Xalqaro savdoning miqyos samarasi modeli. Umumiy iqtisodiy nazariyadan ma’- lumki, ishlab chiqarish miqyosi kengayib borgani sari tovarning tannarxi pasayib boradi.
Miqyos samarasi orqali ishlab chiqarish omillari bilan bir xil yoki deyarli bir xil ta’minlangan mamlakatlar o‘rtasidagi savdo tushuntiriladi. Miqyos samarasi orqali texnologik jihatdan bir-biriga yaqin, hatto bir xil tovar ishlab chiqaradigan mamlakatlar o‘rtasidagi savdoni ham tushuntirish mumkin.
Miqyos samarasi — ishlab chiqarishning shunday rivojlanishiki, bunda omillar sarfining bir birlikka o‘sishi ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining bir birlikdan ko‘proq miqdorga o‘sishiga olib keladi va buni quyidagi jadvalda ko‘rishimiz mumkin:
Miqyos samarasi
Mehnat (soat)
|
4
|
6
|
8
|
10
|
Tovar (dona)
|
1
|
3
|
5
|
7
|
Tovarning tannarxi (soat/dona)
|
4,00
|
2,00
|
1,60
|
1,43
|
Miqyos samarasining vujudga kelish sabablari ko‘p, ammo ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |