Muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi


Sodda karbyuratorni ishlash uslubi



Download 3,99 Mb.
bet25/66
Sana20.03.2022
Hajmi3,99 Mb.
#502361
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   66
Bog'liq
“AVTOMOBIL DVIGATELLARIGA TEXNIK XIZMAT KO’RSATISH VA TA’MIRLASH”

Sodda karbyuratorni ishlash uslubi. Karbyuratorlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: dvigatel barcha rejimlarda ishlaganda talab qilingan tarkibida yoqilg’i aralashma tayyorlash; benzinni mayda aralashma bir jinsli bo’lishi, undagi yoqilg’i esa bug`simon holatda bo’lishi lozim.
Oddiy karbyurator kalkovuch, kalkovuchli kamera, berkitish ignasi, to`zitkichli jiklyor, diffuzor, drossel va havo zaslonkalari hamda aralashtirish kamerasidan tashkil topgan. Kalkovuchli kamera, kalkovuch va berkitish ignasi to`zitkichda yoqilg’i sathini o`zgartirmasdan saqlab turish uchun zarur.
Kalkovuchli kamera teshik vositasida atmosfera bilan tutashgan. Jiklyor tiqin yoki trubkadagi kalibrlangan teshikdan iborat. Karbyuratorlarda u yoqilg’i, havo yoki emulsiya (havo pufaklari bilan to`yingan yoqilg’i)ni tozalash uchun mo`ljallangan.
Diffuzor – bu karbyurator patrubogining bir qismi bo`lib, kesimi avval asta -sekin kichrayib, so`ngra esa kattalashib boradi.
To`zitkich – bu trubka bo`lib, diffuzorni kalkovuchli kamera bilan tutashtiradi.
Aralashtirish kamerasi karbyurator trubkasining diffuzorni eng tor qismidan drossel zaslonkasi o`qigacha bo’lgan qismi.
Oddiy karbyuratorda yoqilg’i bakdan yoqilg’i o`tkazgich orqali kalkovuchli kameraga tushadi va uni to`ldiradi. Kalkovuchli kameradagi yoqilg’i sathi yuqori chegaraga yetganida kalkovuch berkitish ignasini uning egariga siqadi va kalkovuchli kameraga yoqilg’i tushishi to`xtaydi. Yoqilg’i sathi pasayganda kalkovuch pastga tushadi va igna kalkovuchli kameraga yoqilg’ini yana ochib yuboradi. Kalkovuchli kameradan yoqilg’i jiklyor orqali to`zitkichga tushadi. To`zitkichning chiqish teshigi diffuzorning toraygan qismida bo`ladi. Dvigatel ishlamaganida to`zitkichdan yoqilg’i oqmasligi uchun to`zitkichning chiqarish teshigi kalkovuchli kameradagi yoqilg’i sathidan 1-2 mm yuqori 51 qilib ishlangan.
Kiritish takti vaqtida havo zaslongkasi bilan drossel zaslonkasi ochiq bo’lganida silindrdagi siyraklanish aralashtirish kamerasiga uzatiladi va unda havo harakatini silindr tomonga qarab yo`naltiradi. Aralashtirish kamerasi va diffuzordagi siyraklanish kattaligi drossel va havo zaslonkasi bilan rostlanishi mumkin. Dvigatel slindriga so`rilayotgan havo tozalagich patrubok va diffuzorlardan ketma-ket o`tib keladi. Diffuzor bo`g`zining o`tish kesimi toraygani sababli unda havo tezligi ortadi va siyraklashish kattalashadi. Kalkovuchli kameradagi atmosfera bosimi bilan diffuzordagi bosimlar orasidagi farq tufayli yoqilg’i to`zg`itgichdan otilib chiqadi. Diffuzor orqali o`tayotgan havo oqimining harakat tezligi to`zitgichdan kelayotgan yoqilg’i tomchilari tezligidan taxminan 25 marta katta bo`ladi. Shu sababli yoqilg’i tomchilari juda mayda zarra bo`lib to`ziydi va havo bilan aralashib, dvigatel slindriga beriladigan yoqilg’i aralashmasi hosil qiladi. To`zitish natijasida yoqilg’i zarralarining havo bilan to`qnashish sirti ortadi, yoqilg’i tez bug`lanadi.
Karbyurator tayyorlagan yonilg`i aralashma bir jinsli emas: u bug` va bug`lanmagan yoqilg’i tomchilarining havo bilan aralashmasidan iborat. Yoqilg’ining to’la bug`lanishini ta’minlash uchun, kiritish truboprovodi odatda, ish bajargan gazlar yoki sovitish sistemasidagi suyuqlik bilan isitiladi. Havo tozalagichning ifloslanishi kalkovuchli kamera va diffuzor bosimlari farqini oshiradi (diffuzorda siyraklanish oshadi) binobarin, jiklyor orqali yoqilg’i sarfi ko`payadi. Bu kamchilikni bartaraf qilish uchun ko’pchilik karbyuratorlarda kalkovuch kamera atmosfera bilan emas balki karbyuratorning kiritish patrubogi bilan tutashtiriladi. Bunday kalkovuchli kiritish patrubogi bilan tutashtiriladi va u balansirlangan (muvozanatlashgan) kamera deyiladi.
Aralashtirgich kameralari (bosh havo yo`llari soniga) qarab karbyuratorlar bitta kamerali va ko`p kamerali, ya’ni ikki kamerali va to’rt kameraliga bo`linadi. Ko`p kamerali karbyuratorlarning drossel zaslonkalari parallel ochiladigan va ketma -ket ochiladigan xillari bo`ladi.
Avtotraktor karbyuratorli dvigatel quyidagi asosiy rejimlarda:
1) yurg`izib yuborish;
2) salt yurish va kichik nagruzkali;
3) o’rtacha nagruzkali;
4) to’la nagruzkali rejimlarda ishlaydi.
Dvigatelning ma`lum rejimda yuqori samarali ishlashini hosil qilish uchun yonilg`i aralashmaning elektr uchqunidan alanga olishi paytida eng qulay tarkibli bo’lishining ahamiyati muhim. Yonilg`i aralashma bir jinsli bo’lishi, undagi yoqilg’i esa bug`simon holatda bo’lishi lozim.
Dvigatel silindriga beriladigan yonilg`i aralashma tarkibining dvigatel nagruzkasi (Ne, %) ga bog`lik holda o`zgarish grafigi karbyuratorning harakteristikasi deyiladi.
Sovuq dvigatelni yurg`izib yuborishda diffuzorda siyraklanish yetarli kattalikda bo`lmagani, havo tezligi kam va dvigatel detallari temperaturasining pastligi tufayli aralashma hosil bo’lishi qiyinlashadi. Shu sababli dvigatelni yurg`izib yuborishda slindrlarga boyitilgan yonuvchi aralashma (α=0,5 0,6) berish kerak, chunki boy aralashmada alanga olish uchun yetarli miqdorda yengil, tez bug`lanadigan yoqilg’i fraktsiyasi bo`ladi.
Dvigatel salt va kichik nagruzkada ishlaganida dvigatelga kamroq miqdorda yonilg`i aralashma berilishi uchun drossel zaslonkasi yopiq bo`ladi. Diffuzorda havo oqimining siyraklanishi va tezligi uncha katta emas. To`yish va bo`g`lanish uchun sharoit yetarli emas. Shu sababli karbyuratorda ortiqcha bosim koeffitsienti α=0,5 0,6 bo’lgan boyitilgan aralashma tayyorlash kerak.
Nagruzka ortishi bilan drossel zaslonkasi ochiladi, havo tezligi va siyraklashishi ortadi, kiritish truboprovodi temperaturasi ko`tariladi, demak, aralashma hosil bo’lishi yaxshilanadi. Shuning uchun yonilg`i aralashma asta-sekin suyuladi, havoning ortiqcha 52 bosim koeffitsienti sekinlik bilan α=1,1 gacha ortadi.
O`rta nagruzkalarda dvigatelning tahminan 40 dan 90% gacha to’la nagruzkasida, uning slindrlariga har xil miqdorda yonilg`i aralashma berish kerak bo`ladi, biroq uning tarkibi doimo o`zgarmasligi va tejamkorlik bilan ishlashi uchun aralashma asta-sekin suyultira (α=1,10 1,15) borilishi lozim.
Dvigatel to’la nagruzkada ishlaganda dvigateldan maksimal quvvat olish uchun yonilgi aralashma boyitilgan (α=0,85 0,90) bo’lishi zarur.
Oddiy karbyuratorda dvigatelni yurg`izib yuborishda, salt va kichik nagruzka bilan ishlashda diffuzorda siyraklanish yetarlicha bo`lmagani uchun to`zitkichdan yoqilg’i kam keladi va suyulgan yoki suyuqlashgan aralashma hosil bo`ladi.
O`rta nagruzkalarda siyraklanishi kattalashishi tufayli aralashtirish kamerasiga kelayotgan yoqilg’i miqdori ortadi, biroq kiritilayotgan havo miqdoriga proportsional tarzda ortmasdan balki katta miqdorda ortadi. Shu sababli yonilg`i aralashma boyib ketadi. To’la nagruzkaga o`tishda oddiy karbyurator aralashmani sekinlik bilan boyita olmaydi.
Shunday qilib, oddiy karbyurator bunday rejimlarda aralashma tarkibini talab qilinganiga teskari holda o`zgartiradi.
Drossel zaslonkasi keskin ochilganida Dvigatel uz kuvvatini oshirib, aylanishlar chastotasini kattalashtirish uchun, ya’ni yaxshi kabullovchanlikka ega bo’lishi uchun slindrlarga boyitilgan aralashma berish kerak. Oddiy karbyuratorda zaslonka keskin (to’la) ochilganida yonilg`i aralashma kambag`allashadi.

Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish