. Yangieva 
Belorussiyaning diplomdan keyingi akademiyasi( BELMAPO) bilan ham
hamkorlikda faoliyat yuritib 2 ta o`quv uslubiy qo`llanmalar yaratganligi
O`zbekiston oftalmologlarining obro’ va salohiyatini oshirgan 


23 
Yusupov 
Azamat 
Farxadovich. 
O`zbekiston 
Respublikasi ixtisoslashgan ko`z mikroxirurgiya markazi 
direktori, tibbiyot fanlari doktori (2018) Xususiy “ Sihat 
farog’at” klinikalarini zamonaviy asbob - uskunalari bilan 
jihozlagan.Respublikada 
ixtisoslashgan 
ko`z 
mikroxirurgiya markazi direktori vazifasida barcha hozirgi 
zamon diagnostikalari (OKT,retiofot, 3d. mikroskop, fakoemulsifikatsiya, 
flyuressent angiografiya, retinofot va h.k) va davolash (keratoplastika 
refraksiyaxirurgiyasi,fakoemultsifikatsya va. h.k) usullarini joriy qilgan. 2002 -yil
tibbiyot falsafa doktori va 2016- yilda “ Katta yoshdagi kishilardagi 
makulodistrofiya” mazusida tibbiyot fanlari doktori dissertatsiyasini himoya 
qilgan.58 ilmiy maqolalar muallifi. Ko`plab xalqaro ilmiy anjumanlar 
ishtirokchisi. 
Islamov Ziyovutdin Sadriddinovich- Tibbiyot fanlari 
doktori, O`zbekiston respublikasi onkologiya va radiologiya 
ilmiy markazining oftalmoonkologiya bo`limi mudiri. 1965- 
yilda tashkil bo`lgan bu bo`lim tom ma`noda
oftalmoonkologiya bo`yicha ilmiy- amaliy markaz bo`lib 
xizmat qiladi. Z.C. Islamov ko`z qovoqlari, olmasi va retinaning onkologik 
kasalliklarini erta diagnostikasi va davolash algoritmlarini ishlab chiqqan. Bolalar 
retinoblastomasining patogenezi, klinikasi va jarrohlik davolash, ko`zni
protezlash jaraiyonlarining haqiqiy ilmiy mutaxassisi. Respublika bo`ycha barcha 
oftalmoonkologik bemorlar mana shu markazda davo 
topadilar. 
Siddikov Zafar Umarovich-tibbiyot fanlari nomzodi, 
Rossiya –Qozog’istonnning Chimkentdagi tibbiyot instituti 
faxriy professori, O`zbekistonda ximat ko`rsatgan vrach 
(2000),O`zbekiston vrachlar assotsiatsiyasining raisi,2004 -


24 
yilda O`zbekistonda ixtisoslshgan ko`z mikroxirurgiya markazi asoschisi, 
“O’zbekiston vrachlar assotsiatsiyasi” ilmiy jurnali redaktori. 15000 mikroxirurgik
amaliyot bajargan, shulardan 700 tasi total (to`liq) keratoplastika. 4 marta 
xalqaro mikroxirurgiyaning dolzarb muammolari mavzusida konferensiyalar 
o`tkazgan, 2 ixtiro, 3 ta o`quv dastur muallifi, 50 dan ortiq ilmiy maqolalar chop 
qilgan. Termizda va Xorazmda mikroxirurgiya markazlarining filiallari 
tashkilotchisi. Barcha viloyat ko`z klinikalarini diagnostik ISUZU avtobusi bilan 
ta`minlashni tashkillashtirgan. 
Nabiev Abdivali Mirzaliyevich- tibbiyot fanlari doktori, 
2000-2006- yillarda bosh oftalmolog. Glaukomaning 
Ozbekistondagi hozirgi zamon klinikasi,diagnostkasi va 
jarrohlik davolash usullarini amaliyotga tadbiq qilgan 
.100 dan ortiq ilmiy maqolalar,2 ixtiro, 7 ta 
ratsionalizatorlik taklif, 1 monografiya muallifi. 2 ta doktorlik dissertatsiyaga 
rahbarlik qilgan.
Rustamov Sultonmurod Sa`dullaevich- 2018 yilda 
Shaxrizabz tuman oftalmologiya shifoxonasida ishlasa
ham, Shurtang- gaz kompleksi ishchilarida oftalmologik 
kasalliklar tarqalishi epidemiologiyasi, klinikasi va 
davolash algoritmini yaratgan. 2 ta doktorlik 
dissertatsiylarga rahbarlik qilgan, 1 ixtiro , 7 ta ratsional taklif , 1 monografiya va 
60 dan ortiq ilmiy ishlari muallifi. 
Normatova Nargiza Mirshakatovna- Dotsent ,70 dan 
ortiq ilmiy maqolalar va 10 ta uslubiy qo’llanma muallifi. 
Qandli diabetda ko`zdagi diabetik retinopatiyaning 
respublikada tarqalish epidemiyologiyasi, davolash va 
diagnostikasi algoritmini yaratgan 


25 
Zaxidov Ulug’bek Basitovich- tibbiyot fanlari doktori. 50 
ilmiy maqolalar va 3 uslubiy qo`llanma muallifi. Bolalarda 
glaucoma xastaligi diagnostikasi va davolash mexanizmi 
bilan shug’ullanadi 
To`xtaboev Isroil To`ychievich- tibbiyot fanlari 
doktori, professor, Andijon tibbiyot instituti oftalmologiya 
kafedrasining mudiri, institut ilmiy qo’mitasi raisi, 100 
dan ortiq ilmiy maqola va 10 uslubiy qo’llanmalar muallifi. 
Bosh miyaning ensa qismidagi ko`rish markazining 
hujayralar sitoarxitektonikasini ukkamal o`rgangan noyob 
mutaxassis.
Zakirxo`jaev Rustamjon Asralovich- tibbiyot fanlari 
doktori, Tibbiyot akademiysining dekani. Bolalarda tug’ma 
ko`z kasalliklari diagnostikasi , tarqalishi va davolash 
jarayonlari algoritmini ishlab chiqqan. 100 ga yaqin ilmiy 
maqolalar va 5 ta uslubiy qo`llanmalar muallifi. 70 dan 
ortiq ilmiy maqola va 10 uslubiy qo’llanmalar muallifi 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish