313
5-MAVZU:XIVA XONLIGIDAGI AHVOL HAMDA XON
HOKIMIYATINING AG‗DARILISHI. XXSRNING TUZILISHI VA
TURLI ISLOHOTLAR
REJA:
1. Xiva xonligidagi siyosiy vaziyat va Yosh xivaliklar faoliyat
2. Xonlikda vaziyatning keskinlashib borishi.
3. Xorazm Xalq Sovet Respublikasining tashkil qilinishi hamda undagi iqtisodiy,
ijtimoiy va madaniy o‗zgarishlar.
Tayanch iboralar: manifest, Nozirlar Kengashi,
Ma‘lumki, Xiva xonligi XIX asr ikkinchi yarmida yuz bergan Rossiya
imperiyasi bosqinidan keyin o‘z mustaqilligidan mahrum bo‘lib, Rossiya
protektaratiga aylanib qolgan edi.Ular ichki siyosatda nisbatan mustaqil bo‘lsada,
biroq uning xorijiy davlatlar bilan bo‘ladigan tashqi siyosiy va savdo-tijorat
aloqalari Rossiya hukumatining to‘liq nazoratida amalgam oshiriladi.
Haqiqatan ham Xiva xonligining butun ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-xo‘jalik
hayotida Rossiya mustamlakachiligi siyosatining kuchli ta‘siri va asorati sezilib
turardi.Buning ustiga mamlakatning xonidan tortib to uning son-sanoqsiz, katta-yu –
kichik amaldorlari xalqqa keragidan ziyod jabr-zulm o‘tkazib kelardilar.Shu bois
xonlikda ommaviy norozilik harakatlari to‘xtovsiz yuzaga kelib,kuchayib
bormoqda edi. Ayniqsa, 1917-yilgi fevral inqilobiy o‘zgarishidan keyin Xivada
ilg‘or demokratik harakatlar avj oldi. Endilikda Xiva xonligi fevral inqilobidan
foydalanib, o‘zini Rossiya ta‘siridan xalos etib, mustaqillik maqomini qo‘lga
kiritishga intildi. Ayni chog‘da xonlikning jafokash xalqlari hukmron sinflar va
tabaqalar zulmidan qutilib, keng demokratik erkinliklar va huquqlarga ega
bo‘lishga umid bog‘ladilar.
Xiva xonligi hududida aholi keng ijtimoiy qatlamlarining demokratik
yo‘nalishdagi harakati o‘sib bordi.Ularning sa‘y-harakatlariga Yosh xivaliklar
tashkiloti rahnamolari yetakchilik qildilar. XX asr boshlarida vujudga kelgan Yosh
xivaliklar uyushmasi o‘zining dastlabki qadamlaridanoq xonlikdagi mustabid
tuzumni chuqur isloh qilish , xalqning ahvolini yaxshilash, uning tub maqsad,
manfaatlarini ro‘yobga chiqarish uchun kurash olib bordi. 1917-yil boshlarida
Rossiyada bo‘lgan o‘zgarishlar ta‘sirida Yosh xivaliklarning faoliyati yanada
kuchaydi. Ular o‘z dasturiy vazifalarini belgilab, xonlikdagi siyosiy vaziyatni
o‘zgartirish va qator muhim demokratik islohotlarni amalgam oshirishga harakat
etdilar. Shu maqsadda Yosh xivaliklar rahbarlari xonlikning o‘ziga xos maxsus
xususiyatlaridan kelib chiqib, tinchlik yo‘li bilan, asta-sekin mutlaq monarxiya
tuzumidan konstitutsion monarxiya boshqaruviga o‘tishga qaratilgan manifest
ishlab chiqdilar. Manifestda xonning vakolatlari doirasini cheklash, uning xalqqa
nohaq zulm o‘tkazgan, haddidan oshgan amaldorlarini jazolash, vazifalaridan
mahruz etish, ijtimoiy hayotning muhim sohalari- iqtisodiyot, ta‘lim va madaniyat
jabhalarini isloh etish talablari aks ettirilgandi. Xivadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat
keskin tus olayotgani, keng aholi qatlamlari faol harakatga
kelayotganini, ommaviy
ko‘cha namoyishlari to‘xtamayotganini ko‘rgan Xiva xoni Isfandiyorxon murasyu-
madoraga borib o‘z arkoni davlati ishtirokida 1917-yil 5- aprel kuni manifestni
imzolashga majbur bo‘ladi.
314
Manifest talablariga ko‘ra xonlikda konstitutsion monarxiya tuzumi
o‘rnatildi.Ayni paytda tarkibi 30-50 kishidan iborat ruhoniylar va savdo- sanoat
ahli vakillaridan saylangan Majlis va Nozirlar kengashi tuziladi. Ular xalq
vakilligi boshqaruvi organlari xon hokimiyati vakolatlarini ma‘lum darajada
chekladi.
1917-yil iyuniga kelib Isfandiyorxon o‘zini o‘nglab olgach, Rossiya muvaqqat
hukumatining Xivadagi vakili, general Mirbadalov yordamiga tayanib,
Matmurodov boshchiligidagi Yosh xivaliklar rahbar guruhini qamoqqa oladi. Yosh
xivaliklar partiyasi va uning faoliyati qonundan tashqari deb e‘lon qilinadi.ularning
ko‘plari qo‘lga olinib, qamaladi. Qolganlari esa xonlikni tark etadi. Iyul oyida
Xivada Rossiya Muvaqqat hukumatining komissari lavozimi ta‘sis etiladi va
xonlikka qo‘shimcha
harbiy qismlar,kazak qo‘shinlari yuboriladi.
1917-yil kuzida Rossiyada yuz bergan oktabr o‘zgarishi uning tasarrufidagi
Xiva xonligidagi voqealarning rivojlanishi jarayoniga ham o‘z ta‘sirini
o‘tkazmasdan qolmadi.Avvalo, xonlikka tutash bo‘lgan Turkiston hududlarida
bolsheviklarning sovetlar hokimiyati zo‘ravonlik bilan o‘rnatildi. Bunday tuzum
Xiva bilan yaqin chegaradosh amudaryoning o‘ng sohili- Petroaleksandrovsk
(To‘rtko‘l) va uning atroflarida ham qaror toptirildi. Turkistonda voqe
bo‘layotgan bunday o‘zgarishlar xonlikka bevosita daxl etmasdan,muxolifatchi
kuchlarni junbushga keltirmasdan qolmasdi,albatta. Garchi Sovet Rossiyasi
Xivaning davlat mustaqilligini rasmiy tan olgan bo‘lsada, biroq turli yo‘llar bilan,
yashirin va oshkora tarzda uning ichki ishlariga aralashishini davom ettirdi.
Manifestda mamlakatning demokratik rivojlanish yo‘lini aks ettirgan keng
sotsial- iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy tadbirlar: ―Xon va uning hukumati tomonidan
mamlakatni mutlaq boshqarishni butkul barham toptirish ; Xiva xonligiga, to‘ralar
va vazirlarga tegishli bo‘lgan mablag‘lar va mulklarni xalq mulki deb e‘lon
qilish; kambag‘allar hayotini yaxshilash yo‘lida yirik zamindorlar yerlaridan
foydalanish; bolalarni bepul o‘qitish uchun Xivaning hamma joyida maktablar
ochish;Xivaning shaharlari va aholi manzilgohlarida bepul sinfxonalar va
sog‘lomlashtirish muassasalari ochish; Xiva xoni va beklari tomonidan kambag‘al
aholidan tortib olingan yerlar, mulk va boshqa narsalarni qaytarib berish;
majburiy mehnatga qilish (begor)ni butunlay yo‘q qilish‖ nazarda tutilgan edi.
Xorazm Xalq sovet respublikasining tashkil topishi .1920-yilning 27-30-aprel
kunlari Xivada bo‘lib o‘tgan xalq vakillari I Butun Xorazm qurultoyi Xiva
xonligi tugatilganligi va yangidan Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligini
e‘lon qildi.
1917-yilgi fevral burjua demokratik inqilobi va podsholik tuzumining
ag‘darilishi, hokimiyatning boshqa siyosiy kuchlar qo‘liga o‘tishi Buxoro
amirligiga ham o‘z ta‘sirini o‘tkazmasdan qolmadi. Negaki, podsho
Rossiyasining yarim mustamlakasi hisoblanib kelgan Buxoroda bu davrga kelib
ichki ijtimoiy- siyosiy va iqtisodiy ziddiyatlar jiddiy tus olib borayotgandi.Buning
boisi amirlikning moliyaviy-iqtisodiy hayoti va savdo-sotiq aloqalari ko‘pdan
buyon Rossiya iqtisodiyotiga bo‘ysundirib kelinganligida edi.Bunda uning siyosiy
jihatdan qaramligini gapirib o‘tmasa ham bo‘ladi.Binobarin, Rossiyadagi har bir
o‘zgarish, iqtisodiy yoxud siyosiy larzalar amirlikning hayot maromiga chuqur
daxl etmasdan qolmasdi.Buning ustiga mamlakat ichki hayotida hokimi mutlaq,
cheklanmagan vakolatlar sohibi bo‘lgan amir va uning ko‘p sonli ayonlari,