Muxamadiev r. O o f t a L m o L o g I y a


bet8/10
Sana26.04.2022
Hajmi
#583965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
fayl 1857 20210918

6-BOB. 
QOVOQ KASALLIKLARI 
Qovoq kasalliklari etiologik jihatdan quyidagicha klassifikatsiyalanadi 
Yiringli kasalliklari : absses chegaralangan yiringli jarayon, flegmona- keng
tarqalgan yiringli jarayon,
-blefarit 
- govmichcha 
-xalazion 
Allergik kasalliklar 
Tug`ma anomaliyalar ( kolobomalar- qovoqning qisman defekti, , 
kriptoftalm- qovoqning butunlay yo`qligi, ankiloblefaron- tepa va pastki 
qovoqlarning birlashib qolishi, epikantus- qovoq tepa va pastki terilarining 


125 
yarim oysimon vertikal burmalashib ko`z qovoqlarining qisilib qolishi, ptoz- 
tepa qovoqning pastga tushishi, 
- qovoqlarning ko`z olmasiga qaytishi- entropion 
-qovoqlarning ko`z olmasidan tashqariga qaytishi – ektropion 
- trixiaz- kipriklarning noto`g`ri o`sishi 
O`smalar -
5.Blefaroxolaziz-atrofiylashgan tepa qovoq terisining osilib qolishi,- qarilik
oqibatidagi qovoqning ichkariga va tashqariga qaytishlari 
6.Ikkilamchi boshqa kasalliklari oqibatida kelib chiqadigan har xil kasalliklar 
(umumiy - buyrak, yurak va qon tomir kasalliklari oqibatida paydo bo`ladigan
shishlar 
Qovoqlar ko’z olmasi yuzasini qurib ketishdan va atrof-muhitning zararli
ta'siridan himoya qiladi. Qovoq kasalliklari ko'rish organining barcha 
patologiyasining taxminan 10% ni tashkil qiladi. Qovoq va uning bezlari 
yallig'lanish kasalliklari, ko'z qovoqlari terisining bakterial , allergik kasalliklari, 
tuzilishi va joylashuvidagi patologiyalar, rivojlanish anomaliyalari va o'sma
kasalliklari bor… 
Normada qovoqlar terisi och pushti, ingichka va nozik. Ko'z qovoqlarining 
shishishi yallig'lanishli va yallig'lanmagan xarakterda bo'lishi mumkin, 
shuningdek allergik jarayonlar va travmalar ham kuzatiladi. 
• Yallig'lanish shishi odatda bir tomonlama bo'lib, boshqa mahalliy yallig'lanish 
belgilari bilan birga keladi: giperemiya, og'riq va mahalliy temperaturaning 
ko’tarilishi. 
• Tizimli kasalliklarda shishlar har doim ikki tomonlama bo'lib, ko'pincha 
qovoq va tomoqning shishishi bilan birlashadi. Qovoq terisi oqargan, to'qimasi 
zichlashgan va og'riqlar yo'q, terining mahalliy harorati o'zgarmaydi. 
• Allergik shish odatda bir tomonlama bo'lib , tez rivojlanadi va qattiq 
qichishish bilan birga bo'lishi mumkin. Shishgan teri rangi oqargan, 
zichlashmagan, og'riqsiz. 


126 
• Travmatik shish. Teri ostiga keng qon quyilishi tufayli qovoqlarning terisi
ko`kimtir yoki to’q ko’k rangda bo’ladi 
Patogenezi; Barcha birlamchi yiringli kasalliklar patogen ( streptokkok, 
stafillokok va boshqa bakteriyalarning inson sanitariya- gigienik qoidalarga rioya 
qilmasligi oqibatida kipriklar tomiri ga, meybom bezlarga tushib kapillyarlarning 
devorlarini chiqaradigan toksinlari bilan qitiqlab giperemiya chaqirishi oqibatida
plazmaning tomirlardan tashqari to`qimalarga chiqishi natijasida migratsiyalashib
o`lgan leykotsitlar bilan birlashib yiring hosil qilishi, chegaralangan meybom 
bezi va boshqa yon to`qimalartni yalliglantirishi natijasida yiringli kasalliklar 
kelib chiqadi 
Allergik kasalliklarda esa allergiya chaqiradigan allergen hisobiga( 
kimyoviy moddalar, kosmetik vositalar, ) qovoqlarning to`qimalaridagi 
sensibilizatsiya hisobiga to`qimalarda gistamin moddasi yig`ilishi hisobiga
qichish va shish paydo bo`ladi. 
Buyrak va umumiy qon tomir kasalliklarida esa venoz sistemada qon 
aylanishi sustlashganligi evaziga statik holatda ( kechasi uyqu vaqti) qonning 
suyuq qismi yumshoq bo`lgan qovoqlar terisi tagiga chiqishi hisobiga shish 
paydo bo`ladi. Boshqa infektssiyon shishlardan farqi og`rimaydi, qichimaydi, 
kunduz kuni odam yurganida shish qaytib ketadi.
Allergik kasalliklari 
Qovoqlarning allergik kasalliklari tez kechuvchi (eshakyemi va Kvinke 
shishi,qovoqlarning allergik dermatiti) va sekin kechuvchi (qovoq terisi ekzemasi 
va toksikodermiyasi ) allergik reaksiya tipida kechadi. 
Qovoqlarning allergik kasalliklari qattiq qichishish, ko’z yosh oqishi va ko'z 
qovoqlarining shishishi bilan birga keladi.Odatda og’riq bo’lmaydi. Ko’z yosh 
suyuqligida va konyunktivadan surtma olinganda eozinofillar aniqlanishi mumkin. 
Kasallik bir tomonlama yoki ikki tomonlama xarakterga ega. 
Tez kechuvchi reaksiyalar allergen bilan aloqa qilgandan so'ng yoki 
dastlabki 6 soat ichida paydo bo’ladi. 


127 
• Eshakyemi( krapivnitsa,urticaria) allergen bilan aloqa qilgandan so'ng 
darhol qovoqlarda qichishish va terisida shishgan qabariq paydo bo'lishi (odatda 
bir tomondan paydo bo'ladi) bilan namoyon bo’ladi. Kvinke shishi paydo bo'lsa , 
yonoq sohasi, og'iz burchagi va pastga tarqalishi mumkin (6.1-rasm).
• Qovoqlarning kontakt dermatitlari allergen bilan aloqa qilgandan keyin 6 
soat ichida tez rivojlanadigan giperemiya va shish, qichishadigan papula va 
vezikulalarni paydo bo'lishi bilan namoyon bo'ladi. Odatda ikki tomonlama 
bo’ladi(6.2-rasm). 
rasm. 6.1. Ko'z qovoqlarining angionevrotik shishi


128 
rasm. 6.2. Ko'z qovoqlarining kontakt dermatitlari 
• Qovoq terisi ekzemasi qovoq dermatitini o’tkazgandan so’ng allergen
bilan qayta kontaktda bo’lish natijasida rivojlanadi. Qovoq terisi papula, vezikula 
va pustulalar bilan qoplangan, ochilgandan keyin seroz ekssudat paydo bo'ladi va 
qobiqlar hosil bo'ladi. 
• Toksikodermiya - bu allergenlarning tizimli ta'sir qilishi bilan yuzaga 
keladigan reaksiya. Bu nafaqat ko'z qovoqlarining, balki tana boshqa qismlarining 
terisida urtikar,eritemato-skvamoz va petixial toshmalarning paydo bo'lishi bilan 
tavsiflanadi. 
Davolash etiologik (antigen eliminatsiyasi, parhez), patogenetik (mahalliy 
glyukokortikoidlar-maz yoki tomchi ko’rinishida) va simptomatik (antigistaminlar 
yordamida qichihishni kamaytrangdor pardah) printsiplariga asoslanadi. 
Qovoq qirrasi va qovoq bezlari kasalliklari 
Qovoq qirrasi va qovoq bezlarining yallig'lanish kasalliklariga blefarit,
govmichcha(yachmen) va xalazion kiradi. 
Blefarit 
Blefarit (blepharitis) – Qovoq qirralarining yallig'lanishi.
Etiologiyasi. Blefaritning rivojlanish sabablari (mahalliy faktorlar) va 
sharoitlari (umumiy faktorlar) ajratiladi.
Sabablari: 
• refraksiya korrigirlanmagan anomaliyalar i(gipermetropiya yoki astigmatizm); 
• Qovoq demodekozi (yog 'bezlari va meybomiy bezlarida, shuningdek soch 
follikulalaridagi parazitlar-kanalar) 
Meybomiy bezlarning disfunksiyasi (ortiqcha ishlab chiqarish va sekretsiya 
oqimining buzilishi). 
Blefaritning rivojlanishi uchun sharoitlar: oshqozon-ichak trakti 
patologiyasi, qandli diabet va boshqa metabolik kasalliklar, burun yon sinuslarning 
yallig'lanishi, shuningdek atrof-muhitning zararli omillari (chang, tutun, 
atmosferadagi kimyoviy moddalar). 
Klinik ko‘rinishi 


129 
Bemorlar shikoyatlari: 
• qichishish, achishish,ko’zda yot jism hisi va yosh kelishi;
• kipriklarni yopishtiradigan oqma paydo bo'lishi; 
rasm. 6.3. Oddiy blefarit
rasm .6.4. Yarali blefarit 
•Ko’rish paytida tez charchash, ayniqsa kechqurun va sun'iy yorug'lik ostida. 


130 
Oddiy, qipiqli va yarali blefaritlar farqlanadi. Blefaritning barcha turlari surunkali 
kechishga va retsidivlanishga moyil. 
• Oddiy blefarit giperemiya va ko'z qovoqlarining shishishi bilan tavsiflanadi 
(6.3-rasm). 
•Qipiqli blefarit. Giperemiya va shishlar bilan bir qatorda, ko'z qovog'ining 
chetida kepakka o'xshab mayda-kulrang-oq kepak shaklidagi quruq(soch 
qazg’og’iga o’xshagan) qipiqlar paydo bo'ladi. Qipiq ostidagi teri yupqalashgan va 
giperemiyalangan bo’ladi. 
• Yarali blefarit. Bu ko'pincha bolalar va yoshlarda uchraydi .og’riq 
kuzatiladi. Kipriklarning ildizida sariq yiringli qobiqlar hosil bo'ladi (6.4-rasm). 
Qobiqlar qisqich bilan olib tashlangandan keyin qonli yaralar qoladi.
Davolash ambulatoriya sharoitida amalga oshiriladi. Etiologik omillarni yo'q 
qilish kerak. Sistemali vitaminoterapiya va antiallergik parhez tayinlanadi, 
shuningdek mahalliy davolash amalga oshiriladi: Oddiy va qipiqli blefaritda 
qovoqlar kuniga 2-3 marta antiseptiklar bilan ishlov beriladi (masalan brilliant 
yashili 1% spirtli eritmasi). Qipiqlarni yumshatish va ularni olib tashlashni 
osonlashtirish uchun 10 daqiqa davomida 2% natriy bikarbonat eritmasidan 
foydalaniladi. Antiseptik eritmalar kuniga 2-3 marta konyunktival qopchaga 
kiritiladi: 0,05% pikloksidin eritmasi, 20% sulfatsetamid eritmasi. Kuniga 1-2 
marta ko'z qovoqlarining qirralari 0,5% gidrokortizon malhami yoki 
glyukokortikoid va antibiotikni o'z ichiga olgan aralash preparatlar surtiladi. Har 
kuni ko'z qovog'ini massaji amalga oshiriladi. 
• Yarali blefaritni davolash barcha qobiqlarni olib tashlashdan boshlanadi. 
Ularni yumshatish uchun ko'z qovoqlarining qirralariga steril suyuq vazelin 
surtiladi. Kuniga 2-3 marta ko'z qovoqlarining qirralariga yiringli qobiq hosil 
bo'lmaguncha antibakterial malhamlar (tetratsiklin yoki eritromitsin)surtiladi. 
Davolash faqat kasallikning sababi bartaraf etilsagina samara beradi. Yarali


131 
blefaritda kiprik o'sishi buzilishi (trixiaz, madaroz),qovoqni buralib qolishi bilan 
shakllanadigan qovoq qirralarini chandiqli deformatsiyasi kuzatiladi. 
Demodekotik blefarit. Demodex ( temirsimon o`rmon pashshasi paraziti
yog ` bezlari va meibomiya bezlarida, shuningdek, soch follikulalarini ichiga 
kirib parazitlik qiladi. Yuqumli kontakt-maishiy sodir bo'ladi . Botqoq va
o`rmonli hududlarda 60 yoshga kelib, odamlarning 50% ga yaqin shu parazit
tashuvchisiga aylanadi. Klinik ko'rinishi tananing reaktivligi pasaygan 
odamlarda ko`proq uchraydi va qovoqlar shishi, qizarishi va qichishi bilan
tavsiflanadi. Laboratoriya diagnostikasi 4-6 kipiklardan tayyorlangan 
preparatning mikroskopiyasiga asoslanadi (bir nechta demodekoz paraziti
aniqlanadi) 
rasm. 6. 5.Demodedik blefarit

Govmichcha (Yachmen) 
Govmichcha-(Hordeolum) – kipriklar yog ' bezlarining o'tkir yiringli 
yallig'lanishi. Ko'pincha stafilokokklar yoki streptokokklar keltirib chiqaradi. 
Yallig'lanish jarayonining rivojlanishi uchun meybomiy bezlar ishlashining 
buzilishi sharoit hisoblanadi. 
Bemorlar qovoq sohasidagi og’riqga, qizarishga va shishga shikoyat 
qilishadi. Tekshiruvda kiprikning soch follikulasi hududida mahalliy giperemiya va 


132 
ko'z qovog'ining shishi aniqlanadi. Ushbu sohani palpatsiya qilinganda og’riq 
kuzatiladi. 1-2kundan keyin o’chog’ markazida yiringcha paydo bo’ladi .Bu 
yiringcha 2-3kundan so’ng tashqariga yoriladi . Keyin yallig'lanish jarayoni asta-
sekin kamayib tuzaladi. 
Govmichchani siqib chiqarish mumkin emas, aks holda septik kalla ichi 
asoratlar (shu jumladan kavernoz sinus trombozi) rivojlanishi mumkin. Yo`qotish 
uchun oldin quruq issiqlik va shu sohaga ultrafiolet nurlanish (2-3 biodoza) 
qo'llaniladi. Kuniga 2-3 marta ko'z qovog'iga antiseptiklar surtiladi(romashka 
eritmasi va boshqalar), konyunktival qopchaga antiseptiklar eritmasi (pikloksidin 
yoki sulfatsetamid eritmasi) tomiziladi. 
Xalazion 
Xalazion- bu meybomiy bezining atrofidagi tog’ayning surunkali proliferativ 
yallig'lanishi. Xalazion meybomiya bezining chiqaruvchi kanalini to'silib qolishi 
natijasida yuzaga keladi . Bu uning kengayib yorilishiga va uning sekretini 
atrofdagi tog’ay to’qimalariga tarqalib granuloma rivojlanishiga olib keladi. 
Qovoq sohasida kattaligi no’xatdek bo’lgan zich-elastik,ogriqsiz tuguncha 
hosil bo’ladi. (6.5-rasm). Teri tugun ustida harakatchan, o'zgarmagan. Tuguncha 
atrofidagi konyunktiva giperemiyalangan bo`ladi.
rasm 6.6. Xalazion: a) ko'z qovog'idagi terining o'zgarishi; b) qovoq konyunktivasidagi o'zgarishlar 
Kichik o'lchamdagi xalazionga prolongirlangan 
glyukokortikoidlarning eritmalari (Kenalog-40? Yoki diprospan) 7-10 kun 
oralig'i bilan uning ichiga 2 marta yuboriladi. Ikki hafta davomida kuniga 


133 
2-3 marta ko'z qovoqlarining terisiga glyukokortikoid malham (0,1% 
malham deksametazon yoki betametazon)suriladi. Katta o’lchamdagi 
xalazionlarda, shuningdek medikamentoz terapiya samarasizligi bilan 
jarrohlik davolash qo'llaniladi. Xalazion ko`pincha konyunktiva tomondan 
olib tashlanadi .Ba`zan agar xalazion tog’ayning teri tomonida o`sgan bo`lsa
teri tomondan ham olinadi. 
Qovoq terisining bakterial kasalliklari 
Qovoq terisining o’tkir (qovoq flegmonasi va absessi,impetigo,saramas va 
furunkul ) va surunkali (tuberkulyozli qizilyuguruk,sifilitik zararlanish) bakterial 
kasalliklari ajratiladi. 
Ko'z qovoqlarining аbsess va flegmonasi – qovoq to'qimalarining 
cheklangan va tarqalgan (diffuz) yiringli yallig'lanishi. 
Etiologiyasi. Eng ko'p uchraydigan qo'zg'atuvchilari gramm-musbat 
kokklar (stafilokokklar va streptokokklar) va anaeroblar. Mikroblar qovoq terisiga 
shikastlangan teri va va to'g'ridan-to'g'ri yallig'lanish jarayonining atrofdagi 
tuzilmalardan (burun sinuslari, orbita to’qimasi va boshqalar) yoki
metastatik yo'l
bilan ko'z qovog'iga kiradi 
Klinik ko’rinishi 
Bemorlarning shikoyatlari: 
• ko'z qovoqlarida zo'riqish va og'riq hissi; 
• Yosh oqishi va konyunktiva bo’shligidan shilliq ajralma kelishi; 
•Ko’z tirqishi qisilib yoki yopilib qolishi (ko'z qovoqlarining qattiq shishishi 
tufayli); 
• isitma va intoksikatsiya belgilari(umumiy holsizlik, bosh og'rig'i va boshqalar). 
Tekshiruvda qovoq terisining giperemiyasi, mahalliy haroratning ko'tarilishi 
aniqlanadi. Ko'z qovoqlarining qattiq shishi natijasida palpebral yoriq 
qiyinchilik bilan ochiladi(6.6-rasm). Palpatsiyada shishgan to'qimalar zich, 
og'riqli,flyuktuatsiya aniqlanadi. 


134 
Regionar limfa tugunlari kattalashgan va og’riqli. Qovoqlar flegmonasida 
qovoq absessiga qaraganda mahalliy belgilar aniq namoyon bo’lgan va tarqalgan 
xarakterga ega bo’ladi. 
Davolash statsionar sharoitida o'tkaziladi. Flyuktuatsiya aniqlanganda absess 
drenaji qo`yiladi va uning bo’shliqlariga antiseptik eritmalar bilan ishlov beriladi 
(masalan, 0,02% nitrofurali eritma).Yuqumli jarayonning konyunktiva 
bo'shlig'idan konyunktiva va shox parda to'qimalariga o'tishiga yo'l qo'ymaslik 
uchun kuniga 3 marta 7-10 kun davomida antibakterial preparatlar 
(sulfatsetamidning 20% eritmasi)tomiziladi. Tizimli ravishda keng ta'sir 
doirasidagi antibiotiklar 7-10 kun davomida qo'llaniladi (sefazolin,, 
sefalosporinlar, aminoglikozidlar), dezintoksikatsion va desensibilizatsiya 
terapiyasi olib boriladi (askorbin kislotasi bilan 5% glyukoza eritmasi, 10% kalsiy 
xlorid eritmasi tomchilab venaga yuboriladi). 
O'z vaqtida davolansa natija ijobiy bo'ladi, aks hollarda ko'z qovoqlarida
chandiqli o'zgarishlar va limfa oqimi buzilishi yuzaga keladi.
rasm 6.7 Qovoq absessi 
Qovoqning ichkariga qayrilib qolishi 
Entropion – kasalligida ko'z qovog'ining qirrasi ko'z olmasiga burilib qoladi. 
Entropionning quyidagi shakllari ajratiladi: tug'ma, keksalik, spastik va chandiqli. 


135 
• Tug'ma qovoq qayrilib qolishi ko'pincha mongoloid irqi vakillarida 
uchraydi. 
Katta yoshdagi odamlarda keksalik qovoq ichkariga qayrilishi mushak atoniyasi, 
tarzal plastinka nestabilligi tufayli yuzaga keladi. 
• Spastik qovoq ichkariga qayrilishi surunkali blefarit va blefarokonyunktivit, 
blefarospazm tufayli ko'z qovoqlari doirali mushaklarining gipertrofiyasi 
natijasida yuzaga keladi. 
.Chandiqli qovoq ichkariga qayrilishi kuyishlar, jarrohlik operatsiyalari, 
yallig'lanish jarayonlaridan (masalan, traxoma) so'ng tog’ayning egriligi yoki 
qovoq orqa konyunktival yuzasining qisqarib qolishi tufayli yuzaga keladi. 
Qovoqlarning ichkariga qayrilib qolishi ko'zning old qismini kipriklar 
doimiy ravishda tirnash hisobiga shox pardaning shikastlanishiga olib keladi. 
• begona jism hissi, tez-tez pirpiratish; 
• Yosh oqishi 
• ko'zning qizarishi. 
Ko’ruvda qovoqning kiprikli yuzasini ko’z olmasiga ag’darilib qolganligi 
ko’rinadi. Ko’z qisilganda qayrilish darajasi kuchayadi. Ko'z olmasining yuzaki
inyeksiyasi xarakterli. Shox pardaning kipriklar bilan kontaktda bo’lgan yuzasida 
eroziyalar paydo bo’ladi. Infeksiya tushgan taqdirda va keratit rivojlanganda 
infiltratlar hosil bo’ladi.
Davolash 
Barcha turdagi qovoq ichkariga qayrilib qolishini davolash jarrohlik
hisoblanib teri mushak loskutini rezektsiya qilishdan iborat (6.7-rasm). Yoshga 
bog'liq va spastik qovoq qayrilishida jarrohlik ko'z qovoqlarining tashqi 
bog'lamini qisqartirish bilan to'ldiriladi. Chandiqli qovoq qayrilishini bartaraf etish 
uchun qovoq yoki konyunktiva plastinkasi plastikasi talab qilinadi. 
Qovoqning tashqariga qayrilishi 
Ko’z qovog’ining tashqariga qayrilib qolishi (ektropion) - bunda ko’z 
qovog’ining(odatda pastki qovoq) ko’z olmasidan uzoqlashib palpebral va
bulbar 


136 
konyunktiva
ochilib qoladi. Keksalik, paralitik va chandiqli turlari ajratiladi
.
rasm 6.8. Qovoq nuqsonini operatsiya sxemasi 
rasm 6.9. Pastki qovoqning tashqariga qayrilib qolishi 


137 
rasm 6.10. Pastki qovoqning paralitik tashqariga qayrilishi
Keksalik turi keksa odamlarda ko'z qovoqlarining bog’lamlari haddan 
tashqari cho'zilib ketishi tufayli yuzaga keladi, bu esa ko'z qovog'ining qayrilishiga 
olib keladi. 
• Paralitik turi yuz nervining shikastlanishi bilan kuzatiladi. 
Chandiqli turi-travma, kuyish yoki ko'z qovoqlarining yallig'lanish 
jarayonlari oqibatida paydo bo’ladi. 
Bemorlar yosh oqishi,yosh to’planishi va ko'zning qizarishiga shikoyat 
qiladilar. Tekshiruv natijasida pastki qovoq yumilmaydi va ko`z yosh oqib turadi.
Oqibatda surunkali blefarit , konyunktivit va keratit paydo bo'lishi mumkin. 
Davolash xirurgik (birinchi navbatda, asosiy kasallikni davolash 6 oy davomida 
amalga oshiriladi).
rasm 6.11. Qovoq tashqariga qayrilishini tiklash sxemasi: a) figurali kesim; b) choklarni qo’yish 


138 
Davolash pastki qovoqni gorizontal qisqartirishdan iborat (6.10-rasm). Chandiqli 
qovoq qayrilishini bartaraf etish uchun qovoq terisi plastik jarrohligi talab qiladi. 
Dastlabki bosqichlarda plastik jarrohlik amaliyotini amalga oshirishning iloji 
bo'lmaganda, blefarorafiya o’tkaziladi (ko'z qovoqlarini vaqtincha choklar 
yordamida birlashtirish). 
Ptoz
Ptoz (ptozis) - yuqori ko'z qovog'ining ko'z olmasiga nisbatan past 
joylashishi(yuqori qovoqning pastga tushib qolishi). Ptozning bir nechta turlari 
mavjud: 
Etiologiya bo'yicha tug'ma va orttirilgan ptoz ajratiladi. 
Tug'ma ptoz (autosomal dominant nasliy turiga ega). 
- miogen (ko'z qovog'ini yuqoriga ko'taradigan mushak distrofiyasi bilan bog'liq); 
- neyrogen (ko’zni harakatlantiruvchi nerv yadrosi aplaziyasi yoki simpatik 
innervatsiyasini buzilishi tufayli). 
• Orttirilgan ptoz: 
- neyrogen (ko’zni harakatlantiruvchi yoki bo’yin simpatik nervning 
shikastlanishi tufayli); 
- miogen (miasteniyalarda); 
- aponevrotik (yuqori ko'z qovog'ini ko'taradigan mushak payining qisman 
uzilishi sababli); 
- orttirilgan (anoftalm oqibatida). 
Namoyon bo’lish darajasiga ko’ra qisman (ko'z qovog'ini normaga nisbatan 1-3 
mm ga tushishi), to'liq bo'lmagan (yuqori qovoq qorachiq o’rtasigacha tushishi) va 
to'liq ptoz (yuqori ko'z qovog'i ko'z olmasini to'liq qoplaydi va pastki qovoq 


139 
ustiga osilib turadi) ajratiladi.
rasm 6.12. Ptoz 
Ptozli bemorlarni tekshirganda, yuqori ko'z qovog'i shox pardani 2 mm 
dan ko'proq qoplaganligi aniqlanadi (6.11-rasm). Bemorlar yuqori ko'z qovog'ini 
ko'targuncha peshona mushaklarini tortadilar yoki boshlarini orqaga tashlaydilar .
Maktabgacha yoshdagi bolalarda ptoz ko’rish qobiliyatining pasayishiga va 
buning oqibatida ambliopiya kelib chiqshiga sabab bo`ladi . 
Ortirilgan neyrogen ptozni davolash konservativ davo talab etadi. Bolalarda 
ambliopiya rivojlanishining oldini olish uchun jarrohlik o'z vaqtida amalga 
oshirilishi kerak. Yuqori ko'z qovog'ining harakati yo’q bo’lsa uni peshona 
mushagiga osib qo’yiladi.Yuqori qovoq harakati saqlangan bo’lsa yuqori qovoq 
levator mushak payi rezeksiyasi amalga oshiriladi. 
Lagoftalm 
Lagoftalm (lagopthtalmus) - qovoqning to'liq yopilmaganligi. Lagoftalm
sababi -yuz nervlarining shikastlanishi va ko'z qovoqlarining dumaloq 
mushaklarining parezi , shuningdek ekzoftalm, simblefaron, retraksiya va 
qovoqlardagi chandiqli o‘zgarishlar. Qovoq yopilmasligi sababli quruq ko'z 
rivojlanadi va shox pardaning yaralari va distrofiyasi paydo bo'ladi. 


140 
Bemorlar ko'zning quruqligi va qizarishidan shikoyat qiladilar. Tekshiruvda 
palpebral yoriq shikastlangan tomonda kengroq, pastki qovoq pastga tushib ko’z 
olmasi ochiq qoladi. Ko`z yumganda va uxlash paytida ko'z qovoqlari to'liq 
yopilmaydi. Agar yuz nervi zararlangan tomonda bo'lsa og'iz burchagi
cho'kadi.Yuz nervi zararlanganda, davolash nevropatolog bilan birgalikda amalga 
oshiriladi. Qovoq chandiqli o’zgarishlari va simblefaronda konyunktiva va 
qovoqlar plastik jarrohligi qo'llaniladi. Lagoftalm sababi bartaraf etilgunga qadar 
qovoqlar holatini tiklash maqsadida leykoplaster bilan vaqtincha fiksatsiya
qilinadi. , ko'z qovoqlari lateral va medial blefarorafiya yordamida 
tikiladi.Simptomatik davolash shox pardani namlantirishga (sun’iy ko’z yosh 
preparatlari) va infeksiyaning oldini olishga qaratilgan(20% sulfatsetamid eritmasi 
kuniga 2-3 marta konyunktiva bo'shlig'iga kiritiladi; 1% eritromitsin yoki 
tetratsiklin surtiladi). 
rasml 6.13. Ptozni yo'q qilish uchun operatsiya sxemasi 
Lagoftalm sababini bartaraf etish bilan ko'z qovoqlarining holati to'liq tiklanadi. 
Agar distrofiya yoki shox pardaning yarasi bo'lsa, shox parda xiralashib ko'rish 
yo'qolishi mumkin. 


141 
TUG’MA ANOMALIYALAR 
Ko'z qovoqlarining tug'ma nuqsonlari xilma-xildir: ptoz, qovoq qayrilishi, 
kriptoftalm, blefarofimoz, epikantus va ko'z qovoqlarining kolobomasi. 
• Kriptoftalm - ko'z qovoqlari differensiatsiyasining to'liq yo'qolishi. 
Homiladorlikning ikkinchi oyida onaning og'ir kasalligi tufayli rivojlanadi. 
• Blefarofimoz - ko'pincha ko'z qovoqlarining qisman yoki to'liq qisilishi. 
Autosomal dominant turda irsiylanadi. Ko'z qovoqlarini operativ yo’l bilan ajratish 
erta bosqichlarida amalga oshiriladi 
.• Epikant - ko'z qovoqlari orasidagi terining semilunar(yarim oy) vertikal 
burmasi. U ko’z yorig’ining ichki burchagida joylashgan va uning 
konfiguratsiyasini o'zgartiradi, bu soxta g’ilaylik tasurotini uyg’otadi. Epikant 
har doim ikki tomonlama patologiya hisoblanadi. Normada 6 oygacha bo'lgan 
bolalarda,mongoloid irqiga mansub odamlarda va yassi burun ko'prigi bo'lgan 
bolalarda (asta-sekin 7 yoshgacha yo'qoladi) uchraydi. Patologik epikant- turli xil 
xromosoma kasalliklarining belgisidir. Operativ davo faqat kosmetik maqsadlarda 
amalga oshiriladi. 
• Ko'z qovoqlarining kolobomasi - uchburchak yoki yarim oy shaklidagi 
ko'z qovog'ining chetidagi nuqson. Ko'pincha yuqori ko'z qovog'ining o'rta qismida 
rivojlanadi, bu shox parda namligining buzilishiga olib keladi. Nuqson xirurgik 
korreksiyalash yo’li yordamida tuzatiladi. 
Trixiaz 
Bu ko`pincha traxoma va travmatik jaroxatlar oqibatida kipriklarning 
noto`gri o`sib ko`z olmasi, shox pardani tirnab jarohatlaydi. Juda kam holatlarda
tug’ma ham bo`lishi mumkin. Eng yomon asorati shox parda yarasini keltirib 
chiqaradi,uzoq muddatli jarayon belmo yoki shox parda yarasini keltirib 
chiqarib, yiringlash oqibatida ko`z olmasini olib tashlashgacha borishi mumkin. 
Davolash faqat jarroxlik yo`li bilan tuzatiladi.(rasm. 6.17) 


142 
Rasm. 6.14. Tepa qovoq kipriklarini ksenoplastik jarroxlik to`grilash usuli etaplari
Ksantelazma-
Ksantos- sariq - tillo rang, elasma- yassi , yalpoq plastinka so`zlaridan 
olingan bo`lib,qovoqlar terisida lokal yassi yalpoqsimon yog` to`planishi bilan 
xarakterlanadi. Kelib chiqishi lipid modda almashinuvining buzilishi oqibatida
ro`y beradi. Klinikasi ko`pincha tepa qovoq terisi tagida kamroq pastki qovoqning 
ichki burchagida teridan ozgina aniq chegarali oval va boshqa shakllarda


143 
ojizgina sariq yostiqcha shaklida bo`rtib ko`rinib turadi. Davosi jarroxlik bilan 
olib tashlanadi. 
Rasm 6..15. Ksantelazma 
Ko`z yoshi kasalliklari profilaktikasi-
Asosan meybom bezlarining normal ishlashiga qaratilgan. Chunki bu 
bezlar qovoqni tashqi muhitning zaharli, agressiv ta`sirlarlaridan himoya qilib 
turadi. Buning uchun doimiy kiprik va qovoqlarni toza saqlash lozim. Ertalab 
kechqurun sovunlab yuvish, qo`llarni doimiy tozalik qoidalariga mos ravishda
saqlash infeksiya tushishining oldini oladi. Allergik va infeksiyali qovoq 


144 
kasalliklarining oldini olishda kipriklarga kosmetik bo`yoqlar surtish, ularning 
tozaliligiga bog`liq. Har kuni kechqurun kosmetik bo`yoqlarni tozalab yuvish 
kerak. Doimiy iste`moldagi dezinfeksiyalash : l tozalovchi nam salfetkalar va 
nam paxtali gigienik tayoqchalar bilan qovoqlarning kipriklar chiqadigan
joylarini artib tozalash zarur. 
7-BOB.
KO’Z YOSH ORGANLARI KASALLIKLARI 
Ko`z yoshi organlarining kasalliklari anatomo- klinikasiga qarab
quyidagicha klassifikatsiyalanadi 
Ko`z yoshi ishlab chiqaradigan bezning kasalliklari- 
-1. Yallig`lanish kasalliklar ( o`tkir va surunkali dakrioadenitlar, 
tuberkulyoz,sifilis- zaxm, Sindrom Mikulich) 
2.Tug`ma va orttirilgan oqmalar 
3.ko`z yoshi bezi o`smalari 
B. Ko`z yoshini qabul qiladigan bo`limlarining kasalliklari 
1. ko`z yoshi go`shti yallig`lanishi, o`smasi, distrofiyasi 
2.ko`z yoshi ko`lining tug`ma noto`g`ri joylashishi 
3.ko`z yoshi nuqtasi torligi , yoki umuman yo`qligi- atreziyasi 
4. Ko`z yoshi xaltasining o`tkir va surunkali yallig`lanishi - dakriosistit, 
flegmonasi 
. Ko’z yosh organlari kasalliklari ko’z kasalliklari ichida 3-6% tashkil qiladi. 
Ko`z yosh bezi kasalliklari 
Dakrioadenit -bu lakrimal bezlarning yallig’lanish kasalligi. Dakrioadenit o'tkir va 
surunkali bo'lishi mumkin. 
Patogenezi- Orttirilgan ko`z yoshi bezining yallig’lanish kasalliklari 
asosan tuberkulyoz, zaxm kasalliklarida endogen infeksiya ko`z yoshi bezining 
giperemiyasiga, shishiga, og`rig`iga va tepa qovoqning og’riqli kattalashiga olib 
keladi. Tuberkulyoz va sifilis tayoqchalari toksinlari bezdagi kapillyar


145 
tomirlarida giperemiya chaqiradi, shish paydo bo`lib, ko`z yoshi ishlab
chiqarish jarayoni buziladi. 
Ko`z yoshi xaltasi yallig`lanishi endi tug`ilgan chaqaloqlarda yosh
xaltasining burunga ochiladigan teshikchasi bolaning burun bo`shligi xomila
suvi bilan to`lib doyalar tomonidan tozalanmasa, bola chala tug`ilganda baqirib 
yig`lamasa va ona jinsiy yo`llari gonoreya va boshqa infeksiyali kasalliklarga 
uchragan bo`lsa, ona qornidayoq yallig`lanib bitib qolgan bo`ladi. 
Katta odamlarda esa shaxsiy gigienaga rioya qilmagan , qo`llarini tez-tez yuvmay 
ko`zini artadigan odamlarda infeksiya ko`z konyunktivasi orqali ko`z yoshi 
xaltasiga tushib yallig`lanish chaqiradi . Ayollarda erkaklarga nisbatan ko’proq 
uchraydi. 
O'tkir dakrioadenit 
Kasallik keng tarqalgan infeksiyalar (gripp, angina, skarlatina, pnevmoniya, tepki 
va boshqalar) asoratlari sifatida yuzaga keladi. O'tkir dakrioadenit odatda bir 
tomonlama bo'ladi. 
■ Ammo ikki tomonlama zararlanishi ham uchrashi mumkin.Kasallik 
yuqori qovoq sohasida o'tkir og'riq paydo bo'lishi, yuqori ko'z qovog'ining 
qizarishi va shishishi bilan boshlanadi, palpebral yoriqni S shaklga keltiradi (7.1-
rasm). Ko'z olmasi pastga va ichkariga qarab siljiydi, bu diplopiyaga olib keladi 



146 
rasm 7.1. O'tkir dakrioadenit 
Ko`z yoshi bez palpebral sohasida giperemiya va shish bilan aniqlanadi. 
Quloq oldi limfa tugunlari kattalashgan va og'riqli bo`ladi. Kasallik isitma va 
intoksikatsiya belgilari bilan birga keladi. Odatda kasallik taxminan 10-15 kun 
davom etadi va yaxshi tuzaladi . Absess bo'lsa, u yuqori ko'z qovog'ining yoki 
palpebral to'qimaning terisi orqali konyunktiva bo'shlig'iga ochilishi mumkin.
Davolash statsionar sharoitida o'tkaziladi. Antimikrob preparatlar (0,05% 
pikloksidin eritmasi yoki 20% sulfatsetamid eritmasi) 2-3 hafta davomida 
konyunktiva bo'shlig'iga kiritiladi va ko'zlarga antibakterial malhamlar (1% 
tetratsiklin yoki eritromitsin)suriladi. Sistemali davolash antibakterial 
(penitsillinlar, tsefalosporinlar, aminoglikozidlar 7-10 kun) va dezintoksikatsion 
terapiyani (askorbin kislotasi bilan 5% glyukoza eritmasi) o'z ichiga oladi. Ko’z 
yosh bezi absessi holatida uni drenajlash o‘tkaziladi (kesim konyunktiva 
tomondan). 
Surunkali dakrioadenit.Ushbu kasallikni Mikulich kasalligi, sil kasalligi 
va sifilitik kasalliklar keltirib chiqaradi. Surunkali dakrioadenit - sarkoidoz, 
ko’z yosh bezining psevdotumori va o'tkir dakrioadenitdan keyin rivojlanishi 
mumkin. Ko`z yoshi bezining kattalashishi va og'rishi kuzatiladi. Ko’z yosh
bezining sezilarli kattalashishi diplopiya va ekzoftalmga olib keladi. O'tkir 
yallig'lanish belgilari yo'q. Uzoq davom etganda, ko’z yosh bezining atrofiyasi va 
uning sekretor funksiyasining pasayishi rivojlanadi. Tashxisni aniqlashtirish uchun 
spetsifik serologik testlar, kompyuter tomografiya va biopsiya o'tkaziladi. 
Davolash etiologik prinsipga asoslanadi.Dakrioadenit o`tkir kechishida ko’z 
yosh bezi sohasiga rentgen qo’llaniladi(yallig’lanishga qarshi dozalarda). 
Sarkoidozda jarrohlik qo`llaniladi. Psevdotumoroz dakrioadenitda
glyukokortikoid terapiyasi buyuriladi.
Ko`z yosh yo’llari kasalliklari 
Ko`z yoshi nuqtasining torayishi.Ko`z yoshi nuqtasinig torayishi turg'un ko’z
yosh oqishining eng ko'p uchraydigan sabablaridan biridir. Kasallikning 
rivojlanishida zararli tashqi muhit zararli omillarini (sovuq, shamol, chang, tutun, 


