Mutlaq va nisbiy xatoliklar


Qisqacha nazariy tushunchalar



Download 411,5 Kb.
bet10/15
Sana01.01.2022
Hajmi411,5 Kb.
#300742
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
LAB-21

Qisqacha nazariy tushunchalar

Ma’lumki, elektr zaryadiga ega bo’lgan qo’zg’almas ikki jism o’zaro ta’sirlashadilar. Faradey g’oyalariga ko’ra elektr zaryadlari bir-biriga bevosita ta’sir qilmaydi. Ularning har biri atrofidagi fazoda elektr maydoni hosil qiladi. Bir zaryad maydoni ikkinchisiga, ikkinchisining maydoni birinchi zaryadga ta’sir qiladi.

Elektr maydoning asosiy xossasi elektr zaryadlariga uning biror kuch bilan ta’sir qilishidir. Qo’zg’almas zaryadlarning elektr maydoni elektrostatik maydon deb ataladi.

Elektr maydoning har bir nuqtasi maydonning kuch va energetik xarakteristikalari bilan tavsiflanishi mumkin. Maydonning tayinli bir nuqtasiga qo’yilgan birlik zaryadga ta’sir qiluvchi kuch elektr maydonning kuchlanganligi deb ataladi:



(1)

Bu erda - elektr maydonida q zaryadga ta’sir qiluvchi kuch; - elektr maydon kuchlanganligi. Elektr maydon kuchlanganligi maydonning kuch xarakteristikasidir. SI sistemasida elektr maydon kuchlanganligi hisobida o’lchanadi. Elektr maydon kuchlanganligi vektor kattalikdir. Elektr maydonni grafik ko’rinishda kuch chiziqlar yordamida tasvirlash mumkin. Kuch chiziqlar shunday chiziqlarki, ularning har bir nuqtasiga o’tkazilgan urinmalar maydonning shu nuqtasidagi elektr maydon kuchlanganligi bilan bir xil bo’ladi. Maydonning tayinli bir nuqtasiga qo’yilgan birlik zaryadning potensial energiyasi elektr maydonning potensiali deyiladi.



(2)

Bu yerda Wp- elektr maydondagi q zaryadning potensial energiyasi.



- elektr maydon potensiali. Potensial skalyar kattalik bo’lib, maydonni energiya tomonidan xarakterlaydi. SI sistemasida potensial hisobida o’lchanadi. q zaryadni bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko’chirishda bajarilgan A ish zaryadning o’sha nuqtalardagi potensial energiyalari ayirmasini teskari ishora bilan olingan qiymatiga teng:

A= -( W2 –W1) (3)
(3) ifodaning ikki tomonini q zaryadga bo’lsak,

(4)

ni hosil qilamiz. va deb belgilasak,



(5)

ifodaga ega bo’lamiz. potensiallar ayirmasi yoki kuchlanish deyiladi. Potensiallar ayirmasi deb, potensialning birinchi va ikkinchi nuqtalardagi qiymatlari ayirmasiga aytiladi.

Zaryadni maydon kuch chiziqlariga nisbatan 900 burchak hosil qilib ko’chirganda maydon ish bajarmaydi. Ya’ni, har bir nuqtada kuch chiziqlariga perpendikulyar bo’lgan sirt o’tkazilsa, bu sirt bo’ylab zaryad ko’chirilganda ish bajarilmaydi. Demak, kuch chiziqlariga perpendikulyar bo’lgan sirtning hamma nuqtalari (5) ga ko’ra bir xil potensialga ega bo’ladi. Teng potensialli sirtlar ekvipotensial sirtlar deb ataladi. Nuqtaviy zaryad maydoni uchun ekvipotensial sirtlar konsentrik sferalar bo’ladi.

II. ISHNI BAJARISH TARTIBI.



  1. 1- rasmda ko’rsatilgan sxema bo’yicha elektr zanjiri yig’ing. Bunda abcd tagiga mm li qog’oz yopishtirilgan suvli vanna, A va B elektrodlar, Z-zond, V-voltmetr, E-tok manbai, K-kalit.

1-rasm.



  1. A va B elektrodlarni (metall plastinkalar) suvli vannaga tubiga tegmaydigan qilib joylashtiring. Kalitni ulab, ular orasidagi U potensiallar ayirmasini voltmetr yordamida o’lchang.

  2. Z zondni vannadagi biror nuqtaga tushiring. Bunda voltmetr A elektrod bilan zond tushirilgan nuqta orasidagi U1 potensiallar ayirmasini ko’rsatadi. shu nuqtaning koordinatalarini va U1 ni daftarga yozib qo’ying.

  3. Potensiallar ayirmasi U1 ga teng bo’lgan yana 8-10 ta nuqtani aniqlahg. Bu nuqtalarning koordinatalarini ham daftarga yozib qo’ying.

  4. mm li qog’ozga koordinata o’qlarini chizib, potensiallar farqi U1 ga teng bo’lgan nuqtalarning koordinatalarini qo’yib chiqing va bu nuqtalarni birlashtiruvchi egri chiziqni chizing. Egri chiziq ostiga potensiallar ayirmasi qiymatini yozib qo’ying.

  5. Tajribani potensiallar ayirmasi boshqa qiymatlarga ega bo’lgan nuqtalar uchun 8-10 marta takrorlang.

  6. Tajribani metall plastinkalar orasiga metall xalqa qo’yib takrorlang. Tajriba natijalarini ikkinchi mm li qog’ozga chizing.

  7. Metall xalqani olib qo’ying. Metall plastinkalarni metall sharchalar bilan almashtirib tajribani takrorlang. Tajriba natijalarini uchinchi mm li qog’ozga chizing.

  8. Har uch hol uchun olingan ekvipotensial chiziqlari dastasi asosida kuch chiziqlari (ular ekvipotensial chiziqlariga perpendikulyardir) dastasini chizing.



Download 411,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish