Laboratoriya ishi №7
O’TKAZGICH QARSHULIKLARNI O’LCHASH
(Uitston ko’prigi vositasida)
Kerakli asboblar: Uitson ko’pirigi qurilmasi, o’zgarmas tok manbai, reoxord, reostat, galvanometr, o’lchanadigan rezistorlar ( qarshikliklar), ulovchi simlar.
Ishning maqsadi
Tok ko’chi, tok zishligi, kuchlanish kabi fizikaviy kattaliklarning ma’nosini bilish; Om, Joul-Lens qonunlarini qo’llashni bilish: parallel va ketma-ken ulangan qarshiliklardan iborat zanjir uchun Kirxgof qoidalarini qo’llay olishni o’rganish.
Asosiy nazariy ma’lumotlar
Elektr zanjiri va uning elementlari. Eng sodda elektr zanjiri elektr energiyasi manbaidan, elektr energiyani uzatuvchi va qabul qiluvchi qismlardan tashkil topgan bo’ladi. Shunday qilib, elektr energiya manbai, tok o’tishi mumkin bo’lgan simlar va tokni qabul qiluvchi qisimlardan tashkil topgan sistema elektr zanjiri deyiladi. Elektr zanjirini tashkil qilgan qismlahning shartli belgilar asosida ifodalanishi elektr sxema deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |