Karbyuratorlarni qo’shimcha qurilmalari. Avtomobil dvigatelining turli ish rejimlarida talab qilingan tarkibli aralashma tayyorlash uchun oddiy karbyurator konstruktsiyasiga quyidagi qo’shimcha qurilmalar kiritiladi:
1) salt yurish sistemasi – dvigatelning salt yurish va kichik nagruzkalarda ishlashi uchun mo`ljallangan qurilma;
2) asosiy dozalovchi qurilma-dvigatelning keng diapazonda o’rtacha nagruzkalarda ishlashi uchun o`zgarmas suyulgan (tejamli) tarkibli aralashma bilan ta’minlash qurilmasi;
3) yurg`izib yuborish qurilmasi;
4) ekonomayzer yoki ekonostat-dvigatel katta nagruzkalarda ishlaganida aralashtirgich kameraga qo’shimcha yoqilg’i berish yo`li bilan aralashmani quyuqlashtirish (boyitish) ga mo`ljallangan qurilma;
Tezlashtirgich nasos – drossel zaslonka keskin ochilganda aralashmani qo’shimcha ravishda quyuqlashtirishga mo`ljallangan qurilma. Ishlab bo’lgan gazlarni chiqarib tashlash tizimi.
Chiqarish truboprovodlari orqali ish bajargan gazlar slindrlardan chiqariladi. Chiqarish truboprovodlari cho`yandan umumiy bitta qilib yoki ayrim-ayrim ikkita qilib quyiladi. Bir kator dvigatellarda (masalan, ZIL-130, GAZ-53) chikarish truboprovodlari patruboklari flanetslari blok karterga yoki slindrlar kallagiga metall-azbest qistirmalar quyib shpilka va gaykalar yordamida mahkamlanadi. Chiqarish truboprovodlarining shakli va kesimlari gaz harakatiga minimal qarshilik qiladigan qilib yasalishi lozim.
Ishlatilgan gazning slindrlardan chiqishidagi bosimi yuqori tezligi katta bo`ladi. Agar shunday gaz to`gridan-to`gri atmosferaga chiqarib yuborilsa, u tez kengayib kuchli shovqin hosil qiladi. Shu sababli ish bajargan gaz atmosferaga chiqarilishdan avval gaz tezligi va bosimini kamaytirish asosida ishlaydigan shovqin so`ndirgich orqali o’tkaziladi.
Nazorat savollar:
Karbyuratorli dvigatellarning ta’minlash tizimi haqida nimalarni bilasiz?
Avtotraktor karbyuratorli dvigatel qanday rejimlarda iborat?
Karbyurator konstruktsiyasiga qanday qo’shimcha qurilmalar kiritiladi?
Sodda karbyuratorni ishlash uslubi qanaqa?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mahmudov M.Y. "Toshkent shahrida ekspluatatsiya qilinayotgan avtobuslarning ishonchliligi boshqarmasi", Toshkent nashriyoti" 2017y.
2. Avtotransport vositalarining texnik ishlashi va tamirlash. Asqorov.A.P Toshkent-2000
3. Asatov E.A., Tojiboyev A.A. Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari: Maruzalar matni.-T.: TAYI, 1999.-160 b.
4. Mahsulotlar va etkazib beruvchilarning lentasini yanada aniqroq qurish uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi avtotransport oliy o’quv yurtlari talabalari uchun darslikda tavsiya etilgan. Professor Sidiqnazarov Q.O’tish: saytda harakatlanish, qidiruv - 560 b.
5. O.Hamraqulov, Sh.Magdiyev. Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi. Toshkent, 2005-yil
6. Тошбоева, Р. С. (2020). ЭКОЛОГИЗАЦИЯ ЭКОНОМИКИ УЗБЕКИСТАНА: ПРАВОВОЙ АСПЕКТ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ИНВЕСТИРОВАНИЯ. ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, (SPECIAL 5).
7. O’zbekiston Respublikasi avtomobil transporti haraqatga texnik xizmat ko’rsatish va ta’minlash bo’yicha Nizom. Toshkent, 1999
“TASDIQLAYMAN”
Do'stlaringiz bilan baham: |