Tishida tishlab,
yuvib,
tarab,
sevib,
o‘pib,
quchib,
opichlab,
Ey baxtlarni balog‘atga yetkazgan ona! (Hamid Olimjon).
Professor A.G‘ulomov mantiiqiy urg‘uga aniqlik kiritib, shunday deydi: "O‘zbek tilida logik (mantiiqiy) urg‘u boshqa ko‘pgina tillardagi kabi fikriy jihatdan ahamiyatli bo‘lgan elementni ajratish uchun xizmat etadi. bu ajratish umuman o‘sha elementning kuchli aytilishi bilandir. Bu kuchayish o‘sha elementning so‘ngi bo‘g‘inida o‘zining eng yuksak nuqtasiga yetadi. Bu havo oqimining kuchayishi emas, balki umumiy tonning-ahangning ko‘tarilishidir. Ko‘rinadiki, logik-mantiqiy urg‘u semantika bilan bog‘langan hodisadir. U elementlarning munosabatini oydinlashtiradi, bosh so‘zni ko‘rsatadi, butun gapning fikriy yo‘nalishini aniqlab beradi ".
Demak, har bir nutq bo‘g‘inida fikrni oydinlashtirib ko‘rsatadigan markaziy so‘z mavjud bo‘ladi. Mantiqiy urg‘uning ahamiyati shundaki, u gapdagi asosiy fikrni aniqlaydi, oydinlashtiradi. Yozuvda esa, maxsus belgi bilan ko‘rsatilmaydi. og‘zaki nutqda mantiiqiy urg‘u tushgan so‘z ovozni balandlatish, pastlatish kabi vositalar bilan ajratib talaffuz etilgani uchun tinglovchining diqqatini tez jalb qiladi.
Mantiiqiy urg‘u gapdagi istalgan so‘zga tushishi mumkin. Masalan: Bahor quyoshiningnurlari ko‘k dengizga sig‘may toshadi. (O.) Ba gapdagi so‘zlarning har biriga mantiqiy urg‘u berib o‘qish mumkin. Masalan:
Bahor quyoshining nurlari ko‘k dengizga sig‘may toshadi.
Bahor quyoshining nurlari ko‘k dengizga sig‘may toshadi.
Bahor quyoshining nurlari ko‘k dengizga sig‘may toshadi.
Bahor quyoshining nurlari ko‘k dengizga sig‘may toshadi.
Bahor quyoshining nurlari ko‘k dengizga sig‘may toshadi.
Bahor quyoshining nurlari ko‘k dengizga sig‘may toshadi.
Bahor quyoshining nurlari ko‘k dengizga sig‘may toshadi.
PAUZA
Kishilar gapirish jarayonida ma’lum darajada qisqacha to‘xtab, nafas oladilar va o‘pkalarini qayta havoga to‘ldirib, nutqini davo ettiradilar. Nutqdagi ana shunday to‘xtash, tinish yoki shunday kichik tanaffusga pauza deyiladi. Badiiy asarlarni ifodali o‘qishda pauzaning o‘ziga xos o‘rni bo‘lib, u asarning janr xususiyati, mazmuni va sintaktik qurilishi bilan uzviy bog‘liq. Badiiy asarda pauza muallif fikrining tinglovchiga aniq va to‘la yetib borishiga katta yordam beradi.
Pauza she’riy asarlarda aksariyat so‘roqLarga tushadi his-hayajon bag‘ishlaydi. She’rdagi bayt yoki bandlar asarning tugallangan bir bo‘lagi sifatida bir-biridan doimo pauza bilan ajraladi.
Masalan:
Ko‘m-ko‘k...
Ko‘m-ko‘k...
Ko‘m-ko‘k...
Mehnat sharaf vash on bo‘lgan
vodiylar
ko‘m-ko‘k... (Hamid Olimjon.)
Pauzaning turlari haqida har xil fikrlar mavjud. Biz talabalarga tushunarli bo‘lsin uchun uni uch ko‘rinishga bo‘lib o‘rganamiz:
1. Grammatik pauza.
2. Mantiiqiy pauza
3. Psixologik pauza.
Do'stlaringiz bilan baham: |