Grammatik pauza. Badiiy asarlar ifodali o‘qilganda tinish belgilarida qisqa pauza qilinadi. Bunday pauza grammatik pauza deb ataladi.
O‘zbek tilida quyidagi tinish belgilari ishlatiladi: nutq (.), so‘roq belgisi (?), undov belgisi (!), ko‘p nuqta ( ) vergul (,), nuqtali vergul (;) ikki nuqta (:), tire (-), qavs ( ) va qo‘shtirnoq (" ").
Misollar: 1. Nuqtali pauza:
Ayo do‘stim, bir gapim bor, anglab ol,
Men gapiray, zehningni qo‘y, quloq sol,
Jallodlarga yalinmagin, bo‘yningdan,
Gavharni ne bilsin ushlagan sopol.
(Ergash Jumanbulbul o‘g‘li.)
Kuz, janub kuzi. Sahroda hech qachon bo‘lmaydigan sukunat. Na chigirtkalarning chirillashi, na ko‘r kalamushning chiyillashi va na yumronqoziqlarning hushtak chalishi eshitilardi. Tilla rang kurkinaklar, qildirg‘ochlar, chug‘urchuqlar, tog‘ chumchuqlari hamma vaqt hashorat topiladigan yurtlarga allaqachonlar uchib ketgan. Hamma yoq bo‘m-bo‘sh. (Viktor Avdeev.)
2. So‘roq belgisida qilinadigan pauza:
Nega muncha go‘zal ko‘rinar olam?
Nega qarab to‘ymas ko‘zlarim?
Nega jo‘sh uradi, ko‘piradi qon?
Nega misday qizir yuzlarim?
(Uyg‘un.)
-Bu yerni kim obod qilgan? Bu og‘ir toshlarni kim olib kelgan?-dedi Asqar ota va o‘z-o‘ziga javob berdi. -Kim olib kelardi?! Bu yerga meni kim olib keldi? Shunday odamlar ham bo‘ladiki, tug‘ilganda hech kim sevinmagan bo‘lsa ham, o‘lganida butun yurt aza tutadi. Qizim, Bahri, shundaqamii? Shundaqamii, Sobiraxon?
(Abdulla Qahhor.)
3. Undov belgisida qilinadigan pauza:
Nazira buvi! Turing, To‘xta buvinikiga chiqamiz. (Abdulla Qahhor.)
4. Ko‘p nuqtada qilinadigan pauza:
Tushundim: u totli xayollar-xayol,
Aldanmas buyu rak shirin so‘zinga.
Yo‘qol, e aldamchi, yondashma, yo‘qol,
Termilish yo‘q endi, orsiz yuzinga!
Jilmayma, qarama, so‘ylama menga,
Eski afsonani kuylama menga
(Mirtemir.)
5. Vergulli pauza:
Umrim, ey, sen bo‘lib shuncha beg‘ubor,
To abad aylading meni baxtiyor,
Umrim, ey, sen bilan qilib iftixor
Bo‘layin o‘lguncha men ham minnatdor!
(G‘afur G‘ulom.)
Jamol bu zemlyankaga Biron bahona bilan bir zum bo‘lsin, ko‘z tashlab o‘tar edi: goh gazeta tashlayu ketadi, goh eshikdan biror qiziq xabarni bildiradi. (Oybek.)
6. Nuqali vergulda qilinadigan pauza:
Ingrab yotar edi yarador
Suyanchig‘i bo‘ldi oq qayin;
Uning holin ko‘rib, boshida
Tebratardi shohlarin mayin. (Musa Jalil)
7. Ikki nuqtada qilinadigan pauza:
Zamonaning zayliga qarang:
Ko‘zi qiyshiq, yuzi burushiq, zehni eldan past
Pari qilib ko‘rsatar deng, bizdayga o‘zin!
(Omon Matjon)
Bahor xayolchanlik bilan gapirib, ishonch bilan qo‘shib qo‘ydi:-Qurilishdagi elektr payvandchi dugonalarim menga o‘z hunarlarini o‘rgatishdi. Mening uchun qanchadan-qancha kuch sarf etishdi. Endi hunarimni o‘zgartirsam, dugonalarimga ham kasbimga ham hurmatsizlik bo‘lmaydi?
Vrach uzun mo‘ylovini silab, qizga mehribonlik bilan qaradi:
-Balli, Diling pokiza ekan, qizim
(Sharof Rashidov)
8. Tireda qilinadigan pauza:
Vatan-ona,
Vatan-jannat.
Vatan-iqbol chirog‘i.
Vatan-jahon yuragidir.
Vatan-hayot bulog‘i.
(Amin Umariy.)
Bahmal maktabining o‘quvchilari ancha narida-poyonsiz bug‘doyzorlarda tutashib ketadigan maktab bog‘ida ishlardilar. Mevazor bog‘-Baxmal maktabining iftixori bo‘lib, butun rayonga shuhrati ketgan edi. (Sharof Rashidov)
9. Qavslarda qilinadigan pauza:
Oldin u bilan armiya qo‘mondoni gapirishdi, keyin (buni Ozerov sira kutmagan edi) general-mayor Borodin gapirishdi. Ma’lum bo‘lishicha, Borodinning diviziyasi (Ozerovning polki shu diviziyaga qarashli edi) qo‘shni uchastkani ozerovchilar front liniyasidan o‘tgan joydan sal shimolroqni mudofaa qilib turar ekan.
(M.Bednov.)
10. Qo‘shtirnoqda qilinadigan pauza:
Shunda Oleg so‘rab qoldi: "Qani aytingiz,
Qayerdadir jon o‘rtog‘im, Chopqirim, otim?
Omon bormi, u hali ham bo‘y bermasmi-tez
O‘sha-o‘sha o‘ynoqimi, xuddi yeldirim?"
(A.S.Pushkin.)
Do'stlaringiz bilan baham: |