147 
kimyoviy moddalar tutunlari va boshqalar) uzoq vaqt ta'sir qiladi. Bemorlar sovuq 
va shamol ta'sirida doimiy ko`z yosh oqishi kuchayishi haqida shikoyat qiladilar. 
Tekshiruvda ko`z yoshi nuqtasining torayishida unining diametri 0,25 mm dan 
kam bo`ladi. Uni kengaytirish zondni takroriy kiritish bilan amalga oshiriladi. 
Agar muolaja samarasiz bo'lsa, jarrohlik amaliyoti o'tkaziladi. 
rasm. 7. 2. Ko`z yoshi yo`llarini zondlash va yuvish usullari
Dakriosistit 
Dakriosistit - bu ko’z yosh qopining yallig'lanishi. Ushbu patologiya ko’z 
yosh organlari kasalliklari bo'lgan bemorlarning 2-7 foizida uchraydi. Ayollarda 
dakriosistit erkaklarga nisbatan 6-10 marta ko’proq uchraydi.Dakriosistit o’tkir va 
surunkali formalarda kechadi va bundan tashqari yangi tug’ilgan chaqaloqlar 
dakriosistiti ham farqlanadi. 
O’tkir dakriosistit 


148 
O’tkir dakriosistit ko’z yoshini nazolakrimal oqimini buzilishi va ko’z yoshini ko’z 
yosh qopchasida to’planib qolishi natijasida kelib chiqadi.Ko’z yoshini to’planib 
qolishi patogen mikroflora rivojlanishi uchun qulay sharoit hisoblanadi(ko’pincha 
stafilokokklar va streptokokklar). Ko’z yosh oqimini qiyinlashuvini sababi -
nazolakrimal yo’llarni shilliq qavatining yallig’lanishi hisoblanadi. 
Bemorlar ko’z tirqishini ichki burchagi sohasida qizarish,shish ,og’riq va 
yosh oqishiga shikoyat qiladilar. Ko’ruvda ko’z yosh qopchasi sohasining 
giperemiyasi va shishi aniqlanadi. Pastki qovoqning yaqqol ifodalangan shishi 
natijasida ko’z tirqishining torayib qolish holatlari kuzatiladi.Kasallikning 
boshlang’ich bosqichlarida ko’z yosh qopchasi sohasi ehtiyotkorlik bilan bosib 
ko’rilganda yiring chiqadi. Kasallik tana haroratining ko’tarilishi ,xolsizlik va 
bosh og’riqlari bilan kechadi.Bir necha kundan so’ng absess rivojlanishi 
mumkin. 
Davolash 
Davolash statsionar sharoitida o’tkaziladi.Flyuktuatsiya aniqlansa absess yorilib, 
bo’shlig’ini drenajlanadi va antiseptik eritmalar bilan yuvish o’tkaziladi(0,02 % 
nitrofural eritmasi).Konyunktiva qopchasiga 7-10 kun davomida kuniga 5-6mahal 
antibakterial tomchilar tomiziladi.Kechki payt pastki qovoq sohasiga antibakterial 
malhamlar suriladi.Sistemali ravishda 7-10kun davomida keng spektrga ega 
antibiotiklar preparatlar buyuriladi(yarim sintetik sefazolin,sefalosporinlar).Yaqqol 
sezilgan intoksikatsiya belgilari bo’lsa dezintoksikatsion terapiya o’tkaziladi. 
O’tkir dakriosistit belgilari yo’qolgandan keyin ham bemorlarni uzoq vaqt 
davomida ko’z yosh oqib bezovta qiladi .O’z vaqtida o’tkazilgan xirurgik 
davosi yosh oqimini tiklaydi. 
Surunkali dakriosistit 
Asosan o’tkir dakriosistitning surunkali xolatga o’tishi natijasida kelib chiqib 
yosh oqishi , pastki qovoq sohasida yosh to’planishi va konyunktival bo’shliqqa 


149 
yiringli ajralma kelishi bilan xarakterlanadi. Ko’ruvda ko’z yosh qopchasi 
sohasida yumshoq-elastik konsistensiyaga ega bo’lgan loviyasimon bo’rtmacha 
aniqlanadi. Ko’z yosh qopchasi sohasiga bosib ko’rilganda ko’z yosh 
teshikchasidan shilliq-yiringli ajralma chiqadi.Qovoq konyunktivasi 
giperemiyalangan bo`ladi . Ko’z yosh yo’llari suyuqlik bilan yuvilganda 
,suyuqlik burun bo’shlig’iga o’tmaydi. 
Davolash 
Davolash faqat jarrohlik usulida amalga oshiriladi. Dakriosistorinostomiya - 
lakrimal qop va burun bo'shlig'i o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri anastomoz yaratiladi. 
Rasm 7.3. O'tkirdakriosistit 
Yangi tug'ilgan chaqaloqlar dakriosistiti 
Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda dakriosistit nazolakrimal kanalning chiqish joyida 
membrananing mavjudligi tufayli yuzaga keladi. Bola tug'ilgunga qadar, bu 
membrananing teskari rivojlanishi kuzatiladi va birinchi nafas olish paytida u


150 
yorilib ketishi kerak. Ammo yangi tug'ilgan chaqaloqlarning 1-7 foizida bu 
membrana saqlanib qoladi. 
Bola hayotining dastlabki kunlarida bitta yoki ikkala ko'zdan shilliq-yiringli 
ajralma keladi. Ko’z yosh qopchasini bosganda, ko’z yosh teshiklaridan shilliq va 
yiring chiqadi. Ko’z yosh yo'llarini yuvishda suyuqlik burun bo'shlig'iga o’tmaydi. 
O'tkir flegmonoz dakriosistit asoratlanishi mumkin. 
Davolash. Avvalo LOR vrachning burun bo`shligini bosim ostida 
yuvishdan boshlanadi. 60% bolalarda bu membrana mana shu yuvishdan keyin 
ochilib ketadi. Agarda LOR usul yordam bermasa, 10-15 kun davomida kuniga 3-
4 marta lko’z yosh qopining pastki qismidan yuqoriga qarab massaj amalga 
oshiriladi. Massaj keyinchalik antiseptik eritmalar (0,02% nitrofural eritma) 
konyunktiva bo'shlig'iga kiritilishi bilan birgalikda olib boriladi. Ijobiy effekt 
bo'lmasa, zond tiqilib igna va shpris bilan yuvish amalga oshiriladi..( rasm 7.2) 
1-2 hafta davomida 0,02% aseptik eritma bilan ko’z yosh qopi yuviladi . Agar 
massaj va yuvish samarasiz bo'lsa, ular Bouman zondidan foydalanilgan holda 
teshiladi. 
QURUQ KO'Z SINDROMI 
Quruq ko'z sindromi - bu ko'z yoshlar plyonkasining stabilligini uzoq vaqt 
davomida buzish natijasida kelib chiqadigan belgilar majmui. Quruq ko'z
sindromi oftalmologga shikoyat qiladigan bemorlarning 45 foizida uchraydi. Yoshi 
o`tishi bilan, sindromga moyillik kuchayadi. 
Quruq ko'z sindromi yallig'lanish kasalliklari va konyunktivaning 
kuyishi, palpebral yoriqning to'liq yopilmasligi, dakrioadenit, ko’z yosh 
bezining ekstirpatsiyasi, shuningdek tizimli kasalliklar natijasida rivojlanadi 
(Mikulich sindromi, Shegren sindromi, revmatoid artrit, patologik 
menopauza, gipovitaminoz va boshqalar) . Bundan tashqari, ko'plab fizik va 
kimyoviy ekzogen omillar ko'z yoshlari sekretsiyasiga salbiy ta'sir qiladi. 


151 
Perikorneal ko’z yosh plyonka uchta qatlamdan iborat: mutsin, ko'z yoshi 
suyuqligi va lipidlarning sirt qatlami. Quruq ko'z sindromi ko'z yoshi 
plyonkasining bir yoki bir nechta tarkibiy qismlarining sekretsiyasi buzilgan yoki 
tashqi omillarning ta'siri ostida rivojlanadi. 
Bemorlar "begona jism" hissi, quruq ko'zlar (kasallikning boshida, bemorlar 
tashqi omillar bilan kuchaygan yosh oqishi haqida shikoyat qiladilar), achishadi va 
qichishadi. Bemorlarda kun davomida ko'rish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi. 
Bemorlarga tomchilar tomizilganda og'riq reaksiyasi paydo bo'ladi. Tekshiruvda 
konyunktivaning qizarishi va shishishi aniqlanadi, og'ir holatlarda konyunktiva va 
shox parda qurishi mumkin (diffuz epiteliopatiya yoki shox parda eroziyasi 
tufayli).
Davolash etiologik omilni yo'q qilish bilan boshlanadi. Agar buning iloji 
bo'lmasa, yo'q ko'z yoshi suyuqligini o’rnini bosuvchi simptomatik terapiyaga 
asoslangan . “Sun'iy ko'z yoshi” preparatlari konyunktival qopchaga har bir 
bemor uchun individual bo'lgan chastota bilan kiritiladi. Kechasi pastki qovoq 
uchun gellar quyiladi. Ta'sir bo'lmasa, ularga jarrohlik o`tkaziladi


Rasm 7.4.Ko`z yoshi kristallografiyasi diagnostik
C.mikroskop tagida ko`rish.
152 
Rasm 7.4.Ko`z yoshi kristallografiyasi diagnostikasi. A. Koniynktiva qopchasi B.1
Normada-gulsimon kristallar 
asi. A. Koniynktiva qopchasi B.1- tomchi ko`z yochi 


Kataraktada
Glaukomada
A.Iridotsiklitda
153 
Kataraktada- archasimon va paporotniksimon kristallar
Glaukomada- paportniksimon tartibsiz kristallar
A.Iridotsiklitda-buzilgan paportniksimon kristallar
archasimon va paporotniksimon kristallar 
paportniksimon tartibsiz kristallar 
paportniksimon kristallar 


B. Keratitda
C-Yuqori darajali miopiyada
Qandli diabetda retinopatiyasida
154 
B. Keratitda-Shishgan archa shoxsimon- kristallar
Yuqori darajali miopiyada- tartibsiz paportniksimon
Qandli diabetda retinopatiyasida- tartibsiz qurigan shoxsimon
kristallar 
tartibsiz paportniksimon- kristallar 

tartibsiz qurigan shoxsimon 


Qandli diabetning proliferativ stadiyasida
Makulodistrofiyada
Xorioretinal distrofiyada
155 
Qandli diabetning proliferativ stadiyasida-ho’l suvda qolgan tartibsiz uzilgan 
archasimon 
Makulodistrofiyada- siyrak sosna ninachalarisimon kristallar
Xorioretinal distrofiyada- tartibsiz to`liq shakllanmagan supurgisimon kristallar
l suvda qolgan tartibsiz uzilgan 
siyrak sosna ninachalarisimon kristallar 
tartibsiz to`liq shakllanmagan supurgisimon kristallar 


Xorioretinal distrofiyada
Glaukomaning 4 stadiyasi
Yiringli shox parda yarasida
156 
distrofiyada- davolangandan keyin tartibli archa shoxsimon kristallar
Glaukomaning 4 stadiyasi- siyrak tartibsiz uzilgan shoxchali paportniksimon 
kristallar 
Yiringli shox parda yarasida- zamburug’simon yiring kristal
davolangandan keyin tartibli archa shoxsimon kristallar 
siyrak tartibsiz uzilgan shoxchali paportniksimon 
simon yiring kristalli 


Shox parda yiringdan toza
Uveitdagi shishgan gulsimon kristallar
rasm 7..4. Ko`z yoshining har
Profilaktika- Barc
muhim ahamiyatga ega. Iflos qo`l
dakriosistit chaqirishga qula
burun suyaklari ham ko`z yoshi xalta va burunga tushadigan
shikastlab dakriosistit kel
tug`ruqxonalarda bolalarning burun 
tug`ilishi bi lan darrov ko`zga dezinfeksiyalovchi dorilar tomi
157 
Shox parda yiringdan toza bo`lgandagi sosna bargisimon kristallar
Uveitdagi shishgan gulsimon kristallar 
Ko`z yoshining har xil kasalliklardagi kristallogrammalaridan namunalar

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish